Nazorat uchun savollar 1.Menejer sifatlariga nimalar kiradi? 2.Menejer imijini qanday tushunasiz?
3.Tashkilotning muvaffaqiyatlari qay jihatdan menejerga bog‘liq? 4.Badiiy aspektlar nimalardan iborat?
Rahbar shaxsi deganda nimalarni tushunasiz?
Imijning boshqaruv faolitidagi о‘rni haqida nimalarni bilasiz? 7.Menejment nazariyasi nima?
8.Madaniyat va san’at sohasidagi islohotlarni sanab bering.
Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.A.Sharifxо‘jayev.,YO.Abdullayev. Menejment.,Toshkent.О‘qituvchi.,2001. 2.D.Qosimova.Menejment nazariyasi.,Toshkent.Tafakkur bо‘stoni,2011.
3.A.Mavrulov.Madaniyat va tafakkur о‘zgarishlari.Toshkent,,Adolat,200
ZAMONAVIY MENEJER SIFATLARI
REJA
1.Menejer va yetakchilik. 2.Rollar orqali boshqarish. 3.Karyera texnologiyalari.
Darsning maqsadi: talabalarga hozirgi vaqtda menejerning о‘ziga xos bо‘lgan sifatlari, ishga bо‘lgan munosabati, karyera va boshqa usullar asosida boshqarish masalalarini tushuntirish.
Rahbar (menejer) va yetakchi faoliyatlari qay jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
Rahbar jamoaning katta muammolaridan tortib, zarraday muvaffaqiyatiga javobgar, mas’ul inson. Yetakchi esa jamoada obrо‘-e’tiborga ega, muomalasi, ish tutumi bilan odamlarni orqasidan ergashtira oladigan ziyoli xodim. Yetakchi jamoa a’zolariga ta’sir о‘tkazish qobiliyatiga ega, jamoa a’zolarini birlashtirib, bir maslak sari yetaklay oladi. Yetakchi jamoa manfaati uchun uzoqni kо‘zlab ish tutadi va yuksak g‘oyalarni yaratadi. Rahbarlik va yetakchilik о‘rtasida farq bо‘lgani bilan, ular jamoa qiziqishlari va manfaati yо‘lida bir-biriga bog‘liq, biri ikkinchisini tо‘ldirib turadi. Ularni bir-biridan ajratish har doim ham samarali natijaga olib kelmaydi, sababi rahbar bilan yetakchi ishning natijadorligi uchun birdek qayg‘uradigan insonlar bо‘ladilar.
Yetakchi innovatsion yangiliklar yaratish, yangi g‘oyalarni ilgari surish asnosida jamoani ruhlantirish metodidan kо‘p foydalanadi.
Rahbarlar bir vaqtning о‘zida jamoada xodimlar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqarish xarakteriga ega muammolarga vaqt topa olmaydilar, shuning uchun ham tashkilotlarning norasmiy “rahbarlari” hisoblanmish yetakchilarga ehtiyoj sezishi haqida yuqorida aytdik. Boshqaruv jarayonida qator masalalar oson yechim topa oladigan, jamoa xodimlari bilan birdek, samimiy til topisha oladigan yetakchilar boshqaruv jarayoniga juda muhim, tez-tez, yonma-yon ishlatiladigan ''rahbar" va ''yetakchi" tushunchalarining teran mazmunlarida bir-
biriga ishonib mehnat qiladigan ishchan va fidoyi insonlar qiyofasi kо‘z oldimizda gavdalanadi.
Ish faoliyatida katta hurmatga ega bо‘lgan yetakchilar haqiqatdan ham jamoaning haqli ustunlariga aylanadilar, buning mana shunday sabablari bor:
Yetakchiningg‘oyalari doim qо‘llanadi, chunki jamoa uni qо‘llaydi;
Yetakchining yutug‘i- unga jamoaning ishonchi katta;
Yetakchining dо‘sti kо‘p, chunki u hammani tushunadi, qо‘llaydi;
Yetakchi nima?va nima uchun?deb sо‘rasa;
Yetakchioriginal g‘oyalarni yaratadi, sababi jamoadagi barcha iqtidorli xodimlar bilan tez til topisha oladi;
Yetakchining faoliyati – jamoaning fikrini tez ilg‘ashda;
Rahbarning vazifasi rejalashtirish, ishni tashkillashtirish va vazifalarni bо‘lib berishdan iborat.
Rahbar rejalarni amalga oshirish jarayonini boshqaradi;
Rahbarga bо‘ysunuvchi xodimlar bor;
Rahbarninge’tibori tizim va tashkillashtirishda bо‘ladi;
Rahbar boshqaruv jarayonini tashkil qiladi, nazorat qiladi.
Boshqaruvning zamonaviy tendensiyalari yetakchilik - boshqa kishilarga ta’sir kо‘rsatish deb ta’riflaydi.Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bо‘lsak, yetakchining rahbarlik ta’siri butun jamoani qо‘llashida, har bir xodimning muammosiga, dardiga о‘z muammosi, dardi deb qarashida kо‘rinadi.Xalqqa mehr bermay, mehr qozonishning iloji yо‘qligi mana shu yetakchi faoliyatida aks etadi.Boshqaruv fanidagi yana boshqa yondashuvlarga kо‘ra, yetakchilik - bu boshqaruvchilik maqomi, rahbar mansabi deya ta’rif beriladi.Tashkilot uchun jon kuydirish barobarida, boshqaruv vazifalarini bajarish orqali insonga yetakchilik maqomiga erishadi.Shu sababli ham yetakchi tayinlanmaydi, belgilanmaydi, u shakllanadi.
Yetakchi:
|
- xodimlarning xizmatlarini tо‘g‘ri baholashi;
|
- hamfikrlar komandasini shakllantira bilishi;
|
- ayrim vaziyatlarda tavakkal qilishi;
|
- qabul qilgan qarorlari uchun mas’uliyatni bо‘yniga olishi;
|
- qattiqqо‘l bо‘lishi;
|
- yuqori ma’lumotli bо‘lishi;
|
- о‘z g‘oyalari ortidan odamlarni ergashtira bilishi, ularni ruhlantira olishi;
|
- kuchli xarakterga ega bо‘lishi, boshlagan ishini oxiriga yetkazishi;
|
- о‘zgarishlarga tayyor bо‘lishi, о‘zining doimiy о‘sishi haqida qayg‘urishi;
|
- strategik fikrlay olishi;
|
- har bir qadamini puxta о‘ylab bosishi;
|
- vaziyatga kо‘ra tezkor choralar kо‘rishi;
|
- yuqori kasb malakasiga ega bо‘lishi;
|
- qat’iyat sohibi bо‘lishi;
|
- о‘z jamoasiga ishonishi, xodimlarining qobiliyatlari va sifatlarini о‘rganishi, ularning shaxsiy hayotidan xabardor bо‘lishi;
|
- kuchli iroda egasi bо‘lishi;
|
- yaxshi nomga ega bо‘lishi;
|
- professionalizm hisobiga, xodimlaridan bir bosh baland bо‘lish hisobiga xodimlari bilan о‘zi orasida masofa saqlashi lozim.
|
Rahbarlar tayinlanishini, yetakchilar saylanishini nazarga oladigan bо‘lsak, albatta bu toifa liderlarning vazifalari ham anchagina qiyin ekaniga ishonch hosil qilamiz.Zero, yetakchilar jamoani yaxlit bir guruh shaklida birlashtiradilar, о‘z vaqtida, о‘z joyida maqbul siyosiy qarorlarni qabul qilishdan qо‘rqmaydilar, dо‘stona va beg‘araz tarzda nazoratni amalga oshiradilar,tashkilot tegrasida maqsadlar mushtarakligini ta’minlashga harakat qiladilar.
Yetkachining asosiy faoliyati xodimlar nizolari, xodimlar muvaffaqiyatlari, xodimlar noroziligi, xodimlarni rag‘batlantirish, xodimlarni jazolash (albatta bunga yetarli sabab bо‘lsa), xodimlarga motivatsiya berish va shu asnoda tinimsiz harakatlanishdan iborat bо‘ladi.Shunday voqealar ham bо‘ladiki, xodimlarning qator nomaqbul qarorlarini yetakchi bir sо‘z va bir ishora bilan yo yuzaga chiqaradi, yoki yо‘qqa chiqaradi.Rahbarning qо‘llab-quvvatlashi yetakchining xizmati va hurmati oshishiga katta ta’sir kо‘rsatadi.
Tashkilot rahbarlari, menejerlar tashkilotlarda rasmiy munosabatlarda faoliyat kо‘rsatsalar, yetakchilar norasmiy munosabatlarni egallaydilar. Ularning ish tutumlari asosan tashkilot muvaffaqiyatiga asos bо‘ladigan masalalarda xodimlarni yetaklash va natijaviy samaralarga ishontirishdan iborat bо‘ladi.Yetakchilik betartib jarayonlarga barham berish, tashkilotning tasdiqlangan nizomi asosida umumiy rahbarlikka kо‘makdoshlik,aniq maqsad yо‘lida sobitqadamlik, xodimlarning maqsadlari, kayfiyatlari, mehnatga munosabatlari,qiziqishlari, umumkasbiy imkoniyatlariga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.Zero, yetakchilikning jazolash yoki rag‘batlantirish imkoni yо‘q, chunki bunday imkoniyat faqat rasmiy rahbarlarda bо‘ladi, lekin tashkilotda о‘z о‘rniga ega bо‘lgan yetakchilarda xodimlarni qо‘llab-quvvatlash va ruhlantirish imkoni hamma vaqt bо‘ladi.
Rasmiy hujjatlar yuritmaydigan, ma’lum huquqiy – meyoriy hujjatlarga javob bermaydigan yetakchilar nisbatan torroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bо‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham rasmiy rahbarga nisbatan kamroqdir.
Yetakchi hech qachon yolg‘iz bо‘lmaydi, u doimo tashkilot xodimlari orasida bо‘ladi, u xodimlarni u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki yetakchi xodimlarning tashkilotdagi о‘rni, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskori sanaladi.Oddiygina misol. Tashkilot xodimlari о‘z saflarida eng tashabbuskor,о‘zgalarga yordam berishga tayyor,о‘tkir zakovatli, gapini hammaga о‘tkaza oladigan intellektual liderlari, eng hazilkash kо‘ngil sо‘rovchilari,
о‘zgalarni tushuna oladigan — emotsional yetakchilari borligini, xodimlarni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qatiyatli о‘rtoqlari borligini bilishadi va kо‘p hollarda unga suyanishadi.
Mehnatidan, mehru munosabatidan obrо‘ topgan har bir yetakchi tashkilotning faxri bо‘ladi. Mana shu sabab yetakchi boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir kо‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Odamlar kо‘ngliga yо‘l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga о‘xshashlar obrо‘ orttirish yetakchilarning umr mazmunini boyitadi. Boshqaruv jarayonida tadbirkor va ishbilarmon rahbarlar norasmiy yetakchilarga eng nozik va qiyin vaziyatlarda ham suyanadilar.
Zotan, muammoga yechim topishda ularning hamkorlikdagi harakatlari vaziyatdan tez va oson chiqib ketishga sabab bо‘ladi.
Zamonaviy rahbarlar ish faoliyatida har kuni kо‘ndalang turadigan muammolar kо‘p bо‘ladi, bu vaqtda rahbar mana shu savollarga qanday yechim topishi mumkin?
-Doimiy muammolarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
-Muammoning yechimini qay tarzda topish о‘rinli?
-Mana shu muammoning qaytarilmasligi uchun nimalar qilishim kerak? nima qilish kerak?
-Muammoning yechilishi mendan qanday ish tutishimni talab qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |