O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet15/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Jazo

§. Jarima


Davlat tomonidan majburlov chorasi sifatida jarima to‘lovi mahkumlarning mulkiy huquqlarini cheklashdan iborat bo‘lib, jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga iqtisodiy jihatdan ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Aynan shu sababga ko‘ra jazoning mazkur turi JKda nazarda tutilgan jazolar ichida eng yengili deb tan olinadi.


NOTA BENE !





Jarima – sud tomonidan JKda belgilangan chegaralar doirasida va jinoyatni sodir etish paytiga qadar qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining muayyan miqdoriga muvofiq keladigan me’yorda davlat foydasiga majburiy undiriladigan pul to‘lovidir.

Qonun chiqaruvchi va sud amaliyoti jarimaning qo‘llanishini jazo maqsadlariga erishishning samarali choralaridan biri deb hisoblaydilar. Shu munosabat bilan Oliy sud instansiyasi sudlarga «jarima jazosini
nafaqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar, balki og‘ir jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan bo‘lsa, kengroq qo‘llash»ni tavsiya etadi.
JK 44-moddasi 1-qismi holatlaridan kelib chiqqan holda, faqat pulni undirish jarima deb hisoblanadi. Shunday qilib, davlat tomonidan majbur qilishning shu chorasini qo‘llashda, sud o‘z hukmida mahkum shaxsga nisbatan tayinlangan nafaqat eng kam oylik ish haqi miqdorlari umumiy sonini, balki undirilayotgan pul to‘lovining mutlaq ifodasi me’yorini ham aniq ko‘rsatishi shart. Bunda jarimaning pul bilan ifodalanishini hisoblab chiqish, shaxs tomonidan jinoyatni sodir etish paytida mavjud bo‘lgan eng kam ish haqi miqdori asosida amalga oshirilishini nazarda tutish lozim.
JK 44-moddasi 2-qismida jarimaning pastki va yuqori chegaralari eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorlari belgilangan. Mazkur chegaralar, JK maxsus qismi tegishli moddasining sanksiyasi doirasida sud tomonidan aybdor uchun tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo chegaralarini tashkil etadi (masalan, mehnat qilish huquqini buzganlik uchun eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda bo‘lgan jarima bilan jazolanadi– 148-moddasi). Xususan, modda sanksiyalarida jarimaning eng kam miqdori ko‘rsatilmagan hollarda (masalan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish eng kam ish haqining yigirma besh baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarima bilan jazolanadi – JK 149-moddasi), uning quyi chegarasiga amal qilishga alohida e’tiborni qaratish zarur. Bunday hollarda jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak, chunki JK 44-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jarimaning chegaralari umummajburiy xususiyatlarga ega va garchi sud, JK 57- moddasiga muvofiq tarzda yengilroq jazoni tayinlaydigan bo‘lsa ham, qonunda belgilangan chegaralardan chiqadigan jazoni mahkumga tayinlashga haqqi yo‘q.
JK Maxsus qismi muayyan moddasining sanksiyasiga muvofiq, jinoyatni sodir etgan aybdor shaxs uchun sud tomonidan jarimaning tayinlanishida, sodir etilgan jinoyat og‘irligining darajasidan va
mahkumning moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda jarima miqdori belgilanishi kerak. Oliy sud instansiyasining ko‘rsatmasiga binoan,
«jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini belgilashda sud, odatda, uning amalda to‘lana olinishi imkoniyatidan kelib chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli, shuningdek, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari, keksa ota-onasi borligi va h.k.lar inobatga olinishi lozim».
Mahkumning moddiy ahvolini baholashda quyidagilar, chunonchi:

  • mahkumning qonun tomonidan taqiqlanmagan har qanday manbalardan olinadigan daromadlarining miqdori; xususan, shular jumlasiga kiradigan mehnat uchun to‘lovlar, mulkchilik daromadlari va shularga teng tarzdagi tadbirkorlikdan olinadigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;

  • mulkchilik huquqi yoki xo‘jalik yuritish huquqi va shularga teng tarzda ijara huquqi asosida aybdorga qarashli mulkning mavjudligi;

  • muayyan shaxslarning, masalan voyaga yetmagan bolalarning mahkumning qaramog‘ida bo‘lishi;

  • mahkumning o‘z mulkini uchinchi shaxslar ixtiyoriga topshirish majburiyatlari mavjudligi; masalan, mahkum zimmasidagi alimentlarni to‘lash, hayotga va salomatlikka keltirilgan zararni qoplash; soliqlar, byudjet hamda boshqa xil majburiy to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatlarining mavjudligi kabi omillar inobatga olinishi lozim. Shu bilan bir vaqtda yuqorida keltirilgan ro‘yxat to‘liq emas va sud jarimaning aniq miqdorini tayinlashda jarima miqdoriga ta’sir etuvchi boshqa jihatlarni inobatga olishga haqlidir.

JK Maxsus qismi tegishli moddasi tarkibidagi sanksiya doirasida tayinlanadigan jarimaning aniq miqdorini belgilash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda jarima me’yori jazoni shaxsiylashtirish uchun imkoniyat beruvchi mezon ekanligi jihatiga sud alohida e’tibor qaratishi kerak. Shu munosabat bilan jarimaning aniq miqdorini tanlash, bir vaqtning o‘zida, mahkumni qashshoq qilmay, mazkur jazoning ijro etilishini va shu bilan bir vaqtda jarimani pul to‘lash orqali jamoatchilikning noroziligidan qutulish vositasiga aylantirmaslikni ta’minlashi kerak.
Jarima hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘lanishi kerak1. Aks holda, mazkur jazo turini ijro etishdan mahkumning bosh tortishi to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinishi lozim. Jarima to‘lovining ijro etishdan bosh tortilishi dalili sud tomonidan quyidagi shartlarga binoan, ya’ni:

  • jarimani ixtiyoriy ravishda, sud tomonidan uzrli deb tan olinmagan sabablarga ko‘ra to‘lanmaganligi;

  • mahkumning o‘z daromadlarini va boshqa xil mulkini yashirganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuni2ga muvofiq, mazkur jazoni majburan ijro etish mumkin bo‘lmaganligi qayd qilinishi lozim.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish