O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi



Download 3,24 Mb.
bet26/27
Sana30.03.2022
Hajmi3,24 Mb.
#519531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1 (8)

OTA-ONALARGA ''YASSIOYOQ'' XAQIDA
MA’LUMOT VA UNING OLDIN OLISH BO’YICHA
TAVSIYALAR
Bolalarda yassioyoq bo’lish jiddiy muammo hisoblanadi. Kichkintoylarda ushbu holatning tug’ma ko’rinishini besh yoshgacha aniqlash qiyinchilik tug’dirgani sababli, shifokorlar profilaktik maqsadlarda bolalarning oyoq kiyimiga ortopedik stelkalarni solishni tavsiya etadilar. Bunday stelka (maxsus tayyorlangan charm patak)lar bolajonning o’sayotgan oyoqchasini to’g’ri shakllanishiga yordam beradi va qoida bo’yicha yassi oyoqlarning vujudga kelishini oldini oladi. Yassioyoqlar - bola oyoqchalarining ko’p uchraydigan deformatsiyasi (shaklning o’zgarishi yoki buzilishi)dir. Yassi oyoqlikning davolanishi bo’yicha profilaktik muolajalar qanchalik tez boshlansa, shunchalik bola oyoqchalarining to’g’ri rivojlanib o’sishi ta’minlanadi. Farzandingizda yassi oyoqlik mavjudligini qanday aniqlash mumkin? Bolani yalang oyoq yurgizing, turli yo’nalishlarda yurib ko’rsin, siz esa uning oyoqchalarining ichki qismiga e’tibor berib kuzating.
Ular yerga deyarli tegmasligi kerak. Kamdan kam holatlarda yassioyoqlik tug’ma bo’ladi, odatda u hayot davomida bolaning yurish jarayonida, ayniqsa, pinetkalar (boshmoqcha, yurishni endi boshlagan bolalar uchun yumshoq oyoq kiyim)da yurish natijasida vujudga keladi. Yassi oyoqlikni plantografiya (oyoq izlari surati) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun bolaning oyoqparining tagiga o’simlik yog’ini surib olasiz va oyoqchalarini oq, toza qog’ozga qo’ydirasiz. Bolaning izlari qog’ozga muhrlanadi, hosil bo’lgan suratdan yassi oyoq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash mumkin. Odatda sog’lom oyoq ost qismining ichki tomoni, umumiy ost qismning 3/2 qismini tashkil etishi kerak. YAssioyoqlikda esa ushbu ichki tomon yo’q bo’ladi, bo’lsa ham juda kam qismni tashkil qiladi. Bolalarda yassi oyoqlikni oldini olish uchun bolaning ilk kunlaridan boshlash lozim. Bunda bola oyoqlarining mushaklarini mustahkamlash lozim. Buning uchun massaj, davolovchi gimnastika, fiziomuolajalardan foydalaniladi. Boldir va tovon mushaklarining massajiii ota-onalarning o’zlari bajarishi mumkin. Boldir mushaklarini barmoqlaringiz bilan uqalash yetarlidir. Bolaning tovon mushaklarini uqalash, birinchi barmog’ingiz yordamida bolaning tovonida oyoq barmoqlaridan to tovonga qadar o’tkazasiz. Bunday uqalashlarni kuniga 2 marotaba (ertalab va kechqurun), 10 daqiqadan bajarish yetarlidir. Bir yoshdan so’ng, bola yurishni boshlaganida davolovchi gimnastikani ko’paytirish lozim. Bolaga oyoqlarining uchida yurishni, barmoqlarining uchida turgan holatda sakrashni, oyoqning tashqi qismida yurishni, tovonda yurishni, tovonlar yordamida qalam, tayoqcha aylantirishni o’rgatish zarur, rolik massajyordan foydalanishni ham ko’rsatish mumkin.
Bola tovonining shakli bolaning gavdasi bilan bog’liqdir. Yassi oyoqqa ega deyarli barcha bolalarda qomatning noto’g’ri shakllanishi kuzatiladi. Umuman olib qaraganda oyoq va qomatnnng bir biriga bog’liqlik tarafini ko’rmaysiz. Lekin ayni paytda kuzatilib kelingan yassi oyoqlnk 60—70% bolalarda umurtqaiing qiyshayishi va gavdaning jiddiy muammolari mavjudligi aniqlangan.
Tovonning oz bo’lsada to’g’ri shakllanmasligi mavjud bo’lsa xam u bolannng jismoniy rivojiga jiddiy ta’sirini o’tkazishi mumkin. Yassi oyoqqa ega bolalar ko’p tura olmaydilar, tez toliqadilar, oyoq va sonlardagi og’riqlariga shikoyat kiladilar. Bolalarda yassioyoqlikni quyida keltirmoqchi bo’lgan mashqlar yerdamida yengillashtirish va tuzatish mumkin. Bola ushbu mashqlarni onaning kuzatuvi ostida bajarishn lozim. Kerakli mashqlar yig’indisini o’rganib olishda sizga shifokor yordam beradi.
O’tirgan holatda tovonlarni birma bir bukish;Tovonlarni aylantirish;“Arg’umchok”: bola oyoqlariga turib, avval u oyoqlarining uchlariga, so’ng tovonlariga turadi.Oyoqlarning barmoqlarida yurish;
Erga gimnastik tayoqchani qo’ying, unda yurish juda foydalidir.Oyoq barmoqlariga turib, yarim o’tirishni bajarish;Gimnastik tayoqchada o’tirib-turish;Oyoq barmoqlarida chang’i uchgandek harakatlanish; Kichkina koptokcha bilan 1-3 daqiqa davomida oyoq barmoqlari bilan xarakatlantirish;Oyoq barmoqlarida turib sakrash;Turli buyumlarni oyoq barmoqlari bilan ko’tarish;Shunday mashqlar ham borki, buning uchun maxsus moslamalar talab etilmaydi, lekin davolovchi samarasi nihoyat kattadir. Buning uchun yozgi kunlarni birida, bola imkon mavjud yerlarda yalang oyoqlarida yursin. Yomg’irli yoz kunida bolakay biroz loyda yursa biroz ko’lmaklarda chopsa, xavotir olmang.Yana bir maslahat. Mashqlarning barchasini bir mashg’ulotda bajarib o’tish shart emas. Mashq qilishni avval besh-olti topshiriqsan boshlang, 10-15 kun o’tgandan so’ng esa birma-bir mashqlarni qo’shib boravering.3-4 daqiqadan so’ng bolaga dam olishiga vaqt bering. Darslarning umumiy vaqti 15- 20 daqiqani tashk^sh etishi kerak. Kuniga ikki marotaba mashqlarni bajarish istalgan natijani beradi.Bir, bir yarim oylardan so’ng bolakay o’zini yaxshi his eta boshlaydi.

NAVOIY SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI


17- SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
JISMONIY TARBIYA YO’RIQCHISI : JO’RAYEVA MAFTUNA RAXMATULLAYEVNANING
YASSI OYOQLI TARBIYALANUCHILAR BILAN ISHLASH
RO’YXATI







Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish