O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi



Download 3,24 Mb.
bet23/27
Sana30.03.2022
Hajmi3,24 Mb.
#519531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1 (8)

SKOLIOZ KASALLIGI DIAGNOSTIKASI

Skoliozni erta muddatlarda aniqlash – maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda muhim hisoblanadi. Skoliozni pediatr, bolalar jarrohi, nevropatologi va ortoped tomonidan aniqlanadi. Toʻgʻri va aniq diagnoz qoʻyish uchun bolani turgan holda (oldindan, yondan, orqa tarafdan), oʻtirgan holatda va yotgan holatda tekshirish kerak. Bunda yelkalarning balandligi, assimetrikligi, kurak suyaklarining holati, “qovurgʻa bukirligi”, chanoq holati va boshqa skolioz belgilariga ahamiyat berilishi kerak. Umurtqa pogʻonasining qiyshiqlik darajasini graduslarda oʻlchash uchun skoliozometrdan foydalaniladi. Umurtqa pogʻonasining 5-7° dan ortqi qiyshayishi, rentgenologik tekshiruvga asos boʻla oladi.


Umurtqa pogʻonasi rentgenografiyasi bola turgan va oʻtirgan holatida, 2 ta proyeksiyada olinadi. Olingan rentgenologik tasvirga qarab umurtqa pogʻonasi qiyshiqlik darajasi Fergyusson yoki Kobb usuli yordamida aniqlanadi. Umurtqa pogʻonasining qiyshaygan va shifokor uchun muhim boʻlgan qismlari qoʻshimcha sifatida kompyuter tomografiyasi, MRT, miyelografiya tekshiruvlari ham oʻtkaziladi. Ichki aʼzolarda funksional oʻzgarishlarni aniqlash uchun bolalar pulmonolog, bolalar kardiologi, bolalar gastroenterologining tavsiyalari kerak. Koʻrsatmaga binoan FVD, EKG, qorin boʻshligʻI aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi ham oʻtkaziladi.


BOLALARDA SKOLIOZ DAVOSI

Skolioz davosi uning darajasidan kelib chiqib olib boriladi. Skoliozni konservativ davosi fizioterapevt, massajist, vertebrolog, manual terapevt mutaxassislar yordamida oʻtkaziladi. I va II darajali, kuchayib ketmaydigan bolalar skoliozi davosida – skoliozga olib keluvchi sababni aniqlash, umurtqa pogʻonasiga bosimni kamaytirish, aktiv harakatlanishni amalga oshirishga eʼtibor qaratiladi. Qoʻshimcha ravishda davolovchi gimnastika, orqa sohanimassaj qilish, suzish mashqlarida qatnashish tavsiya etiladi. Skoliozni davosida eng muhim boʻlgan jihati – ortopedik rejimga rioya etishdir, yaʼni uyqu qattiq va tekis joyda boʻlishi, qad qomatni tik tutgan holda turish va yurish hisoblanadi.


I va II darajali belgilari kuchayib boruvchi skoliozni bartaraf etish uchun yuqoridagi chora tadbirlardan tashqari fizioterapiya (elektrostimulyatsiya, magnitoterapiya, suvda davolanish, loyda davolash), ortopedik massaj, manual terapiya kabi muolajalar oʻtkaziladi. Umurtqa pogʻonasini toʻgʻri holda ushlash uchun ortopedik korset taqib yurish kerak boʻladi.
Skoliozni jarrohlik amaliyoti bilan davolashga koʻrsatma konservativ davo choralarining samarasi boʻlmaganda va skoliozning belgilari tez rivojlanganda, qiyshiqlik 40° dan koʻp boʻlganda va hayot uchun muhim aʼzolar funksiyasi buzilganda buyuriladi. Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun optimal yosh 10-14 yoshlar oraligʻidir. Jarrohlik amaliyotida umurtqa pogʻonasini implantatsiya yoʻli bilan fiksatsiya qilish oʻtkaziladi. Barcha jarrohlik amaliyotlaridan avval umurtqa pogʻonasini tortish oʻtkaziladi.
Koʻrsatmaga binoan suyak-plastik jarrohlik amaliyotlari ham oʻtkazilishi mumkin (umurtqa suyagi oʻsmasi rezeksiyasi), diskektomiya, kosmetik aralashuv (“qovurgʻa bukri”ni rezeksiya qilish, ekstraplevral torakoplastika, kurak burchagi rezeksiyasi) va boshqalar. Jarrohlik amaliyotidan keyin uzoq mudddatli reabilitatsion terapiya buyuriladi.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish