Qo‘shimcha jazolar, ya’ni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi jazo choralari davlat majburlovining asosiy choralariga qo‘shiladi va mustaqil tarzda qo‘llanishi mumkin emas. Bunda, ularni tayinlash JK maxsus qismining muayyan moddasidagi sanksiyada shunday jazo turining mustahkamlanishi bilan bog‘liq emas, ya’ni Oliy sud instansiyasining tavsiyasidan kelib chiqqan holda, uni har qanday holatda tayinlash mumkin1.
Aralash toifadagi jazo turi, ya’ni JK maxsus qismining muayyan moddalarida keltirilgan sanksiyalar tuzilishiga bog‘liq holda muayyan huquqdan mahrum qilish jazolari ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo turlarini tashkil etishi mumkin va ular tegishli toifa jazoni tayinlash qoidalari bo‘yicha qo‘llanishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, jazoning aralash xususiyatga ega bo‘lishi, uni qo‘llash qoidalarining aralash xususiyatiga ega bo‘lishini anglatmaydi. Xususan, muayyan huquqdan mahrum qilishni, agarda u qonunda asosiy turdagi jazo deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi2. Masalan, xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuvlar, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarning sir saqlanish tartibini buzishda (JK 143-moddasi) aybdor shaxsga nisbatan, unga mazkur modda sanksiyasida nazarda tutilgan boshqa turdagi jazo tayinlanganligi hollarida ham, uni muayyan huquqdan mahrum qilish ko‘rinishida asosiy toifa jazo tayinlanganligi hollarida ham, unga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo chorasini qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ayni masalaning boshqacha yo‘l bilan hal qilinishi JK tamoyillariga, xususan adolat va qonuniylik tamoyillariga muvofiq
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 40-банд // Тўплам, 2-жилд. – 236-б.
2 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш
амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарорининг 41-банди 2-хатбошисига мувофиқ, «агар муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазо Жиноят кодексининг Махсус қисми моддаси санкциясида назарда тутилмаган бўлса, у ЖКнинг 45-моддасида белгиланган асослар ва доирада, қабул қилинган қарор ҳукмда асослантирилган ҳолда қўлланилиши мумкин» // Тўплам, 2-жилд. – 237-б.
kelmaydi, chunki qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlik me’yorining ortib ketishini keltirib chiqaradi.
Qo‘shimcha turdagi jazolardan birining qo‘llanishi boshqa toifa jazo turining qo‘llanishiga to‘sqinlik qilolmasligini inobatga olish lozim. Masalan, agar aybdorga nisbatan qo‘shimcha jazo sifatida uni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazo turi qo‘llangan bo‘lsa, bu holda, uni shuningdek, muayyan huquqdan mahrum qilish ham qo‘llanishi mumkin. Biroq bu holda, yuqorida ta’riflangan muayyan huquqdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo turining qo‘llanishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarning mavjud emasligini aniqlash zarur bo‘ladi.
O‘zlarining har tomonlamalik darajasiga bog‘liq holda jazolar ikki kichik tizimga bo‘linadi, bular: amalda har qaysi mahkumga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan umumiy jazolar va faqat muayyan shaxslarga (maxsus toifadagi subyektlarga; unvonlarga, mukofotlarga ega bo‘lgan shaxslarga va sh.k.) nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan maxsus jazolar kichik tizimlaridan iborat. Xususan, qonunning (JK 43-moddasi 3-qismi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasiga muvofiq, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish jazo turlari faqat maxsus subyektlarga, ya’ni harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanishi mumkin va buni davlat majburlovi mazkur choralarining ijro etilishi xususiyati shartlaydi.
Jazoning og‘irligiga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilish (cheklash) bilan bog‘liq bo‘lgan jazolar (ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish) va ozodlikdan mahrum qilish (cheklash) bilan bog‘liq bo‘lmagan (jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash ) jazo turlariga bo‘linadi.
Mahkum shaxsga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga qarab, axloq tuzatish – mehnat ta’siri bilan bog‘liq (majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish) va shunday ta’sir bilan bog‘liq bo‘lmagan (jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish) jazo turlari farqlanadi.
Va nihoyat, jazo davomiyligi bo‘yicha, jazolar bir paytli, ya’ni ijro etish muddati ko‘rsatilmaydigan (jarima, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish) va muddatli, ya’ni ijrosi muayyan muddatga tayinlanadigan (muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish) jazolarga bo‘linadi.
Bir paytli jazolar kichik tizimini ajratib chiqarish unga kiritilgan barcha jazo turlari muayyan vaqt doirasi chegaralarida davomiylikka ega emasligini mutlaqo bildirmaydi deb aytish mumkin emas. Xususan,
«qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch oy, voyaga yetmagan mahkum esa olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda to‘lashi lozim. Biroq sud, mahkumning moddiy ahvolini inobatga olib, JPK 533-moddasining ikkinchi qismiga asosan hukmning ushbu qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini hal qilishi mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |