Sobirov Doniyorbek Murodjon o’g’li -
Andijon davlat universiteti
305
hayotini xavf ostiga qo’yib bo’lsa-da halokat oldini olish ham jasorat tushunchasining
mazmunini ifodalaydi.
Mardlik – insonning ma’naviy hislati, nomardlikning ziddi, or-nomus, vijdon va
sadoqatni, shaxsning olijanobligini ifodalaydigan, mard kishilarga xos ish, xatti-
harakatni anglatuvchi tushuncha. Mard so’zi jasorat, qo’rqmaslik, botirlik kabi
so’zlar bilan ma’nodoshdir. Azaldan ajdodlarimiz mardlikni yuksak qadrlab, e’zozlab
kelganlar. Negaki, janglarda faqat botir, fidokor insongina mardlik ko’rsata olgan, o’z
Vatanini
bosqinchilardan
himoya
qila
olgan.
Mustaqillik
yillarida
yurtdoshlarimizdagi mardlik tuyg’usi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni
ishonchli himoya qilish, xalqaro terrorchilik, ekstremizm, diniy fundamentalizm kabi
xavf-xatarlarga qarshi murosasiz kurash olib borish zarurati yurt, Vatan taqdiri uchun
qayg’uradigan har bir insondan doimiy jasorat, azmu shijoat hamda mardlik bilan
yashashni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zining yangi mudofaa
tizimini yaratish, zamonaviy, ixcham armiyasini barpo etish vazifasini o’z oldiga
qo’ydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, xususan, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 sentyabrdagi Farmoniga asosan O’zbekiston
Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida mamlakatimizning
mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash
borasida izchil islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari safi milliy kadrlar bilan to’ldirildi,
barcha talablarga javob beradigan, tezkor va harakatchan, tashkiliy jihatdan
mukammal, zamonaviy qurol-yarog’ va texnikaga ega milliy armiyamiz barpo etildi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirish bir yilda bir marta tashkil etilib, uni
o’tash muddati bir yil qilib belgilanganligi, serjantlar tarkibining sezilarli darajada
kengaygani, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati joriy etilgani milliy armiyamiz
qiyofasini va mazmun-mohiyatini tubdan o’zgartirib yubordi.
306
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh
Qo’mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “O’zbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, xududiy yaxlitligini muhofaza
qilish, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish” davlatimiz
havfsizligini ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi [2. 39] .
Qurolli Kuchlarimizni isloh etishning eng muhim yo’nalishlaridan
biri – ofitser va serjant kadrlarni tayyorlaydigan, qayta tayyorlaydigan va ularning
malakasini oshiradigan, intellektual jihatdan yuksak, analitik va strategik fikrlash
qobiliyatiga, jangovar harakatlarni mohirlik bilan rejalashtirish salohiyatiga ega, qo’l
ostidagi bo’linmalarni samarali boshqarish, ularda sog’lom axloqiy-ruhiy muhitni
qaror
toptirishga
qodir
bo’lgan professional harbiylarni shakllantirishni
ta’minlaydigan uzluksiz tizimni yanada takomillashtirishdan iboratdir. Alohida
ta’kidlab o’tish kerak, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot,
millatlararo do’stlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash,
uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro
manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar
va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va
hushyor bo’lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o’zi
barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamizdir.
Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiyalash jarayonida milliy armiyamizning
tashkiliy-shtat tuzilishi printsipial jihatdan o’zgartirildi, tezkor-strategik boshqaruv,
operativ tayyorgarlik hamda qo’shinlarni jangovar qo’llashning haqiqiy markaziga
aylangan samarali boshqarish tizimi yaratildi. Mobil, tezkor va har qanday nostandart
Qurolli Kuchlarimizni isloh etishning eng muhim yo’nalishlaridan biri – ofitser va
serjant kadrlarni tayyorlaydigan, qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini
oshiradigan, intellektual jihatdan yuksak, analitik va strategik fikrlash qobiliyatiga,
jangovar harakatlarni mohirlik bilan rejalashtirish salohiyatiga ega, qo’l ostidagi
bo’linmalarni samarali boshqarish, ularda sog’lom axloqiy-ruhiy muhitni qaror
toptirishga qodir bo’lgan professional harbiylarni shakllantirishni ta’minlaydigan
307
uzluksiz tizimni yanada takomillashtirishdan iboratdir. Alohida ta’kidlab o’tish kerak,
yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do’stlik va
hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin
atrofimizdagi davlatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlikni
yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora
kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bo’lib
yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o’zi barchamizdan
talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamizdir. Qurolli Kuchlarimizni
modernizatsiyalash jarayonida milliy armiyamizning tashkiliy-shtat tuzilishi
printsipial jihatdan o’zgartirildi, tezkor-strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik
hamda qo’shinlarni jangovar qo’llashning haqiqiy markaziga aylangan samarali
boshqarish tizimi yaratildi. Mobil, tezkor va har qanday nostandart vaziyatlarni
nazorat qila oladigan bo’linmalar shakllantirildi. Qo’shinlarning jangovar
tayyorgarligi bo’yicha yangi dasturlar joriy qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Amaliy mashg’ulotlarga ham jiddiy yondashilayapti [5, 134].
Mamlakatimizda kelajakda Vatanimiz himoyachilari bo’ladigan yosh avlodni
tarbiyalashda, xalqimizning barcha vakillari qatori harbiy xizmatchilar ham faol
ishtirok etib kelishmoqda.
Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashdek dolzarb
masalaga ham davlatimiz rahbariyati tomonidan doimo katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, shu maqsadda qabul qilingan dasturlar doirasida harbiy xizmatchilarning
oilalari uy-joylar bilan ta’minlandi, bu yo’nalishdagi tizimli ishlar, shubhasiz,
kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Ayni paytda, harbiy xizmatchilar hamda
ularning oila a’zolariga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati ham yuqori darajaga
ko’tarilmoqda. Shuningdek, harbiy sanatoriylar faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalar
yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Ular oila mustahkamligini
ta’minlashga ulkan poydevor vazifasini o’taydi [4. 296].
308
Yosh avlodni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, intellektual salohiyatini
oshirish, ularni ma’naviy jihatdan barkamol inson bo’lib etishishlarini ta’minlash
davlatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |