O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi



Download 3,24 Mb.
bet1/27
Sana30.03.2022
Hajmi3,24 Mb.
#519531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1 (8)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM
VAZIRLIGI


NAVOIY SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI
17- SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA


YOZGI
SOG’LOMLASHTIRISH
ISHLARNI TASHKIL ETISH





So’z boshi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni, farmon bilan birga tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan dasturni tasdiklash to’g’risida”gi qarori respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish mazmuni hamda sifatini oshirishga qaratilgan qator vazifalarni belgilab berdi.


Belgilangan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lom, jismoniy barkamol va har tomonlama rivojlanishlari uchun zarur shart- sharoitlar yaratib berilishini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida yozgi sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor berish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish yozgi sog’lomlashtirish davri (iyun- avgust)da amalga oshiriladi. Aynan, yoz faslida bolalarning ochiq havoda ko’proq sayr qilishlari, tanasini chiniqtirish, harakatda bo’lish va salomatligini mustahkamlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qulay va zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish, qiziqarli va yorqin o’tishini ta’minlash, charchoqyozdi mashqlar, turli ko’ngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish, kichik sayrlarni tashkillashtirish, ijodiy va amaliy ishlarni bajartirish, suv muolajalarini o’rinli qo’llash va alohida belgilangan kun tartibiga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi.
Yozgi mavsumda o’quv yili davomida olib borilgan rivojlantirish markazlari va umumiy guruhlardagi ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat davom ettiriladi, ya’ni mavsumga mos berilgan oy va haftalar mavzulari asosida har kuni ta’limiy faoliyat tashkil etiladi. Bunda yosh guruhlaridagi bolalarning rivojlantirish markazlari (qurish-yasash va matematika; syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish; til va nutq; fan va tabiat; san’at)dagi erkin faoliyatlari hamda umumiy guruh (frontal)larda (musiqa, nutq o’stirish, jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot, elementar matematika, ikkinchi tilni o’rganish) mashg’ulotlarini olib borish tasviya etiladi. Quyida ushbu jarayonni tashkil etish bo’yicha mavzuli rejalashtirish taqdim etilgan. Pedagoglarning ushbu namunaviy rejalashtirishdan tashkilot imkoniyati, yosh guruhining shart-sharoiti va albatta, bolalarning yosh xususiyatlari, qobiliyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib ijodiy yondashgan holda tashkil etish tavsiya etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining yozgi sog’lomlashtirish mavsumida amalga oshiriladigan tashkiliy, metodik, sog’lomlashtirish hamda nazoratga doir chora-tadbirlar rejasi tashkilotning navbatdagi pedagogik kengashida tasdiqdanadi.
Tashkilotning yozgi sog’lomlashtirish davri ish rejasida ta’limiy-tarbiyaviy ishlar, sog’lomlashtirish-chiniqtirish ishlari, tashkiliy ishlar (obodonlashtirish, moddiy-texnik bazani boyitish) hamkorlik ishlari, sport va ko’ngil ochar tadbirlari belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Ish reja namunasi ilovada havola qilingan.

Yozgi sog’lomlashtirish mavsumi boshida “Bolalar xavfsizligi va sog’lig’ini muhofaza qilish” yo’riqnomasi bilan barcha pedagog xodimlarini tanishtiriladi hamda muassasasining metodisti, hamshirasi, jismoniy tarbiya yo’riqchisining yozgi mavsumda amalga oshiradigan vazifalari aniq belgilab beriladi.


Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari samarali o’tkazilishi maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasining o’z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko’rishiga bog’liqdir.



Bu mavsumda bolalarning sog’ligini mustahkamlash uchun bor imkoniyatlardan foydalanib maydonchalarni tayyorlash, barcha tadbirlarni har bir bolani yaxttti rivojlanishi va ularni chiniqtirishga qaratish lozim.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish