O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


II BOB. JAZO TIZIMI VA UNING TURLARI



Download 0,52 Mb.
bet12/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Jazo

II BOB. JAZO TIZIMI VA UNING TURLARI

    1. §. Jazo tizimi, turlari va ularning tasniflanishi


JK 43-moddasida mujassamlangan jazolar tizimining normativ-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi butun jinoiy jazolar instituti uchun strategik ahamiyatga egadir. Tizimning bunday mavqega ega ekanligi uning qonun ijodkorligi va qonunni qo‘llash faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi bilan, jazoning tayinlanishi, qo‘llanishi va ijro etilishi masalalariga muayyan darajada daxldor bo‘lgan jinoyat qonuniga murojaat qilinganida mazkur moddaning holatlarini majburiy tartibda inobatga olish sharti bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, jazolar tizimini Jinoyat kodeksining alohida moddasida mustahkamlashning maqsadi qonun chiqaruvchini jinoyat qonunini izchil va tizimli yo‘sinda rivojlantirish yo‘liga qaratishga, qonunni qo‘llovchi organlarni esa qonunni bir xilda amalga oshirish yo‘lini tanlashga qaratilgandir.
JK 43-moddasida keltirilgan jazo tizimining o‘zi qonuniylik, ayb uchun javobgarlik, odillik va insonparvarlik prinsiplariga asoslanganligini, ularning predmetli ifodasining tasviri ekanligini nazarda tutish lozim.
Jazo tizimining tarkibiy elementlari sifatida davlat majburlovining faqat alohida elementlari chiqadi va davlat ularning qo‘llanishiga mahkum axloqining tuzalishiga erishish, jinoiy faoliyatning davom ettirilishining oldini olish va shuningdek, umumiy hamda maxsus prevensiya maqsadlarini bog‘laydi.
Jazo tizimining elementlari o‘zaro bog‘liq, o‘zaro aloqador va bir- birlarini to‘ldirib turadi. Tizimning mazkur belgisi jazolar samaradorligiga erishish masalasining yechimiga ko‘p jihatli yondashuvni isbotlaydi, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishish qandaydir biror xil majburlov chorasini tanlash bilan bog‘lanmay, balki mahkumlarga choralar majmuasi bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyati vositasida amalga oshiriladi. Amalda bu JK Maxsus qismi moddalaridagi muayyan muqobil sanksiyalarida va shuningdek, qo‘shimcha jazo choralarini belgilashda va qo‘llanishida o‘z ifodasini topadi.
Tizimga kiruvchi davlat majburlovi choralarining ro‘yxati Qoyat darajada to‘liq bo‘lib, kengaytirilgan yo‘sinda talqin qilinmaydi. Shunday qilib, JK 43-moddasida ko‘rsatilmagan jazo turlari JK Maxsus qismining alohida moddalaridagi sanksiyalar tarkibiga kiritilmaydi, kiritilganlari esa qo‘llanmaydi. Bundan tashqari, tizim ro‘yxatida jazo turlarining batafsil keltirilganligi, qonunni qo‘llovchi organlarga, shu jumladan, sudga, jazo choralari sifatida ko‘rib chiqilayotgan modda tarkibida nazarda tutilmagan davlat majburlovi choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi.
Tizim tarkibida jazo turlarining joylashishi ularning nisbatan og‘irligiga bog‘liq, bunda ular eng yengil jazodan eng og‘ir jazoga yo‘nalish tartibida joylashtiriladi. Shuning bilan jazolardan qaysi biri nisbatan yengil va qaysi biri og‘irroq deb hisoblanishini qonunning o‘zi belgilaydi, bu esa moddalardagi sanksiyalarni tuzishning yuridik mohiyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bundan tashqari, jinoiy jazoning maqsadlariga erishish uchun muayyan darajada sudlarni davlat tomonidan majbur etishning yengilroq choralarini qo‘llashga yo‘naltiradi. Xususan, «Sudlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, shuningdek, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari kerak.
Qonun normasi sanksiyasida alternativ jazolar mavjud bo‘lganda hukmda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni qo‘llash zarurligi to‘g‘risidagi masala muhokama etilishi shart».



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish