O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Download 1,43 Mb.
bet41/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 22 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma’qullangan 06.02.2019 y.
1-BOB. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda xalqaro shartnomalarning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, tugatiladi va ularning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ahdlashuvchi tomon - xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qat’i nazar, ushbu xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ekt (boshqa sub’ektlar);
vakolatlar - bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lish huquqi bo‘lib, bu huquq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:
muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;
xalqaro shartnomani imzolash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;
xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;
davlat organi - O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan O‘zbekiston Respublikasi vazirligi, davlat qo‘mitasi, shuningdek boshqa organi;
denonsatsiya - O‘zbekiston Respublikasining o‘zi tuzgan xalqaro shartnomani tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda rad etishi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish usullaridan biri;
depozitariy - xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi o‘ziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish