O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


-modda. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi



Download 1,43 Mb.
bet45/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

25-modda. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi
Xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq hamda xalqaro shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligi bildirilganidan so‘ng kuchga kiradi.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qo‘shimcha shartlar
Xalqaro shartnomalarni imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki ularga qo‘shilish chog‘ida shartnoma shartlariga va xalqaro huquq normalariga rioya etilgan holda qo‘shimcha shartlar qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qo‘shimcha shartlar qanday tartibda qo‘yilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga boshqa ahdlashuvchi tomon qo‘ygan qo‘shimcha shartni qabul qilish yoki unga qarshi e’tiroz bildirish xalqaro shartnomaning o‘zidagi shartlarga va xalqaro huquq normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligi to‘g‘risida qaror qabul qiladigan organ (mansabdor shaxs) tomonidan amalga oshiriladi.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining shartlariga hamda xalqaro huquqqa muvofiq ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Ushbu Qonunning xalqaro shartnomalar tuzishga oid qismidagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga nisbatan ham qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomalarning o‘zida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda yoki ularning ishtirokchilari o‘rtasida kelishib olingan boshqa tarzda kuchga kiradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kuchga kirishi uchun ushbu shartnomalar shartlariga yoki xalqaro huquqqa muvofiq O‘zbekiston Respublikasining mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligi bildirilishi zarur bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining bunday roziligi ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan usullarda ifodalanishi mumkin.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish