Boshqaruvning ilmiy-ijodiy jarayoni, tahliliy faoliyat, rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, rag‘batlantirish, boshqaruv funksiyalari.
Nazorat savollari
Boshqaruvning ilmiy-ijodiy jarayoni deganda nimani tushunasiz? 2.Boshqaruvning ilmiy-ijodiy jarayoni borasidagi fikrlaringiz.
Rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya tushunchalari nimani anglatadi?
Ijod nima?
Ilmiy-ijodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? 6.Boshqaruvda rejalashtirish nimani anglatadi?
7.Rahbar ma’naviyati nimalarda kо‘rinadi? 8.Nazorat omillari nimalardan iborat?
1.S.Tо‘ychiyeva.Shaxs ijtimoiy faolligi va ma’naviy madaniyat.Toshkent.Milliy ensiklopediya ilmiy nashriyoti.2016.
Alimasov va boshqalar.Madaniyatshunoslik.Toshkent.CHо‘lpon.2006. 3.M.Bekmurodov.Tashkilot madaniyati va rahbar ma’naviyati.Toshkent, 2001.
RAHBARNING О‘ZINI О‘ZI BOSHQARISHI
REJA
Rahbarga qо‘yiladigan talablar.
Rahbar madaniyati. 3.Rahbar farosati.
Darsning maqsadi - tashkilotda rahbarning о‘rni, boshqarish san’ati, har xil muammoli vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyati, muloqotida asosiy jihatlar,jamoaga rahbarlik qilish masalalarida tushuntirish berish.
О‘z sohasi bо‘yicha yuksak natijalarga ega bо‘lgan, samimiy munosabati va halol mehnati bilan elga tanilgan, boshqalardan intellektual va tashkilotchilik jihatlari bilan ustun bо‘lgan, ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir etuvchi, xalqning ichida alohida obrо‘-e’tiborga sazovor bо‘lgan kishilar rahbarlikka munosibdirlar. Rahbarlik sо‘zi forschadan “yо‘lboshchilik” ma’nosini bildiradi, rahbarlik tashkilot rasman mavjud joyda qaror topadi,liderlik esa psixologik munosabatlar jarayonida vujudga keladi. Rahbarning faoliyati huquqiy meyorlar bilan
ta’minlanadi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan maqsad yо‘lida birlashuvi yoki birlashtirilishi guruhni tashkil etadi. Doimiy va izchil faoliyat, tashkilotning maqsadi yо‘lida qilingan amaliy ishlar,jahon tajribalari asosida sohaga oid yangiliklarni joriy etish maqsadidagi ertangi kun rejalarining aniqligi rahbar faoliyatining asosinini bildiradi.
Rahbarlar ya’ni yо‘lboshchilarning faoliyati asosiy mazmunini quyidagilardan iborat:
Birinchidan, inson intellektining natijasi о‘laroq asrlar davomida sayqallanib, bizgacha yetib kelgan, madaniy an’analarga singdirilgan , ya’ni tabiiylashtirilgan, ya’ni yozilmagan qonun-qoidalar:
Ikkinchidan, yuqori tashkilotlar tomonidan tayinlangan mas’ul shaxslar yordamida boshqaruv;
Uchinchidan, farmonlar, qonunlar,farmoyishlar, qо‘llanmalar, qoidalar kabi yozma hujjatlar yordamida boshqaruv.
Rahbar о‘z faoliyati davomida madaniyat va san’at sohasidagi amaliy jarayonlarni,tarixiy, yozma manbalarni chuqur о‘rganishi,soha vazifalari, yо‘nalishlari, asoslarini, qiyosiy tahlillarni yaxshi bilishi kerak.
Rahbardagi yuksak aql-zakovat, keng dunyoqarash, zamonaviy ma’lumotlardan xabardor bо‘lish, madaniyat va san’at sohasidagi barcha yutuqlarni amaliyotga joriy etish, yangi ovozlar, yangi istedodlarni izlab topish u olib borayotgan faoliyatga asos bо‘lib xizmat qiladi.
“Rahbarlik qilish” sо‘ziga izohli lug‘atlarda“boshqarish” , “maslahat berish”, “kuzatish”, “yо‘naltirish”, “kо‘rsatma berish” degan turli ma’lumotlar berilgan. Bunda kо‘rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bо‘lgan talablar juda kо‘pdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |