302
Bundan tashqari, Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bilimga
chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash
muqaddas vazifadir”. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakat
mustaqilligining, uning iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy asoslarini mustahkamlash
bilan birga ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya
sohasini isloh etish, yoshlarimizni
ham ma’nan, ham jismonan yetuk, bozor iqtisodiyoti sharoitida bemalol raqobatlasha
oladigan, ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va ma’naviy ma’rifiy meros hamda
zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohiblari etib, voyaga
yetkazish masalalari davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning barcha sa’y-harakatlari ham, har tomonlama
yetuk avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan. Buning uchun yoshlarga
miliy o’zligini
anglatish, ularning qalbi va ongiga milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlarni singdirish, ma’naviy bilimlar bilan qurollantirish, ma’naviy va jismoniy
jihatdan chiniqtirish talab etiladi. Mana shunda, barkamol avlod - el- yurtimizning
farovon va baxtli kelajagini hal qilishdek katta mas’uliyatli ishni ado etishga qodir
bo’ladi.
Zamonaviy bilimlar bilan qurollanmagan, bilim va tafkkur dunyosi keng
yoshlarsiz O’zbekistonning
kelajagini, jahon hamjamiyatidagi mustahkam o’rnini
tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham yoshlarni barkamol avlod darajasiga
yetkazishning bosh vositasi bo’lgan ta’lim tizimini isloh etish jarayonida miliy ta’lim
mazmuni va sifatini zamon talablari darajasiga ko’tarish bilan bir qatorda, taraqqiy
topgan davlatlar o’quv markazlariga borib o’qishlariga, profesor-o’qituvchilarning
esa xorijda malaka oshirishlariga hamda ta’lim sohasi bilan bog’liq xorijiy mablag’
va grantlarni respublikaga jalb etishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Erkin fikrlaydigan, o’zining qat’iy nuqtai nazariga ega bo’lgan, yuksak
ma’naviyatli shaxs - yot buzg’unchi g’oyalarga nisbatan immunitet hosil qilishi va
egallagan
bilimlarini ezgu ishlarga, yurt ravnaqiga yo’naltirishi mumkin bo’ladi.
Yoshlarimiz ongi va qalbida g’oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni milliy
istiqlol g’oyasidan qudratli vosita bilan qurollantirish borasida talay ishlar amalga
oshirilmoqda.
303
Yoshlar davlat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-
iqtisodiy siyosat mohiyatini anglab etgandagina, elim deb, yurtim deb yashashga
odatlanadi. Ana shundagina yoshlar
haqiqiy xalq hokimiyati uchun, mamlakat
himoyasi uchun, o’z yurti shon-shavkatini butun bashariyat nazarida himoya qilish
uchun bolalar, ayollar, qariyalarni turli balo-qazolardan asrash uchun o’zining
o’zligini, asl madaniyatini, milliyligini saqlash uchun millatchilik, irqchilik,
aqidaparastlikka hamda turli tuman buzg’unchi g’oyalarga qarshi samarali va
maqsadga yo’naltirilgan kurash olib bora oladi. Yoshlar
mamlakat oldida turgan
muammolarni yechimini qidirishda faol ishtirok etishi, mamlakatimiz tarixini buzib
ko’rsatuvchilarga, hayot tarzini evropalashtirish tarafdorlariga qarshi oqilona, faol
hamda sidqidildan kurashish zarur.
Buning uchun o’sib kelayotgan yosh avlodni bilim bilan qurollantirish, miliy
qadriyatlarimiz ma’naviyatimizni tiklash, jahon madaniyati,
milliy madaniyatimiz
durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk qilib
tarbiyalashdek vazifalar qo’yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib, yoshlar tarbiyasiga davlat siyosati darajasida
qaralayotgan bir paytda quyidagilarga e’tibor berishimiz lozim: ta’lim tizimidagi
o’zgarishlar, yangi, zamon talablariga javob beradigan ixtisosliklarning yuzaga
kelishida yoshlarning kasbiy qiziqishlarini oshirish; yoshlarimiz jamiyatda munosib
o’rin
egallashlari; yoshlarimizning ijtimoiy faolligini oshirish; yoshlarning ochiq
muloqotga moyillik kayfiyatini paydo qilish; yoshlarning g’oyaviy-mafkuraviy
immunitetini shaklantirish.
Har bir yosh yigit-qiz millat, mamlakat taqdirida milliy manfaatlarining
ustuvorligini nafaqat tan olishi,
shuningdek, unga qat’iy amal qilishi, o’zida
g’oyaviy-mafkuraviy qat’iyatlilik kayfiyatini shakllantirishi, hurfikrlilik va
tolerantlikka ustuvor ahamiyat berishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uyg’unligiga amal qilishi yaxshi natija beradi. Arastu ta’kidlagani kabi «munosib
odam bo’lmoq, fazilatlar egasi – fozil bo’lmoq demakdir” [1]. Zero, munosib bo’lish
jamiyatga xizmat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: