Nizomiy nomidagi



Download 75,97 Kb.
bet1/4
Sana03.03.2017
Hajmi75,97 Kb.
#3716
  1   2   3   4
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNΙVERSITETI

SAN’AT FAKULTETI

Himoyaga ruxsat etilsin”

Fakultet dekani p.f.d.,dotsent

_________ K.M.Gulyamov

“____ ” _________ 2014 yil
51441000 – “Musiqa ta’limi” yo`nalishi

IV – kurs MT 402-guruh talabasi

Alimova Nazira Abdullatibovnaning “ Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish yo’llari”mavzusidagi

B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I

Talaba:_____ A.N.Alimova

Ilmiy rahbar : “Musiqa va uni o’qitish metodikasi’

kafedrasi

dotsenti____________G.M.Sharipova

Taqrizchilar: “Musiqa va uni o’qitish metodikasi”

kafederasi dotsenti

Uchtepa tumani No109-maktabining

“Musiqa madaniyati”fani o’qituvchisi

___________________Iminova S.

Himoyaga tavsiya etilsin”

“Musiqa va uni o`qitish metodikasi”

kafederasi mudiri, dotsenti

_________ D.A.Karimova

“____ ” _________ 2014 yil



Toshkent – 2014 yil

MUNDARIJA:

REJA

Kirish………………………………………………………………………..3

I BOB. QO’SHIQ O’RGATISH ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

1.1. O’zbekistonda musiqa san’atining rivojlanish tarixi………………………8

1.2.SHarq mutafakkirlarining musiqa san’atining rivojlanishiga qo’shgan hissasi12

1.3. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy va umuminsoniy ahamiyati…………………………………………………………..16



II BOB. QO’SHIQ O’RGATISH ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHNING METADOLOGIK ASOSLARI.

2.1.Vatanparvarlik tarbiyasini mazmuni, maqsadi va inson tarbiyasidagi ahamiyati………………………………………………………………………….21

2.2.Qo’shiq o’rganish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish………………………………………………………………………26

2.3.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash…………………………………………………………………………31



III BOB. QO’SHIQ O’RGATISH ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI MAVZUSIDA TAJRIBA SINOV ISHLARINI O’TKAZISH.

3.1.O’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishda Vatanparvarlik haqidagi qo’shiqlarning ahamiyati…………………………………………………….39

3.2.Oltinchi sinfda qo’shiq o’rganish orqali Vatanparvarlik tarbiyasini oshirish mavzusida tajriba –sinov ishlarini o’tkazish………………………………42

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………… 52

Izohli lug’at…………………………………………………………………53

KIRISH

“YOSHLARGA MILLIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYA BERISH BUGUNGI KUNNING ENG MUHIM VAZIFALARIDAN HISOBLANADI.


ISLOM KARIMOV.

Mavzuning dolrzarbligi.Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo’lgan musiqiy nafosat tarbiyasi masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga kata ahamiyat berilmoqda. Mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim borasidagi islohatlar tobora keng quloch etmoqda.

Hayotimizning barcha jihatlarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bolmoqda. Ma’naviyatimizni qayta tiklash yanada boyitish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy kamoloti yosh avlodni say harakatlariga bog’liq ekanligi hammamizga ma’lumdir. O’sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajagi ham ta’lim tarbiyaga jiddiy e’tibor berish asosida to’g’ri yo’naltirish mumkin.



“Maqsadimizga erishish yangi demokratik jamiyatni qurish,islohatlarning taqdirini qanday kuchlarga ega ekanliklarimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday g’oyalarga e’tiqod qilishiga, ma’naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog’liqdir”- deydi O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Islom A. Karimov. Shu bois yoshlarning ma’lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy umuminsoniy tiklanish g’oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma'naviyatini va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan biri bolib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib u o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir.U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib ularning his-tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda musiqa san’ati hayotni o’rgatadi, tasvirlaydi va ifodalaydi. Shu bois musiqa o’quvchilarda estetik g’oyalarni tarbiyalash orqali ularning ma’naviy va ahloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirishda, ularda oliyjanob fazilatlarini shakllantirishda ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarning hayot tajribasi aql idrokini o’stirib borishida Vatan tuyg’usi kundalik odatdan e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodga aylanishi har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasini belgilab beradi.Milliy Vatanparvarlik deganda esa, bu o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat axloqiy ma’naviy qadriyatlar, g’oyalar, qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumiy ta’lim maktablarida Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Bunda musiqa ta’limining milliy asosi muhim rol o’ynaydi. Garchi musiqa madaniyati fani dasturida o’zbek xalq musiqasi og’zaki an’anadagi o’zbek musiqasi ma’lum tartibda berilgan bo’lsada shunga qaramay boy musiqa madaniyatimizni mahalliy uslublarini hisobga olgan holda har bir dars mazmunida milliy musiqa tavsiya etilgan. Bunda ayniqsa vocal xor mashqlari sifatida xalq kuy va qo’shiqlaridan parchalar berilganligi maqsadga muofiqdir. Musiqaning bu fazilatlari har bir sinfda o’quvchilrning yosh xususiyatlari, hayotiy tajribalari, musiqiy bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda foydalaniladi. O’rta sinflarda o’quvchilarni hayotiy tajribalari boyigan aniq (konkret) fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyoqarashlari tarkib topayotgan davri bo’ladi. Shunga muofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Xalq musiqasi ohanglari o’zbek kompazitorlari ijod etgan Ona vatanimiz, jonajon O’zbekistonimiz go’zalligini ularga mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahmiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni tokilgan joyga qarindosh urug’, el-yurt, ona zaminga bolgan hurmat e’tibor mehr- muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari bayroq,gerb, madhiya, o’zbek tili, konstitutsiya o’quvchilarni o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi. Dasturga kiritilgan turli vocal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlarni ahmiyati kattadir. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi qo’shiq kuylashdir, chunki musiqaga bo’lgan qobilyatini o’stirish, musiqa san’atiga bo’lgan mehr va qiziqishini oshira borish vazifasi o’quvchilarning o’z faolligi jarayonida muvafaqqiyatli bajariladi.

Bitiruv Malakaviy Ishining dolzarbligi , shundaki o’quvchilarni Vatanparvarlik haqidagi qo’shiqlar vositasida yetuk barkamol inson qilib tarbiyalash.



Bitiruv Malakaviy Ishining maqsadi. Qo’shiq o’rganish orqali o’quvchilarni Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish.

Bitiruv Malakaviy Ishining vazifalari.

  1. Ilmiy ishimga oid adabiyotlarni,ilmiy ishlarni o’rganib chiqish.

  2. Tajribali o’qituvchilarning ish tartiblarini o’rganib chiqish.

  3. Musiqa madaniyati darslarida Ona Vatan,odob-axloq,go’zallik,nafosat,mehr-oqibat haqida qo’shiqlar o’rgatish orqali o’quvchilarda ona Vatanimizga muhabbat tuyg’usini o’stirish.

  4. Sharq mutafakkirlarining ona Vatan haqidagi fikrlarini o’rganib chiqib,ilmiy ishimga tadbiq etish.

  5. Musiqa madaniyati darslarida va darsdan tashqari to’garak ishlarida ona Vatan haqida musiqiy asarlar orqali o’quvchilarni Vatanparvarlik tuyg’ulari shakllanishi.

  6. Oltinchi sinf o’quvchilari bilan ilmiy ishimga oid tajriba-sinov ishlarini o’tkazish.

Tanlangan mavzuda tadqiqotning ob’ekti -6-sinf o’quvchilari.

Ma’lumki umumta’lim maktablarining 6-sinf o’quvchilari psixologik

–fiziologik tomondan fanlarga qiziquvchan, hayotiy tajribaga boy, ovoz ap

paratlari shakllangan bo’ladi. Bu davrda ular o’z qiziqqan mashg’ulotlari- ga astoyidil mehr bilan qaraydilar. Oltinchi sinf o’quvchilarida o’spirinlik davri boshlanib, ular tabiat va hayot qonunlariga jiddiy qiziqadilar. Organizmlarida faol o’zgarishlar – bo’yning o’sishi, ovoz o’zgarishlari ro’y beradi. Buning natijasida ular o’zlarini katta qilib ko’rsatishga, hayotda o’z o’rinlarini bilishga urinadilar.Bosh miya ba’zan yetarlicha ozuqa ololmay, horg’inlik xolatlari sezilishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi har bir o’quvchini yaxshilab o’rganib,ular bilan jiddiy, do’stona munosabatda bo’lishi lozim. Oltinchi sinfning II yarmida mutatsiya davri boshlanadi. O’g’il bolalarda mutatsiya faol o’tadi, qiz bolalarda esa, osoyishta o’tadi. Natijada bolalar sozga tusholmay qiynaladilar. Bunda o’qituvchi bolalar bilan oqilona munosabatda bo’lishi kerak. Oltinchi sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni: I ovoz Do1-Mi2

II ovoz Sikich-Do2da

Lyakich-Re2

Bu davrda o’quvchilar ovoz imkoniyatlariga qarab, ularni ovoziga mos tushadigan qo’shiqlar o’rgatish, dars davomida ovozlarini asrab avaylash maqsadga muvofiqdir. Dars davomida dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish kerak.

6-SINFDA YIL MAVZUSI.

I chorak: “Mumtoz musiqa”. Mumtoz musiqa haqida tushuncha.

II chorak: Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari.

III chorak: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv.

Tadqiqotning nazariy-metadologik asoslarini Prizident asarlari, olimlarning risolalari, darslik, dastur, qo’llanmalar, Davlat farmonlari, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Davlat Ta’lim Standartlari o’quv dasturi, buyuk mutafakkirlarining fikrlari tashkil etadi.

Yurtboshimiz I. A. Karimov, “O’zbekiston fuqoralarining vatanparvarligi bu- qayta o’zgarishlar yo’lini ko’rsatuvchi, ko’zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo’lchi yulduzidir”1 degan edi. O’zbekiston Respublikasi fuqoralarining vatanparvarlik tarbiyasi baynalminal tushuncha bilan yo’g’rilib ketganki, har bir o’zbek millati O’zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini hurmat qiladi. O’zbek millatining bir bo’lagi sifatida tan olinadi. Ma’lumki tarbiyaning barcha davrlari jamiyat taroqqiyotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida belgilangan. Bu borada mutafakkirlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiylar o’z fikrlarini bildirganlar. Ahmad Donish “Musiqa tarbiyasi yosh avlodni komil inson sifatida kamolotga yetkazishga yordam beradi” deydi.Behbudiyning fikricha “Umumta’lim maktablari kasbga yo’naltirish ishlarini rivojlantiradi. Maktab o’quvchilarning ongini, dunyoqarashini o’stiradi” deb yozadi.Amur Temur o’z askarlariga shunday deydi:” Hech qaysi millat, hech qaysi davlat olimlari, boyliklari bilan mashhur bo’la olmaydi. Davlat – lashkaru, fuqorolarining sadoqati, fidoyiligi bilan qudratlidir”. Ana shunday fidoiy insonlar ko’p bo’lsa, davlat shunchalik boy bo’ladi. Fuqorolari esa, ma’naviyatli bo’ladilar. Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy hayotning ma’nosini hammaga bir hilda yaxshilik qilishda deb biladi. Yomonlikka ham yaxshilik bilan javob berish lozim deb shunday deydi: “Shunday yashaginki, ketar chog’inda, hamma yig’lab qolsin, sen esa xandon etib kulgin”. Alisher Navoiy o’z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur ifodalab, shunday deydi:” Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir”. “Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o’z-o’zidan qanoat tuyg’usini olib kiradi,uni baxtiyor qiladi” deydi.Ahmad Donish inson va uning shakllanish omillariga keng to’xtalib, “Inson ulug’ zotdir,uning tafakkur dunyosi kengdir”deb yozadi. Al Farobiy o’z asarlarida “Musiqa tarbiyasi yosh avlodni komil inson sifatida komolotga yetkazishga yordam beradi”deb ta’riflaydi.

Shunday ekan musiqa fani hozirgi davrda yangicha yondashuvni mazmunini chuqur tahlil qilishni va yoritishni,milliy istiqlol ko’zgusi orqali kuzatishni va uni o’rganishni taqoza etadi.

Mening Bitiruv Malakaviy Ishim-Kirish,Asosiy qism,III bob, 8 paragrif, Xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va Glossariydan iborat.



I BOB. Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasining amalga oshirishning nazariy asoslari.

I.1. O’zbekistonda musiqa san’atining rivojlanish tarixi.

O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va merosga ega.Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati, oliy insoniy fazilatlari, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi tasvirlanadi. Bu buyuk ma’naviyatimizni, yosh avlodlarga yetkazishda, milliy tafakkurni shakllantirishda benazir vositadir.”O’zbek musiqasi” keng mazmunli, serko’lam tushuncha bo’lib,u o’z ichiga musiqiy merosning ikki qatlamini: xalq musiqasi va kasbiy musiqa hamda zamonaviy ijodiyot (bastakorlik)sohalarini qamrab oladi.O’zbek musiqasining maqsadi, yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan madaniyatli inson darajasiga yetkazishdan iborat. Ma’lumki, musiqa san’ati estetik idrokning bitmas tuganmas manbaidir, inson qalbi va yuragini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Inson doimo go’zallikka intilishi va kundalik hayotda shu go’zallik qoidalariga amal qilishi kerak. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi juda zarur. Bu yosh avlodni o’zbek xalqining musiqa an’analari bilan tanishtirib, uning nafosatli his-tuyg’ularini rivojlantirishimiz,musiqa ta’limimizni saviyasini oshiradi. O’quvchilar, kuy-qo’shiqlar orqali milliy musiqa san’atini o’rganadilar.O’zbek xalqi ko’p asrlik taraqqiyot tarixiga bo’lgan an’analar soxibidir. O’zbek musiqa san’atini ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadim madaniyatning ko’pdan-ko’p obidalari buyuk o’zbek mutafakkirlari, yozuvchilari, shoirlari Al Farobiy, Abdurahmon Jomiy, NIzomiylar lirikasida keyinchalik ma’rifatparvarlar Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish sohasida talaygina qiziqarli fikrlar bild irilgan.Musiqa ta’limining katta e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o’qitish masalalariga ko’plab ilmiy va amaliy g’oyalar bildiradi.U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisidir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O’zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san’ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,2 “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.

O’zbek xalqining professional musiqa madaniyati xalq va ijod maxsuli bo’lgan musiqa asarlari, og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan an’analar zamirida rivojlangan. U bizgacha xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi na’munalari, hamda professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So’ngi yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari XVIII asrda o’ziga xos nota yozuvi bo’lganidan dalolat beradi. 1920-yilda professional musiqa og’izdan-og’izga o’tib tarqalgan.

O’zbek xalq musiqasining qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni va hayotiy o’rniga ko’ra:

1. Mavsum-marasum kuy qo’shiqlariga

2. Mehnat qo’shiqlariga

3. Kunda ijro etiladigan kuy-qo’shiqlarga bo’linadi.

Xalq ommaviy qo’shiqlarining deyarli barcha janrlari xalq og’zaki ijodiga mansub bo’lgan barmoq vaznidagi she’rlar bilan kuylanadi. Alla- onaning bolasiga bo’lgan mehr-muhabbatini, orzu- istaklarini ifodalaydigan qo’shiq lirik ohangga ega.



Lapar-shox, raqsona kuy uslubida bo’lib odatda ikki xonanda yoki, ba’zan ko’pchilik va yakkaxon tomonidan aytishuv tarzida ijro etiladi. Bunga “Omon yor”, “Qora soch”, “Imilla yor” kabi mashhur laparlari misol bo’ladi. Ba’zan laparlar xajviy va hazl mutoyiba mazmunida ham kuylanadi. Masalan ‘Oyijon”,”Qilpillama” laparlari shular jumlasidandir. Yalla – bu janr ham quvnoq raqsona ohangda bo’lib xonandalar jamoasi jo’rligida raqsga tushib ijro etiladi. Bu janrga xalq orasida keng tarqalgan.”Yali-yali”, “Yolvorma jonim”, “Bo’g’macha bilagim” kabi yallalar misol bo’ladi. O’zbek xalq musiqasining kasbiy (ustozona) musiqa janri ma’lum bir bilim va malakaga ega bo’lgan professional bastakorlar va kompazitorlar tomonidan yaratiladi.

Musiqa san’ati o’zbek xalqi hayotida muhim va katta o’rin egallagan. Xalq ommasining madaniyatini musiqa san’ati orqali belgilash mumkin. O’zbekistonda XXasr boshlaridanoq savod chiqarish harakati keng quloch yoydi. Tarbiyaviy-ta’lim ishlari yo’lga qo’yildi. 7 yillikta’lim joriy qilindi. Ishchi va o’quvchi yoshlar orasida havaskor “Duhovoy” orkestrlar keng tarqaldi. Bu orkestr jamoalari ilk marotoba 1918-yilda o’zbek umumta’lim maktablari qoshida joriy etila boshlandi. Keyinchalik esa, musiqa jamiyatlari va xususiy tarzdagi musiqa darslari butun mamlakat bo’ylab tashkil etila boshladi. Keyinchalik esa, musiqa jamiyatlari va xususiy tarzdagi musiqa darslari butun mamlakat bo’ylab tashkil etila boshladi. Qo’qondagi maktabda o’zbek musiqasining mashhur targ’ibotchisi X.Niyoziy, Toshkentda Abdulla Avloniy, Samarqandda Abduqodir Shokuriylar ish olib borishdi. Xamza o’zi ochgan maktablarda o’zi dars bergan. Shu bilan birga “Engil adabiyot”, “O’quv darsligi” kitoblarini yaratgan.Abdulla Avloniy o’z faoliyatida 1908-yilda Mirobod, Degrez mahallalarida bolalarni ona tilidan o’qitish uchun maktab ochgan. 1919-yilda Turkiston Respublikasida xalq maorifligi tuzilgan bo’lib, u bir qancha bo’limlarni o’z ichiga olgan. Bularning ichida san’at bo’limi alohida e’tiborga sazovar edi. Musiqa bo’limi Turkiston Respublikasida musiqa ta’limi va tarbiyasini shakllantirish, yosh avlodni musiqa madaniyati durdonalari bilan tanishtirish masalalari qo’yilgan edi’ Musiqa tarbiyasini tashkil etishning samarali yo’llarini izlash lozim edi.Buning uchun 40-yillar oxirida musiqa dasturini maktablarga moslab qayta ishlash va o’qituvchi kadrlar tayyorlash ishlari bosh vazifa qilib qo’yildi. Musiqa maorifini yanada rivojlanishi va professional musiqa ta’limining shakllanishi uchun zamin yaratildi. Shu tariqa O’zbekistonda musiqa san’atiga e’tibor kuchaydi. Musiqa maktablari umumta’lim maktablarida musiqa soatlari ko’paytirildi. Musiqa san’ati o’quvchilarni o’zbek milliy san’ati bilan tanishtirishga yordam beradi. Chunki xalqning madaniy va ma’naviy hayoti uning san’ati, musiqasida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda yetuk kadrlarni tayyorlab, ularni bilim darajasini kengaytirishga harakat qilinmoqda. Boshlang’ich sinfdan boshlab yangi qo’shiqlar,musiqiy bilimlar o’rgatib borilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama yetik qilib tarbiyalashda maktablarda o’qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa madaniyati darslarida o’zbek xalq musiqasini o’rgatib borishni joriy etilishi o’quvchilarni o’z madaniyati, tarixi, milliy qadriyatlarini, an’analarini, xalq og’zaki ijodini o’rganishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. O’zbek xalq musiqasi Davlat Ta’lim Standartlari musiqa dasturiga birinchi sinfdan boshlab kiritilgan. Bu o’quvchilarni o’zbek musiqasiga qiziqtirishiga mehr va ishtiyoqlarini yanada oshirishga yordam beradi.Dastur bo’yicha tanlangan asarlar o’zbek xalq musuqasining durdona asarlari bo’lib tinglash uchun va kuylash uchun tavsiya etilgan. O’quvchilar bu asarlarni kuylab, tinglab, musiqaga mos ritmik harakatlar bajarib o’zbek xalq musiqasini his etadilar. O’zbek xalq musiqasi birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha oddiydan murakkabga prinsipi asosida o’quvchilarni yoshi, sinfi, hayotiy tajribalari qiziqishiga qarab berilgan. Har bir yil, chorak mavzularida o’zbek musiqasi asos qilib olingan bo’lib o’quvchilarni Yoshi, qiziqishiga, musiqiy qobilyatlariga qarab turli dars faoliyatlari yordamida yoritib boriladi. Bolalar uchun yaratilgan va ularga kuylash uchun moslashtirilgan folklor qo’shiqlari o’zbek xalq musiqasini yanada chuqurroq o’rganishga va his etishga xizmat qiladi. O’zbek xalq cholg’u asboblari bilan tanishtirish, dars davomida “jonli” ijro sifatida milliy ijro etish ayniqsa samarali natija beradi. O’zbek xalq musiqasini nafaqat musiqa darslarida balki sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda ham joriy etish maqsadga muofiqdir. Masalan, o’quvchilarni o’zbek milliy drama teatri, qo’g’irchoq teatrlari, tarixiy obidalar, muzeylarga olib boorish yaxshi natija beradi.

Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, har soniyada- tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o’z fidoiysini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go’zallikni idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi. Ma’naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani tilsiz falsafa deb bejizga aytishmagan.




I.2. Sharq mutafakkirlarini musiqa san’ati rivojlanishiga qo’shgan hissasi.

O’zbek xalqining musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlar va arxeologik topilmalar shundan dalolat beradi. O’zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O’rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar(o’zbek, tojik) ijodi bilan chambarchas bog’langan. Bu musiqiy asarlar X-XI asrgacha o’zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik musiqa madaniyatlarini shakllanishi uchun umumiy asos bo’lib xizmat qildi. Ular haqidagi ma’lumotlar “Avesto”da bayon qilingan.Avesto gimnlari (madhiyalari) rechitativ tarzda ijro etilgan. Madhiyalar xor bo’lib kuylash mumkin bo’lganband va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo’lgan.

Xalqning bayram marosimlari masalan;bahorda kun vat un barovarlashuvi –Navruz keng tarqalgan. O’rta asr yozuvchilari musiqani olam tuzulishi bilan, tabiatdagi o’lish va tirilish haqidagi miflar bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini ham ko’rsatib o’tganlar.

VIIasrda O’rta Osiyoga Islom dinini olib kelgan arablar ham ajdodlarimiz musiqa madaniyatidan bebahra qolmadilar. Musiqaning manbai qadim-qadimlarga dahldor bo’lganligi uchun ular nota yozuvlari hattoki xattotlik yozuvlari na’munalari Mavjud bo’lmagan bir davrlardan boshlangan.Musiqiy asarlar, qo’shiqlar,allalar, xalq ashullalari, ustoz-shogird an’analari asosida bizgacha yetib kelgan.IV-VII asrlargacha bo’lgan davr Turklar bilan Sharqiy Eron xalqlarini qo’shilishib madaniyat va san’at turlarish jumladan musiqaning yuqori darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Butun Sharqga mashhur bo’lgan va keyinchalik Sharq adabiyoti mumtoz(klassik) asarlarida tasvirlangan O’rta Osiyoning yirik xonandasi va sozandasi, o’nlab kuylar ijodkori Borbod Marvaziy homi butun dunyoga mashhur bo’ldi. Borbod Marv shahrida istiqomat qilib, VII asr boshlarida Eron sosoniylar sulolasidan bo’lgan Xisrav saroyida xizmat qildi. Tarixchilar bergan ma’lumotlarga ko’ra Borbod madhiya va tarixiy qo’shiqlar, harbiy g’alabalar to’g’risidagi qo’shiqlar ijod etgan.Ozarbayjon adabiyotining mumtoz shoiri Nizomiyning “Xisrav va Shirin” dostoniga musiqa yozgan.Borbod haftaning yettinchi kuniga, oyning o’ttizinchi kuniga, yilning 365 kuniga bag’ishlab kuy, qo’shiqlar yozgan.Borbod cholg’u asboblar ham ixtiro qilgan. Shuningdek u shoir, ijrochi, qo’shiqchi, raqqos ham bo’lgan.Barbodning arab mamlakatlarida Barid,Raxlanas, Faxlpaz, Baxlbod taxalluslari bilan keng shuhrat qozongan.

Abu Nasr Farobiy musiqani insonga orom beruvchi, inson his tuyg’ularini uyg’otuvchi va eng muhimi insonning buyuk xilqat tafakkurini rivojlantiruvchi musiqalarga ajratadi. Abu Nasr Farobiy mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasini kengligi bilan nom chiqargan. Farobiyni yirik mutafakkur –“Muallimu soniy”-“Ikkinchi muallim” deb ataydilar. U 70dan ortiq tilni bilgan. U musiqaga oid kitob “Kitob-ul musiqai al-kabir” asarida musiqani ikki turga ajratadi.

1-Amaliy musiqa- asar yaratish va ijro etish.

2-Ilmiy musiqa- shu ijro etilgan asarni tahlil qilishni o’rgatadi.

U milodiy 83 oyida Shosh- Toshkentga yaqin Farob(O’tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug’iladi.U Farobda boshlang’ich maktabni, Shoshda, keyinchalik Buxoroda, Samarqandda, Bog’dodda ta’lim oladi. U matematika, mantiq, tibbiyot,musiqa, xuquq, tilshunoslik kabi turli fanlarni o’rganadi. Bundan tashqari cholg’u asboblar yaratib, o’zi ham kuylar ijro etadi.

Abu Ali ibn Sino 980-yil(melodiy)Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’idagi kichik amaldorlar oilasida tug’iladi. Keyinroq unig oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach u boshlang’ich maktabni Buxoroda o’qidi.Undagi tug’ma qobilyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birlashib ketgan edi.Bolalik va o’smirlik yillari somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo’lib hisoblangan Buxoroda o’tdi.Buxoroga jaxonning turli mamlakatlardan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida qatnashib, yosh Ibn Sino turli fanlarga oid bilimlar chuqurlashtirib o’rgandi. U barcha fanlar bilan mustaqil holda shug’ullana boshlaydi. Keyinchalik u Xorazmga Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda bir qancha olimlar bilan, Abu Rayxon Beruniy bilan”Ma’mun akademiyasi”da ilmiy ishlar bilan shug’ullana boshlaydi. “Tib qonunlari” nomli yirik asarini yaratadi. Shuningdek u bemorlarni musiqa bilan davolash to’g’risida kitob yozadi.Shuninh uchun tibbiyot, falsafa, fizika, iqtisod, adabiyot, matematika fanlari bilan shug’ullanadi. Ibn Sino bu asarlarida ilm-ma’rifatni o’rganishga,inson kamolga yetishishida nafosat va axloqiy tarbiyani axamiyati haqida yozadi.U musiqa va tabiat olamining o’zaro bog’liqligi haqida ham teran fikrlar bildirib “Ilmiy al-musiqiy” nomli kitob yaratdi.

Mahmud Koshg’ariyning “Devon ul lug’atu-turk” asarida xalq orasida

qo’shiq janri keng tarqalganligini yozgan.U sozandalar ud, tanbur qo’biz, rubob, barbot,daf,arg’on va qonun kabi xilma xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg’u asboblar haqida ma’lumotlar bergan. Xulosa qilib aytganda hamma zamonlarda ham odam bolasi kuy-qo’shiqqa, musiqaga ruhiy extiyoji oila sharoitidan boshlangan va shakllangan. Ajdodlarimiz eng og’ir paytlarda ham musiqadan madad olganlar. O’zbek musiqa madaniyatimizning noyob durdonasi “Shoshmaqom”ning mazmunida ham ming yillik ajdodlarimizning ishq-muhabbati, quvonchlari, xijron va iztiroblari mazmuni yoritilgan. Bugun yoshlarga bunday durdona mumtoz sermazmun asarlarni yetkazish ularni barkamol inson bo’lishlari asos bo’la oladi.

Bobokalonlarimizdan Abu-Nasr Farobiyning ma’rifatparvarlik g’oyalar tizimida bola, shaxsni tarbiyalashda musiqa san’atining o’rni va roli maqsadi va vazifalari alohida e’tirof etiladi. Unda inson hayotida musiqaning jamiyati qayd qilinib, “Ey musiqa olami, yaxshiyamki sen borsan, agar sen bo’lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi”- deya xitob qiladi. Abu Nasr Farobiy “ Katta musiqa kitobi” da , musiqa nazariyasi ohanglarining turlari, kelib chiqish sabablari, kishiga ma’naviy, ruhiy ta’siri haqidagi qimmatli fikrlarini bildirgan.

Forobiy musiqa ilmida faqat nazariyotchi bo’lib qolmay, amaliyotchi ham bo’lgan. Uning o’zi taniqli musiqachi, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa asbobi ixtirochisi sifatida ham shuhrat qozongan . Musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo’jizakor ta’siri haqida fikr yuritib, Forobiy “ Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida” asarida shunday deydi; “ Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi”.

Xususan, milliy madaniyatda musiqa yuksak tuyg’ular, zavq –shavqli g’oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma’naviy jihatdan boy, sof barkamol qiladi.

Abu Ali ibn Sino musiqaning ta’sir kuchiga katta ahamiyat berib, ayrim ruhiy kasalliklarni musiqa kuylari vositasi bilan davolash mumkin degan fikrni ilgari surgan edi. Abu Ali ibn Sinoning musiqiy ma’rifiy qarashlarida ham musiqa shaxsning ma’naviy va jismoniy, madaniy tabiatiga ta’sir etuvchi qudratli vosita sifatida ta’rif beradi. Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim. Bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi degan g’oyani ilgari suradi. Alloma mashhur “ Tib qonunlari” kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uxlatish uchun odat bo’lib kelgan musiqiy allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan ba’zan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan ehtiyoj hosil bo’lgan deb yozgan edi.

Shunday qilib olimlar, mutafakkirlar musiqa nafaqat insonga samarali ta’sir etuvchi vosita balki, o’z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko’ra alihida bir fan sifatida tadbiq etishga davrlar o’tib ularni tor fikrlarini ta’lim- tarbiyada tadbiq etilib, ta’kidlanganidek ommaviy xalq musiqa pedagogikasining vujudga kelishida asos bo’ladi.



Download 75,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish