O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Download 1,52 Mb.
bet7/8
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#722806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xolmahammatova Gulchiroy

Ta’lim dasturlarini tanlash
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimidagi oldingi dasturlardan farqli o‘laroq, “Ilk qadam” DO‘D qabul qilingandan so‘ng maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z ta’lim faoliyatini aniqlashda keng huquqlarga ega bo‘ldi. Maktabgacha ta’limning zamonaviy ta’lim dasturlari ko‘pgina mualliflar tomonidan psixologik-pedagogik fanning so‘nggi yutuqlari va maktabgacha ta’lim amaliyotini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Pedagoglar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ularni baholash va tanlashda qiynalmoqda. Shu bilan birga, ushbu turli ta’lim dasturlaridan to‘g‘risini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish juda muhimdir. Ta’lim dasturlarini tanlash va mustaqil ishlab chiqish huquqi dastur mualiflariga oiddir. Shu bilan birga, ta’lim tashkilotlari yoki boshqa mualliflik jamoalari o‘zlari ishlab chiqqan dasturlarga javobgar hisoblanadi.
3.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari Maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limning quyidagi tashkilot turlari mavjud:
● davlat umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
● nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
● davlat, nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
● korxona va tashkilotlar tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
● inklyuziv guruhlari mavjud davlat, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
● qisqa muddatli guruhlar. Ta’lim dasturlarini maktabgacha ta’lim tashkilot turini va ko‘rsatadigan xizmatlar shaklini hisobga olgan holda tanlash kerak.
MTT ta’lim dasturini ishlab chiqish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, o‘z Nizomiga muvofiq, ta’lim dasturining mazmunini aniqlashda quyidagi vazifalarni hal qiladi:
● bolalar, shu jumladan, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun qulay muhit yaratish, individual ta’lim dasturlarini, shuningdek, zamonaviy inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya ehtiyojlarini qondirish;
● bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojmand bolalar uchun individual dastur asosida zamonaviy inklyuziv ta’lim-tarbiyani olish uchun qulay sharoitni yaratish;
● bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, atrof-muhitga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
● bolalarning turli millatlarning, urf-odatlari to‘g‘risidagi bilimlarini shakllantirish;
● bolaning shaxsiyatini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish;
● bolaning ijtimoiy moslashuvi va uning boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
● zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish. Ta’lim dasturlarining barcha turlarida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish davrida quyidagi faoliyatlar tashkil etilishi ta’minlanadi:
● rivojlanish markazlarida bolalar faoliyati turlarini tashkil qilish;
● umumiy guruhlardagi faoliyatlar;
● tarbiyalanuvchilarning ixtiyoriy faoliyati;
● kun davomida bolalarning bo‘sh vaqtini tashkil qilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’limiy dasturi “Ilk qadam” DO‘D asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, dasturlarning 80 foizi bolalarni rivojlantirishning beshta sohasi bo‘yicha majburiy kompleks yondashuv va 20 foizi maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari tomonidan shakllantiriladi. Ushbu qism har qanday mualliflik huquqi bilan himoyalangan dasturlar (kompleks yoki parsial) asosida yoki maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim faoliyati jarayonida yaratilgan o‘z ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, MTT ma’lum bir maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini va tizimini aks ettiruvchi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ta’lim dasturlarni amaliyotga kiritishi mumkin. Masalan, agar “Ilk qadam” DO‘Dda ta’lim-tarbiya faoliyat taqsimoti kuniga 5 ta faoliyat (markazlar tomonidan amalga oshiriladigan bolalar faoliyati) ta’minlansa, maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zining yo‘nalishi asosidagi faoliyatning 1 turini (rivojlanish markazlardagi faoliyat) ma’lum bir faoliyat bo‘yicha (ekologik, jismoniy, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, badiiy, estetik va hokazo) shakllantira oladi. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zlarining ta’lim dasturlarini ishlab chiqish uchun turli parsial va kompleks ta’lim dasturlaridan foydalanishlari yoki o‘zlarining ta’lim dasturlariga mualliflik dasturlarini kiritishlari mumkin. Shu bilan birga, ko‘plab dasturlar va ulardagi g‘oyalar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturi oxir-oqibat metodik birlikka ega bo‘lishi kerak. Bu Davlat talablari va asosiy kompetensiyalarga erishishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi ilgari erishilgan natijalarga xalaqit beradigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tabiiyki, ta’lim dasturini ishlab chiqishda ko‘pchilik tashkilotlar mavjud ta’lim dasturini saqlab qolishga intiladi. Chunki to‘plangan bu tajriba va mavjud resurslardan foydalanish ma’muriyat va pedagoglarning sa’y-harakatlarini tejashga imkon beradi. Maktabgacha ta’limning parsial va kompleks ta’lim dasturlarini tanlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boyitish, ta’lim jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu qanday amalga oshadi? Qanday qilib parsial va kompleks ta’lim dasturlarini tanlash va ularni ta’lim dasturingiz tarkibiga kiritish kerak? Bunday jarayonning texnologiyasi bir qator vazifalarni yoki harakatlarni ketma-ket bajarishga qaratilgan uchta bosqichni o‘z ichiga oladi: 1-bosqich: tahliliy. Bosqichning maqsadi yangilanishni talab qiladigan va keng qamrovli, muqobil ta’lim dasturlarini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos yaratishga imkon beradigan MTT ish faoliyatining tizim elementlarini aniqlash; 2-bosqich: izlanish. Bosqichning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni maksimal darajada oshiradigan va o‘z faoliyatini davlat talablari va asosiy kompetensiyalarga samarali erishishga yo‘naltiradigan parsial va kompleks dasturlarni topish va tanlash; 3-bosqich: shakllantiruvchi. Bunda ishchi guruh o‘z faoliyatini Nizom asosida shakllantiradi 7, uning vazifasi tanlangan parsial va kompleks ta’lim dasturlari asosida ta’lim dasturini shakllantirish, shuningdek, o‘quv dasturi matnini tayyorlash va zarur hujjatlar to‘plamini to‘ldirish. Ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan muhokama qilish va Pedagogik kengash yig‘ilishida tasdiqlash bilan yakunlanadi. Keyin jamoa ta’lim dasturini amalga oshirishni boshlaydi. MTT o‘zining ta’lim dasturini shakllantirish uchun foydalaniladigan dasturlarini dolzarbliligi, innovatsion salohiyati, foydaliligi, ishonchliligi va istiqbolliligi, shuningdek, dasturlarning bir-biriga muvofiqligi mezonlari asosida tanlash tavsiya etiladi. Parsial va kompleks dasturlarning dolzarbligi ularning maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etishga qaratilganini anglatadi. Masalan, agar MTT maktabgacha yoshdagi bolalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish zarur deb hisoblasa, unda ushbu muammoni hal qiladigan dastur bu uchun mos bo‘ladi. Parsial va kompleks dasturlarning innovatsion salohiyati, ishonchliligi va istiqboli ushbu dasturning MTTga har jihatdan foydali ekanligini baholashga imkon beradi. Parsial va kompleks dasturlarning innovatsion salohiyati mezoni deganda, ta’lim dasturlarini amalga oshirishda MTT muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan yechim darajasi tushuniladi. Dasturlarni tanlashda ularning ishonch mezoni muhim ahamiyatga ega. “Ishonchlilik” deganda, dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijani olish ehtimoli tushuniladi. Masalan, agar dastur sinovdan o‘tkazilgan va uning samaradorligi o‘rganish natijasida namoyish qilingan bo‘lsa, dasturning ishonchliligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Dasturlarni tanlash ularning istiqbolini baholash nuqtai nazaridan ham tavsiya etiladi. “Istiqbolli” deganda, dasturning uzoq vaqt eskirmaslik xususiyati tushuniladi. Dasturga kiritilgan g‘oyalar va yondashuvlar dolzarbligi, ilmiy asoslanganligi va yangiligi saqlanib qolsa, uning davri shunchalik uzoq va yaqin kelajakda u eskirish ehtimolidan holi bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilg‘or ilmiy g‘oyalar va ta’lim amaliyoti asosida ishlab chiqilgan eng istiqbolli dasturlar maktabgacha ta’limning dolzarb muammolarini hal qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim dasturini ishlab chiqish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti bitta mualliflik dasturini yoki bir nechta parsial va kompleks dasturlarni, shuningdek, mualliflik ishlanmalarini tanlashi mumkin. “Dasturlar to‘plami” deganda, ularning oddiy ko‘pligi emas, balki metodik nuqtai nazardan bir-biriga zid bo‘lmagan, asosiy kompetensiyalarga va davlat talablariga erishish uchun bir-birini to‘ldiradigan dasturlar tushuniladi. Agar maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud parsial va kompleks dasturlardan birini tanlamaslikka qaror qilsa, u o‘zining ta’lim dasturini ishlab chiqishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturi muayyan harakatlar (bosqichma-bosqich faoliyat) bo‘yicha ishlab chiqiladi.
1-qadam – Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim dasturini ishlab chiqadigan ishchi guruh tuziladi (2-ilova maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh Nizomida ko‘ring). Ishchi guruh tarkibiga ma’muriyat va pedagoglar vakillari kiradi (5-7 kishi).
2-qadam – Ishchi guruh tarkibi (raisi, kotibi va a’zolari) maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
3-qadam – Ishchi guruh o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan, Pedagogik kengashda muhokama qilingan va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “MTT ishchi guruhi Nizomi” asosida olib boradi.
4-qadam – Ishchi guruh rahbar tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlaydi, unda aniq faoliyat ko‘rsatiladi, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi va javobgar shaxslar tayinlanadi.
5-qadam – zarurat tug‘ilganda, oyiga 1-2 marta ishchi guruhining tezkor yig‘ilishlari o‘tkazilib, qarorlar kotib tomonidan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va ishchi guruh raisi tomonidan imzolanadi.
6-qadam – maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturining loyihasi Pedagogik kengashda muhokama qilinadi, to‘ldiriladi va qabul qilinadi.
7-qadam – MTT ta’lim dasturining yakuniy varianti MTT rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va kuchga kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim dasturini ishlab chiqishda dastlabki bosqichda uch yil davomida tashkilot faoliyatini tahlil qilish muhimdir. Ushbu ish natijalariga ko‘ra, quyidagilar taqdim etilishi kerak:
● normativ-huquqiy sharoitlarini baholash (tashkilotning aktlari, ta’lim-tarbiya faoliyatini boshqarish);
● pedagoglar tarkibi to‘g‘risida ma’lumot (ma’mumoti, mutaxassisligi, malakasi, yosh darajasi, pedagogik tajribasi);
● dasturiy va metodik ta’minot tahlili (MTT qaysi (parsial yoki kompleks) ta’lim dasturlari asosida ishlashi, ularning muvofiqligi, birbirini to‘ldirishi, yetarliligi yoki yetishmasligi);
● MTT metodik ish darajasi (o‘quv-metodik ta’minot-ta’lim jarayoni, metodik ish shakllari (maslahatlar, seminarlar, guruhlar) ijodiy, muammoliva boshqalar), komissiyalar, klublar, maktablar va boshqalar);
● tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ijtimoiy pasport);
● ta’lim jarayonining diagnostikasi (bola rivojlanishi xaritalarini tahlil qilish);
● bola rivojlanishining besh yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatkichi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
● ijtimoiy va hissiy rivojlanish: nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; ● bilish (anglash) orqali rivojlantirish, ijodiy rivojlanish;
● qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar (to‘garaklar, bo‘limlar, studiyalar va boshqalar);
● tashkiliy va pedagogik sharoitlarning holati (moddiy-texnik baza, MTT faoliyatining ustuvor yo‘nalishini hisobga olgan holda binolarning mavjudligi va jihozlanishi;
● jamiyat / oilalar va mahalliy hamjamiyatning xususiyatlari. Tahlilda MTT ta’lim faoliyatining ustuvor yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratish lozim; ta’lim faoliyatining ijobiy tomonlarini, kamchiliklar va muammolarni aniqlash; ular o‘rtasida sababli munosabatni o‘rnatish. Muammoli-yo‘naltirilgan tahlil asosida, bola rivojlanishining besh yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining maqsad va vazifalari aniqlanadi. Ular MTT Nizomida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga mos keladigan amaldagi ta’lim dasturlarining talablariga muvofiq shakllantirilishi kerak. Maktabgacha ta’lim tizimining pedagoglari MTT ishchi ta’lim dasturlari hamda maktabgacha ta’lim sohasida foydalaniladigan boshqa turli hujjatlar bilan Maktabgacha ta’lim vazirligining www.mdo.uz rasmiy saytida va https://t.me/mdokanal telegramm kanalida tanishishlari mumkin.


XULOSA

“Ilk kadam” DO‘Dning 1-ilovasida “MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar”i qisqacha taqdim etilgan. Shu bilan birga, shuni yodda tutish kerakki, ta’lim dasturi – bu ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, mavzu va o‘quv rejalari, ularni amalga oshirish usullari, muayyan maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida natijalarni baholash mezonlari mantiqiy asosda taqdim etilgan hujjat hisoblanadi


Albatta, ta’lim dasturlarini tuzishda metodik ko‘rsatmalardan, boshqa ta’lim dasturlari va tashkilotlarining ijobiy tajribasidan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, asosiy ta’lim dasturlarida muayyan maktabgacha ta’lim tashkilotining xususiyatlari, shuningdek, hududning o‘ziga xos xususiyatlari va shartlarini aks ettirmaydigan juda ko‘p ma’lumotli elementlar bo‘lishi mumkin. Ta’lim dasturlari bitta hududning (mahalla, qishloq, tuman, shahar, viloyat) hududiy xususiyatlarini hisobga olishi mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, milliy urf-odat va marosimlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ega. “Ilk qadam” DO‘Dda taxminiy kun tartibi, taxminiy mashg‘ulotlar jadvali keltirilgan, unda 80 foiz nisbatda ushbu dasturning majburiy bajarilishi va 20 foizini har bir MTT tashkilot va hudud sharoitlariga moslashtirishi mumkin.
Hududiy tarkibiy qismning maqsadi – hududiy madaniy an’analar va xususiyatlarni ta’lim tizimi orqali himoya qilish va rivojlantirish; O‘zbekistonning yagona ta’lim tizimini saqlab qolish; hududning xususiyatlarini va faoliyat yo‘nalishini hisobga olish; maktabgacha yoshdagi bolalarni hudud haqidagi bilimlar tizimi bilan qurollash.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish