Mezon, unumdorlik, unumdorlik mezoni boshqaruvi,boshqaruv samaradorligi, mehnat unumdorligi, rejalashtirish, prognozlash. Inson omili, unumdorlikni oshirishda boshqaruv, unumdorlikka ta’sir etuvchi omillar, texnologiya.
Nazorat uchun savollar
1.Boshqaruv jarayoni deganda nimani tushunasiz? 2.Rejalashtirish va prognozlash nima?
3.Inson kapitali va mehnat unumdorligining о‘zaro aloqasi qanday? 4.Mehnat samaradorligi nimalarga bog‘liq?
5.Mehnat unumdorligini oshirishda inson kapitali qanday rol о‘ynaydi? 6.Boshqaruvda rag‘atlantirish nimani anglatadi?
7.Prezident tashabbuslarining birinchi yо‘nalishi haqida nimalarni bilasiz? 8.Boshqaruvda yuqori samaradorlikka erishishda rag‘bat va jazoning о‘rni
qanday?
Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.M.Mahkamova., S.Yо‘ldosheva., SH.Xolmatova., O.Shmigun. Menejment: Sharq, 2007. 2.A.Haydarov.Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish, Toshkent,G‘.G‘ulom,2018. 3.G.Tulchinskiy., YE.Shekova.,Menedjment v sfere kulturi.Spb, 2007.
II BOB. MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA MENEJMENT
TIZIMI
MENEJER TUSHUNCHASI, SHAXSIY VA ISHGA DOIR SIFATLARI VA VAZIFALARI
REJA
Menejerning uslubi va imiji.
Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish.
Rahbar shaxsi.
Darsning maqsadi: talabalarga madaniyat va san’at sohalarida menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlar, menejer faoliyati,rahbar shaxsi xususida mufassal ma’lumotlar berish.
Boshqaruvda о‘ziga xos yо‘l bilan ishlash degani uslubdir.
Uslubning boshqaruv uslubi, ish uslubi, rahbarning ish uslubi nomi bilan yuritilayotgan qismlari mavjud.Madaniyat va san’at muassasalarining menejeri о‘z uslubi haqida xorijiy va mahalliy olimlar kо‘p marta о‘z fikrlarini ilgari surganlar. Boshqaruvchining boshqaruv jarayonida qо‘llagan о‘ziga xos va о‘zgarmas usullari ,harakatlari majmuasi boshqaruv uslubini bildiradi.
Har bir rahbarning о‘z ish uslubini mavjudligi amaldagi faoliyatida yaqqol kо‘rinadi.Boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida boshqaruvchining xodimlariga aniq, barqaror ta’sir kо‘rsatish usuli va yо‘llaridir uning ish uslubini kо‘rsatadi.Boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda о‘ziga xos yondashuv rahbarning о‘ziga xos ish uslubi kо‘rinishidir. Rahbar faqat о‘ziga xos fazilatlar asosida, faqat о‘ziga mansub uslubda ish yuritishi, xodimlarni boshqarish, jamoaning natijaviy maqsadini oldindan kо‘ra bilish, ishning mohiyatini chuqur anglagan holda fikr yuritish, madaniyat va san’at sohasi
mutaxassislari faoliyatini mohirona birlashtirishi va yо‘naltirishi lozim.Rahbar
doimo xotirjam va о‘ziga ishongan, tashabbuskorlik kо‘rsatishi, tavakkalchi bо‘lishi kerak. Javobgarlik oldida qо‘rqish- kuchsizlik belgisi. Javobgarlikdan qо‘rqqan kishi haqiqiy rahbar bо‘la olmaydi. Rahbar о‘z xodimlarini yaxshi bilishi, ularning qobiliyati, bilimi, malakasi, egallagan lavozimiga mosligini va aksincha ularning bilim, qobiliyat va axloqiy sifatlaridan foydalanish yetarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqaruv san’atiga ega bо‘lmagan rahbar samarali va о‘z vaqtida qaror qabul qila olmaydi. Inson rahbar bо‘lib tug‘ilmaydi, ish jarayonida shakllanadi.
Shuningdek:
Do'stlaringiz bilan baham: |