О‘zbekiston respublikasi madaniyat


Qaror qabul qilish bosqichlari



Download 0,85 Mb.
bet24/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Qaror qabul qilish bosqichlari.


Zamonaviy fan- texnikaboshqaruvda qaror qabul qilish nazariyasi bо‘yicha qaror qabul qilishning zaruratini muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishini tasdiqlaydi Qaror qabul qilish ma’lum bir muammoli vaziyatni hal etish jarayoni ekani, mazkur jarayonda muammoning yechimini topish uchun qaror qabul qilish bilan masalaga yakun yasalishi boshqaruvda juda kо‘p uchraydi.
Qaror qabul qilish nazariyasi tashkilot xodimlarining muammolarni yechish yо‘lidagi qonuniyatlarini, shuningdek istalgan natijaga erishish yо‘llarini о‘rganish bilan shug‘ullanadi. Qaror qabul qilish quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:

  1. Qaror qabul qilish.

  2. Qarorni bajarish uchun yо‘llash.

  3. Ijro sharoitini yaratish.

  4. Nazoratni amalga oshirish.

Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga tо‘g‘ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og‘ish sodir bо‘ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug‘iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bо‘lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish jarayonini vaziyatli tahlil, zarur ma’lumotlarni tо‘plash, mumkin bо‘lgan qarorlarni shakllantirish, qarorlarni baholash mezonlarini izlab topish,qarorlarni tо‘g‘ri va maqsadli baholash,eng maqbul qarorlarni amaliyotga tadbiq etish, qarorning natijasini baholash, ijro va nazoratini monitoring qilib borish bosqichlari tashkil etadi. Bu borada rus olimlarining izlanishlariga murojaat etsak, taniqli olimlardan V. V. Drujinin va D. S. Kontorovlar jarayonlarda maqbul qaror qabul qilish vaziyatlarining uchta о‘ziga xos tipini taklif etadilar:

  • muntazam va aniq axborotga asoslangan informatsion qaror;

-ma’lum muammo va vaziyatning hal qilinishiga mustahkam asos deb belgilanadigan operativ (tezkor qaror);

  • tashkilot rahbarining, xodimlarning, mehnat faoliyatining asosiy bahosini beradigan tashkiliy qarorlar.

Albatta olimlar bu qarashlarini yana bir muncha asoslar izohlaydilar.
-Axborotning muntazam va aniqligiga asoslangan informatsion qaror vaziyatni tashxis qilishdan iborat.
-Operativ qaror muammo yechimi usullarini ishlab chiqishda nima qilish kerakligini о‘rgatadi.
-Tashkiliy qaror esa qarorning ijrosi tizimini kо‘rsatib beradi.
Yana bir rus olimi T.Tomashevskiy qaror qabul qilish vaziyatlarining tо‘rtta tipini taklif etadi:

  1. Tanlov vaziyati – har qanday vaziyatlarda ham inson ma’lumotlarni tanlaydi, tasniflaydi va ma’lum reaksiyalar kо‘rsatadi. Tanlov imkoniyati qarorning mazmuniga qarab belgilanishi tayin.

  2. Murakkab vaziyat – bittadan kо‘p bо‘lgan ma’lumot manbalaridan ma’lumot olish vaziyati. Bu holatda ma’lumotlarning haqqoniyligi asosiy vazifani о‘taydi.

  3. Afzallik vaziyati – ikkitadan kо‘p bо‘lgan har xil ahamiyatga ega bо‘lgan tanlovlardan birini tanlash. Qarorning afzalligi uni qanday qabul qilishda va bajarilishining aniq yoki noaniqligida deb ta’rif beradi olim.

  4. Ehtimoliy vaziyatlar – yetarli bо‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash jarayonidagi tanlov. Tavakkalchilikka asoslangan vaziyatlarda qabul qilingan qarorlarning ijrosi mavhum bо‘lib qolmasligi olimning fikrida namoyon bо‘lib turibdi.

Rus olimlarining yana bir vakili Y. Kozeletskiy qaror qabul qilish vaziyatlarining ikkita tipini taklif etadi:

  1. Yashirin vaziyat – obyektning holati haqida kо‘plab ma’lumotlarning mavjudligi va odamning ulardan qaysi biri haqiqiy ekanligini bilmasligi holati, bu ya’ni bu qarorlar harbiy, tibbiyot sohalarida qabul qilinishi mumkin,oshkoralik ta’minlanmagan vaziyatlardagi qarorlar kо‘proq birinchi rahbarning ehtiyotkorligiga bog‘liq bо‘ladi.

  2. Ochiq vaziyat – noaniqligi bilan xarakterlanadi. Bunda obyektning holati haqida kо‘plab ma’lumotlarning mavjudligi kuzatiladi. Hammaning kо‘z oldidagi jarayonlar aks etgan bunday qarorlar kо‘pchilikning maslahati va tavsiyalari orqali qabul qilinishi mumkin.

Qabul qilingan qarorlarning nazorati ham xarakterli. Nazoratning bosh vazifasi qarorlarni ishlab chiqishning berilgan dasturlardan mumkin bо‘lgan chetlashishni о‘z vaqtida sezish va uni bartaraf etish uchun choralar belgilashdir.shu о‘rinda ta’kidlamoq kerakki, faqat nazoratgina qabul qilingan qarorning kuchini yaqqol ifodalay oladi.
Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud:

Agar eng kuchli qaror ham о‘z ijrochilariga о‘z vaqtida yetib bormas ekan, uning zaruriyati , amalga oshish imkoniyatlari yо‘lda chala qolib ketadi.Bu borada nazoratni tо‘g‘ri tashkil qilish, mas’uliyatli xodimlar ishtirokini qanday tо‘g‘ri ta’minlay olishni rahbarning tadbirkorligi va ishbilarmonligi hal qiladi.


Boshqarishda bir emas, о‘n emas, yuzlab, minglab insonlarning maqsadlari, faoliyatlari, orzu istaklarini о‘zida birlashtiradi, chunki bu о‘ziga xos ijodiy jarayon - aniq maqsad sari butun bir jamoani harakatga qо‘zg‘ashdir. Bu jarayon imkoniyatlarni topish va maqsad qо‘yishga asoslanib, juda kо‘p axborot ishlanmalari, loyihalar, dasturiy rejalarni qamrab oladi. О‘z navbatida qancha asab, vaqt, mablag‘ sarflanadi va pirovard natijada qaysidir natijaga, samaraga erishiladi ham. Bu murakkab jarayonlarda har qanday katta va kichik xatolar rahbar uchun ham, tashkilot kelajagi uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Shu о‘rinda tо‘g‘ri rejalashtirish, tо‘g‘ri tashkil qilish, tо‘g‘ri nazorat qilish, tо‘g‘ri xulosa chiqarish qabul qilingan qarorning afzalligini yaqqol ifoda etadi.
Nazorat -boshqarish masalalarining eng muhimlaridan biridir. Bunda yuqori turadigan faqat bitta masala bо‘lib, u maqsadni aniqlash va muvofiqlashtirishdir. Agar maqsad bо‘ysunuvchilarga yetib bormasa, unda hech narsani nazorat qilib bо‘lmaydi.
Ishlab chiqilgan, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining nazoratidan maqsad qaysi bir xodimni “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, ayrim hollarda nazorat jarayonida paydo bо‘layotgan mantiqiy xatolarni о‘z vaqtida anglab yetish, tо‘g‘ri xulosalar chiqarishdan iborat.
Agar rahbar qabul qilgan qarorlarining nazoratini о‘z holiga tashlab qо‘yar ekan, u holda keyingi qarorlari mas’uliyatli xodimlarga yetguncha yо‘lda qolib, о‘z vaqtida bajarilmay, о‘lda-jо‘lda qolib ketishi turgan gap.Shu sababli ham qabul qilingan qarorlar nazoratini eng oxirgi holatlarga taqab olib borilmaydi.. Agar startdan finishgacha masofa qancha uzoq bо‘lsa, oraliq yoki joriy nazorat shunchalik muhim ekanligi rahbar uchun oltin qoida bо‘lishi kerak.
Boshqaruvchining nazdida qabul qilingan har bir qaror uning о‘z-о‘zi uchun shunday savolni qо‘yishi kerak:

  • Shu qarorimdan nimani foyda qildim?

  • Belgilangan rejadan og‘ib ketmadimmi?

  • Kelasi safar boshqachasiga qanday qaror qabul qilish kerak?

  • Qabul qilgan qarorlarimdan yangi maqsadlar ishlab chiqish uchun qanday xulosalar qilishim lozim ?

Tashkilotda hujjat bilan ishlash, xodimlarga bо‘lgan munosabat, iqtidorli xodimlarni rag‘batlantirish, ish davomida loqaydlik kо‘rsatgan xodimlarni jazolash, nizolar, kelishmovchiliklarni bartaraf etish borasida kо‘plab qarorlar qabul qilinadi. Bu qarorlar – rahbarning yuzi. Agar ular umum manfaatiga xizmat qilsa, soha rivojiga kо‘mak bersa, yangi, innovatsion g‘oyalarga asos bо‘lsa, demak о‘sha tashkilotning obrо‘si, tashkilot rahbarining yutug‘idir. Aksincha bо‘ladigan bо‘lsa, tashkilot tanazzulining boshlanishi bо‘ladi. Shuning uchun ham masalaga qat’iyat va mas’uliyat bilan yondashmoq lozimdir.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish