O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


YOSHLARDA VATANPARVARLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISHDA



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

 
YOSHLARDA VATANPARVARLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISHDA 
MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNING AHAMIYATI
79
 
“Bugungi kunda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, 
yangi marralar sari izchil harakatlarimizni ta’minlash; sobiq tuzumdan qolgan salbiy 
asoratlarni bartaraf qilib, xalqimizda yangicha tafakkur, dunyoqarash va hayotiy 
79
Nazarova Nilufar Jo’rayevna - 
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
 


297 
pozitsiyani shakllantirish; ijtimoiy taraqqiyotimizga tahdid solayotgan turli g’oyaviy-
siyosiy hurujlarga qarshi samarali kurashish hamda bu masalalarni oqilona hal 
etishda muhim o’rin tutuvchi milliy mafkurani yanada rivojlantirib, xalqimiz ongiga 
singdirish va ishonch-e’tiqod asosiga aylantirish” [1,18-b.] qolaversa, ma’naviy va 
ma’rifiy tadbirlar samaradorligi va natijaviyligiga alohida e’tibor qaratish orqali 
yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalardir. Bu esa amalga 
oshirilayotgan g’oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni milliy taraqqiyot 
tamoyillari va manfaatlari asosida, shuningdek, qonunchilik targ’iboti, huquqiy ong 
va madaniyatni shakllantirishni tizimli tarzda olib borishni taqozo etadi. Prezident 
Sh.M.Mirziyoyev: “Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati 
asosida shakllanadi. Ya’ni ayrim kishilar jazodan qo’rqib qonunga itoat etsa, 
boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko’ra qonunni hurmat qiladi. 
Shu bois, birinchi navbatda, aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiyani 
keng yo’lga qo’yishimiz lozim. 
Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va “yomon”, 
“mumkin” va “mumkin emas” degan tushunchalar o’rtasidagi farqni o’rgatishimiz, 
o’zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo’lishimiz kerak.” [2] deb alohida 
ta’kidladilar.
Bu borada professor R.Samarov va U.Qodirovlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni 
tashkil etish borasida quyidagicha fikr bildiradilar: “Ma’rifiy ishlar tushunchasi, 
axloqiy, maishiy, ilmiy (nazariy), badiiy, diniy kabi ta’lim turlariga oid bo’lgan 
maqsadli, aniqrog’i shaxsiy, kasbiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatlar 
ketma-ketligini ifoda etadi. Shu bilan birga, ma’rifiy ishlar, har bir ta’lim muassasasi 
yoki ishlab chiqarish korxonalarida (shu jumladan harbiy tashkilotlarda) ularning 
maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarni (xodimlarni) yosh 
xususiyatlari, milliy xususiyatlar, kasbiy xususiyatlarning talablari inobatga olingan 
holda olib boriladi. Vatanparvarlikni shakllantirishni misol qilib oladigan bo’lsak, 
ta’lim tizimida, oila a’zolari va mahalla ahli(jamoasi)ning yoshlar tomonidan 
namoyon etgan biron bir ijtimoiy mazmunga ega bo’lgan harakatlariga nisbatan 
munosabat tariqasida ifodalanadi. Bunda, “Ota-onanga rahmat”, “Bobong ham 


298 
mahalla a’zolarini sha’nini himoyalay oladigan inson edi” tarzida baholanishi 
mumkin.
Bu jarayonda bildirilgan munosabat, aslida ma’naviy rag’bat hisoblanib, 
keyingi harakatlar majmuasini belgilash uchun turtki bo’lishi mumkin. Shu sababli, 
vatanparvarlik bu tug’ma, irsiy xususiyat hisoblanmasa-da, balki muayyan ijtimoiy-
siyosiy vaziyatda individual yoki jamoaviy ko’rinishda ifodalanadigan xulq 
hisoblanadi. Vatanparvarlik ta’lim-tarbiya jarayonida shakllantirilib, bunda adabiyot 
va san’atning roli beqiyosdir. Bu esa o’z navbatida vatanparvarlikning talqini, 
vatanparvar insonning siymosi, vatanparvarlikning madaniy masalalariga oid ilmiy 
izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Bu yo’nalishda bir qator ishlar amalga 
oshirilgan bo’lib, vatanparvarlikning tarixiy, falsafiy-psixologik jihatlarini xalq 
og’zaki ijodi hattoki o’zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulla Qodiriy ijodi 
namunalaridan keltirib, oila, maktab va harbiy muassasalarida ulardan foydalanishni 
pedagogik-psixologik mexanizmini belgilab bergan” [3, 120-b.]. 
Bugungi kunda, yoshlar o’rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish 
uchun ularda chuqur mulohaza yuritish (ilmiy tafakkur), huquqiy savodxonlik, burch 
va mas’uliyatni chuqur his qilish, axloqiy poklik, kasbiy halollik, ijtimoiy fidoiylik, 
mehnat qilishga iftixor, ijodiy tashabbuskorlik, millatparvarlik, insonparvarlik, 
haqgo’ylik, sadoqatlilik, shijoat, botirlik singari sifat va fazilatlarni shakllantirish 
lozimki, bu ma’naviy ishlarni doirasida amalga oshiriladi. Shu sababli, ma’rifiy 
tadbirlarni rejasini tayyorlashda, majmuaviy tarzda yondashib, milliy an’analar, 
san’at va madaniyatimizning durdonalari namunasidan foydalanish masalasiga 
alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda, innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Aynan shu jihatlarni e’tiborga olgan holda, Toshkent temir yo’l muhandislari 
institutida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarni o’z sohasining yetuk mutaxassisi 
bo’lib etishishi bilan birga Vatanparvarlik tuyg’usi va Vatan oldidagi burchini 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Negaki, temir yo’l transporti bu 
mamalakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishi va bu soha vakillari ham 
harbiylarga xos aniqlik, tezkorlik, fidoiylik kabi sifat va fazilatlarga ega bo’lishi 


299 
kerakligi hech kimga sir emas. Demak, bu soha rivojining muhim omillaridan biri 
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar sifatiga ham bog’liqdir. Yetuk mutaxassis 
kadrlarni tayyorlashda esa ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar alohida ahamiyatga ega. 
Institutimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar butun o’quv yili davomida izchillik va 
ketma-ketlik asosida institut va talabalar turar joylarida o’tkazish rejalashtirilgan 
bo’lib, bu tadbirlar rejasida nafaqat muhim bayram sanalariga bag’ishlangan 
tadbirlarini o’tkazish balki, hozirgi vaqtda dolzarb sanalgan mavzular doirasida 
badiiy kechalar, mashhur shaxslar bilan davra suhbatlari, o’z sohasida ulkan 
yutuqlarni qo’lga kiritgan mutaxassislar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va 
o’tkazish ham nazarda tutiladi. Ayniqsa, bu kabi ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni 
o’tkazishda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida alohida namuna va ibrat 
ko’rsatib kelayotganligini alohida ta’kidlash o’rinli deb o’ylaymiz. Kafedrada 
ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, har bir tadbir uchun 
mas’ul sifatida kafedraning tajribali va mahoratli professor-o’qituvchilari 
belgilangan. Tadbirlar albatta, belgilangan muddatda o’tkazilishini kafedra mudiri 
tomonidan nazorat qilib boriladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, tadbirlar 
kafedrada shunchaki o’tkazilmasdan, har bir tadbir bo’yicha talabalarning fikr-
mulohazalarini sotsiologik so’rovnomalar orqali o’rganib boriladi, natijalar kafedra 
yig’ilishlarida muhokama etilib, tadbirda tashkilotchilik qilgan professor-
o’qituvchilar rag’batlantiriladi. Bundan tashqari tadbir tafsilotlari bo’yicha 
ma’lumotnoma va hisobotlar nafaqat institut “Ma’naviiyat va ma’rifat bo’limi”ga 
balki, bu bo’yicha OAVlarida chiqishlar qilinadi, kerak bo’lsa jurnal va anjumanlarga 
maqola va tezislar sifatida taqdim etib borilmoqda. Kafedra tomonidan tashkil etib 
o’tkazilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda hamkor oliy o’quv yurtlari 
kafedralari, jumladan O’zbekiston milliy universitetining bir qator kafedralari 
shuningdek, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O’zbekiston 
davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 
boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o’tkazish an’anaga aylangan. Bu 
tadbirlarda hamkor oliy o’quv yurtlarining nafaqat professor-o’qituvchilari balki, 
ularning talabalari ham ishtirok etishi tadbirlar ta’sirchanligini kuchaytirish bilan 


300 
birga hamkor kafedralar bilan integratsiyaviy munosabatlarning yaxshilanishiga olib 
kelmoqda. Masalan, har o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi 
bilan hamkorlikda “Vatan ostonadan boshlanadi”, “O’zbekiston-yagona Vatan”, 
“G’ururli yigit-Vatan tayanchi”, “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” kabi mavzularda 
davra suhbatlari, ma’ruzalar, tanlovlar tashkil etib boriladi. 
Binobarin, ma’naviy faoliyatdagi ta’lim-tarbiya va targ’ibot-tashviqotda hozir 
biz qanday jamiyat qurayotganimizni, unga erishish yo’llarini sodda, haqqoniy, 
hamma tushunadigan qilib tavsiflash, aniq-ravshan bilim-tasavvurlarni hosil qilish, 
Vatanparvarlik tarbiyasining muhimligi mamlakatimiz xavfsizligi, mudofaa 
qudratini, qurolli kuchlarini mustahkamlash zaruriyati ekanligi talabalarga 
yetkaziladi. Zero, yoshlar o’zlari yashayotgan jamiyat kelajagini tasavvur qilolmas 
ekan, ular o’z istak, orzu, intilishlarining ro’yobga chiqishi qanday yuz berishini 
bilolmaydi. Bunday sharoitda, ularda ertangi kunga umid va ishonch bo’lmaydi, 
ruhiy-ma’naviy deprissiya yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda institutimiz miqiyosida o’tkazilayotgan ma’naviy va 
ma’rifiy tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagi natijalarga erishishga 
yo’naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Birinchidan, talabalarda ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarni shakllantirish (ya’ni shaxsiy jasorat, botirlik, axloqiy me’yor, dadillik, 
odamlarga qiziqish, muloqotchanlilik, xarakterdagi shijoatlilik), ikkinchidan, 
intellektual sifatlarni shakllantirish (ya’ni, umumiy qobiliyatlarni rivojlantirish, aniq 
fikr yuritishni shakllantirish, epchil mulohaza yuritish), uchinchidan, sensomotor 
sifatlar (ya’ni, jismoniy zukkolik, mantiqiy tafakkur, qat’iyatlilik, tezkor tafakkurni 
shakllantirish), to’rtinchidan, hissiy-irodaviy sifatlar (ya’ni, vaqt tiziqligida fikrlash, 
jismoniy zo’riqqanlik jarayonida ixcham tafakkur yuritish, o’ziga ishonuvchanlilik, 
kuchli iroda, o’zini tuta bilishlik), beshinchidan, boshqa shaxsiy sifatlarni (ya’ni, 
antropometrik ko’rsatgichlar, umumiy qobiliyatni rivojlanganliligi, mustaqillilik, 
ma’lumot tanqisligi jarayoni va zo’riqishli vaziyatlarda ishchanlilikni yuqori darajada 
saqlanib qolish) shakllantirishga qaratilganligi bilan xarakterli hisoblanadi. Albatta, 
bulardan tashqari, talaba-yoshlarda Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik, Vatan kelajagi va 


301 
unga sadoqat tuyg’usini shakllantirishda ham ushbu ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy 
ishlarning o’rni muhim ahamiyatga ega.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish