105
Omonov H.T.
– pedagogika fanlari doktori, professor, Toshkent moliya instituti
383
xususiy, ijtimoiy, antropologik va boshqalar) odamzotga faqat to’liq bo’lmagan
tasavvurlarni bera oldi, xolos. Shu sababli olamning umumiy (tugal) ilmiy
manzarasini yaratish zarurati tug’ildi. Uni shakllantirish, nafaqat integrativ
xarakterdagi fanlararo uzviy hamkorlikni, balki uni shakllantirishda ishtirok etuvchi
fanlarning bag’rida paydo bo’lgan yangi va tor ko’lamdagi, xususiy va chuqur
tadqiqotlar olib borayotgan differentsial tarmoqlarning ham ishtirokini taqozo etdi.
Moddiy va ma’naviy olamni tadqiq qiluvchi turli fanlarning o’zaro hamkorlik
qilishlari tabiiy jarayondir. Shuning bilan bir qatorda, tadqiqot ko’lamining tor
doiraga ko’chishi evaziga bu fanlarning har birida nozik ixtisoslashuv ham muqarrar
ravishda ro’y beradi. Fanlar integratsiyasi evaziga tsivilizatsiyaning eng noyob
yutuqlari qo’lga kiritilmoqda. Insonning tashqi dunyoni va o’zligini anglashi, odam
va jamiyat munosabatlarining yangi qonuniyatlarini bilib olishi sodir bo’lmoqda.
Anna shunday dialektik jarayonda ishlab chiqarishdek inson aql-zakovati bilan yo’lga
qo’yilgan iqtisodiy hodisa yetakchi pozitsiyaga ko’tarilmoqda. Barcha sa’y-harakatlar
insonning salomatligi, to’qligi va usti butligiga xizmat qilishi nazarda tutilsa, ishlab
chiqarishdek keng ko’lamli hayotiy fenomenning mohiyati ravshanlashadi. Yashash
va ko’payish, qurish va yaratish, fan va siyosat bilan shug’ullanish uchun ham ishlab
chiqarish, dehqonchilik va chorvachilikni yo’lga qo’yish lozimdir.
Sivilizatsiyani inson o’z ehtiyojlariga ko’ra shakllantirgan. Uning beshigini esa
aql-idrokli, yetuk va salohiyatli kadrlar tebratgan. Bugungi globallashuv sharoitidagi
chigal ijtimoiy muammolarning aksariyat yechimi ham aynan kadrlar evaziga
topiladi.
Malakali kadrlar qudratli kuch bo’lib, ular insoniyatning eng faol va avangard
otryadidir. Ulardagi jo’shqinlik, romantizm va fidoyilik ko’p narsalarga qodir.
Ayniqsa, yoshlarning tsivilizatsiya yutuqlariga qo’shgan hissalari cheksizdir.
Odamzot o’z mushkullarini yengillatish uchun tinmay kurashib kelgan va
kurashmoqda. Shu jabhada yoshlar harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga
chiqqanlar. Bunga ko’hna tarixning o’zi shohidlik beradi. Yoshlar tufayli ijtimoiy
hayotdagi dinamizm va jo’shqinlik davom etadi.
384
Kadrlar tayyorlashdek murakkab va ko’p qirrali jarayonda ixtisoslik va
umumkasbiy fanlarning o’zaro aloqadorligisiz sifat va samaradorlikni ta’minlash
qiyin kechadi, albatta. Masalan, mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor sohasini
xo’jalik yuritishning agrar yo’nalishi tashkil etishini hisobga olsak, bu borada
malakali mutaxassislarni etishtirish uchun botanika, zoologiya, o’simliklar va
hayvonlar fiziologiyasi, mikrobiologiya, agronomiya, selektsiya va urug’chilik,
genetika, biotexnologiya, tuproqshunoslik, anorganik va organik kimyo, biologik
kimyo (biokimyo), biologik fizika (biofizika), kasb ta’limi pedagogikasi, kasbiy
pedagogika va psixologiya, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogika va
psixologiya kabi fanlar orasida uzviylik ta’minlanishi lozim. Amaldagi davlat ta’lim
standartlari tarkibiga juz’iy o’zgarishlar kiritilishi hamda predmetlararo aloqadorlik
o’rnatilgan taqdirda agrar soha bo’yicha kasb ta’limi mutaxassislarini talab darajasida
tayyorlashga erishiladi.
Moddiy olamning jonli va jonsiz ob’ektlari yakka negizga ekanligini nazarda
tutgan holda o’sish, rivojlanish, ko’payish, irsiyat va o’zgaruvchanlik, biomassa,
biosfera, modda va energiya almashuvi, biogen elementlar, bioanorganik va
bioorganik tuzilmalar, tuproq va suv, havo va mineral moddalar, organik va
anorganik migratsiya, kimyoviy va biologik evolyutsiya, aerob va anaerob
jarayonlarga yangicha nazar tashlanishini ta’minlash zarur.
Tabiat va sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish, dehqonchilik va chorvachilik,
biotexnologiya va mikrobiologik sintez, xomashyo va mahsulotlarni saqlash va
himoyalash hamda ularni qayta ishlash bilan bog’liq hodisalarni nazariy va amaliy
jihatdan to’g’ri talqin qilish va tabiatshunoslikning zamonaviy kontseptsiyasini
to’laqonli idrok etish uchun ham olamning umumiy ilmiy manzarasini yaratish lozim.
Bunday metodologik muammoning ijobiy yechimi esa barcha rukndagi fanlarning
ijodiy hamkorligi tufayli predmetlararo aloqalardan keng foydalanish zarur.
Insonning tashqi dunyoni va o’zligini anglashi, odam va jamiyat munosabatlarining
yangi qonuniyatlarini bilib olishi sodir bo’lmoqda. Ana shunday dialektik jarayonda
ishlab chiqarishdek inson aql-zakovati bilan yo’lga qo’yilgan iqtisodiy hodisa
yetakchi pozitsiyaga ko’tarilmoqda. Barcha sa’y-harakatlar insonning salomatligi,
385
to’qligi va usti butligiga xizmat qilishi nazarda tutilsa, ishlab chiqarishdek keng
ko’lamli hayotiy fenomenning mohiyati yanada ravshanlashadi. Yashash va
ko’payish, qurish va yaratish, fan va siyosat bilan shug’ullanish uchun ham ishlab
chiqarish, dehqonchilik va chorvachilikni yo’lga qo’yish, ya’ni iqtisodiy zamin
tayyorlash lozimdir. Ma’lumki, insonga ilm-fan, siyosat va madaniyat, san’at va
adabiyot masalalari bilan shug’ullanishdan oldin unga oziq-ovqat, uy-joy va kiyim-
kechak kerak bo’ladi. Shu asnoda donishmand xalq “oldin-iqtisod, keyin-siyosat”
degan aqidani kun tartibiga kiritgan. Mustabidlik yillarida, ayniqsa, paxta
yakkahokimligi, odamning qadri hech vaqoga arzimaydigan davrdagi qiyinchiliklar
kontekstida bugungi yaratuvchanlik, ijodkorlik hamda bunyodkorlik faoliyati
yuksalayotgan, xalqning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari dolzarb masala darajasiga
ko’tarilgan kunlarda ushbu postulatning naqadar ulkan hayotiy qimmatga ega
ekanligini ta’kidlash lozim.
Prezidentimiz xalqning kam ta’minlangan va muhtoj qatlami vakillariga arzon
va shinam, qulay va infratuzilmasi mukammal uy-joy qurishga berayotgan katta
e’tiborini to’g’ri tan olmaq kerak. Xalq rozi bo’lsagina ishimizda unum va baraka
bo’lishini ta’kidlagan Yurtboshimiz “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz
bilan birgalikda quramiz”, shiorini xalqning potentsialiga ishongan holda hayotga
tatbiq qilmoqda. Yangi va zamonaviy loyiha asosida qurilayotgan uy-joylar, yo’llar
va ko’priklar, ulkan inshootlar, metropolitenning tezkorlikda bunyod etilayotgan
yangi liniyasi bu fikrni tasdiqlaydi. Respublikamizda qurilish, arxitektura, transport
va agrar sohaga, ayniqsa, xususiy tadbirkorlik, kichik hamda katta biznesga, umuman
xususiy sektorni rivojlantirishga berilayotgan katta e’tibor quvonarli holdir. Bu
jarayonlarning hal qiluvchi kuchi esa kadrlardir. Kadrlarning ma’naviy yetukligi va
axloqiy pokligi bunday vaziyatda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Inson omili asosiy
omixta kategoriya sifatida kun tartibida turar ekan, kadrlarning ijtimoiy mavqei hech
qachon pasaymaydi. Inson o’zining hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun fikrlashi,
izlanishi, maqsadga muvofiq harakatlanishi, yaratishi, topgani va bor narsalarini
avaylab-asrashi shart. Bunda uning ishlab chiqarish va iste’mol mutanosibligini
saqlashga majburligi yetakchi o’rin egallaydi. Hayotiy jarayonlarning muntazam
386
davom etadigan kurashlardan iborat ekanligi nazarda tutilsa, odamlarning ongli
mavjudot bo’lganliklari asqotadi. Ular butun umrlari davomida katta-kichik hayotiy
muammolarni sobitqadamlik bilan engib o’tishlariga to’g’ri keladi. Insoniyat fan,
madaniyat, siyosat, ma’rifat, ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanishdan oldin
yashash uchun eyishi, atrof-muhit va ob-havo noqulayliklaridan o’zini muhofaza
qilishi uchun kiyim-kechakka ega bo’lishi, jonli individ tarzida butun umri davomida
o’sishi va rivojlanishi, biologik tur sifatida yo’qolib ketmasligi uchun nasl qoldirishi
hamda bunday jamg’armani saqlab qolish uchun boshpana, ya’ni uy-joyga ega
bo’lmog’i lozim. Bir so’z bilan aytilganda, odam o’zining olam gultoji ekanligini har
qadamda isbotlamog’i zarur bo’ladi. Globallashuv sharoitida davlatlar va
mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiq, bordi-keldi tarzidagi siyosiy va madaniy
munosabatlar shakllanishi tabiiydir. Bunda tovarlar ayirboshlanishi alohida ahamiyat
kasb etadi. albatta. Dunyo statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, jahon miqyosida
etishtirilgan jami hosilning chorak qismi (ba’zan undan ham ko’proq) nobud
bo’larkan. Bu ko’rsatkichlar ichida hosilning zararkunandalari va mexanik ta’sirlar
evaziga ko’riladigan talofat, yig’im-terimdagi yo’qotishlar, tabiiy va iqlim
sharoitlarining salbiy ta’siri, tashish va saqlash jarayonidagi nomukammalliklar, idish
va konteynerlarning kamchiliklari salmoqli o’rin tutadi. Bunday murakkab va chigal
vaziyatda odamlarning komillik darajasi, ma’naviy kamoloti va axloqiy shaffofligi
hal qiluvchi rol o’ynaydi, albatta. Inson o’zining aql-idroki yordamida barpo etgan
himoya potentsialining barqarorlik darajasi, aynan odamning o’z uquvi, ko’nikma,
malaka, tajriba, ijodiy va yaratuvchanlik imkoniyatlari bilan belgilanishi ma’lum
bo’lganidek, uning keyingi yashash istiqboli ham faqat uning o’zigagina bog’liq
bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |