O‘zbekiston respublikasi bilan xitoy xalq respublikasi o‘rtasida



Download 29,71 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi29,71 Kb.
#545957
Bog'liq
25.05.2005




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XITOY XALQ RESPUBLIKASI O‘RTASIDA
Shartnoma
Do‘stlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari to‘g‘risida
2005-yil 25-may, Pekin
LexUZ sharhi
Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 9-sentabrdagi O‘RQ–3-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan
2006-yil 26-noyabrdan kuchga kirgan
LexUZ sharhi
Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida 2013-yil 9-sentabrdagi “Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnomaga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
O‘zbekiston bilan Xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikning tarixiy an’analariga tayanib hamda o‘z xalqlari o‘rtasida do‘stlikni avloddan avlodga yetkazishga astoydil qaror qilib,
ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda do‘stlik va hamkorlikning uzoq muddatli hamda barqaror sherikchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilish ular xalqlarining tub manfaatlariga javob berishiga va Osiyoda hamda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga ko‘maklashishga asoslanib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi va ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini tasdiqlab,
ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi sifatli darajaga ko‘tarishga intilib,
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
1- modda
Ahdlashuvchi Tomonlar uzoq muddatli asosda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsip va normalari, suverenitet hamda hududiy yaxlitlikni o‘zaro hurmat qilish, o‘zaro bosqinchilik qilmaslik, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va o‘zaro manfaat, tinch hayot kechirish prinsiplariga muvofiq do‘stlik hamda hamkorlikning sherikchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantiradilar.
2- modda
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro munosabatlarda kuchni yoki tahdidni kuch bilan ishlatmaslik, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni BMT Nizomi qoidalari, xalqaro huquqning boshqa umum e’tirof etilgan prinsip va normalariga muvofiq faqatgina tinchlik vositalari bilan hal qilish majburiyatini qabul qiladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar ulardan har birining o‘z ichki shart-sharoitlariga muvofiq tanlangan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish yo‘lini o‘zaro hurmat qilgan holda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning doimiy asosda yangi mazmunlar bilan to‘ldirib. uzoq muddatli hamda barqaror rivojlanishini ta’minlaydilar, ikki davlat o‘rtasida erishilgan ahdlashuvlarni bajaradilar.
3- modda
Ahdlashuvchi Tomonlar hech qanday ittifoq yoki bloklarda ishtirok etmaydilar, hech qanday harakatlarni qo‘llamaydilar, shu jumladan uchinchi davlatlar bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar keltiruvchi shartnomalarni tuzmaydilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar yetkazish hisobiga uchinchi davlatlar tomonidan o‘zlarining hududlaridan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaydilar.
Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri o‘z hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar keltiruvchi tashkilot hamda guruhlarning tuzilishi yoki faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘ymaydi.
4-modda.
O‘zbek Tomoni Xitoy Xalq Respublikasining davlat birligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir masalalarda Xitoy Tomonining siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbek Tomoni dunyoda faqat bitta Xitoy mavjud ekanligini e’tirof etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatini butun Xitoyni anglatuvchi Xitoyning yagona qonuniy hukumatidir, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismidir.
O‘zbek Tomoni Tayvan bilan har qanday shaklda bo‘lmasin, rasmiy munosabatlar o‘rnatmaydi, “ikki Xitoy”, “bir Xitoy va bir Tayvan” tuzilishiga bo‘lgan har qanday urinishga hamda “Tayvan mustaqilligiga” qarshi chiqadi.
Xitoy Tomoni O‘zbekiston Respublikasining davlat birligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir masalalarda O‘zbek Tomonining siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.
5-modda.
Jahonda yoki mintaqada Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tinchlik manfaatlari yoki xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan mushkul yoki keskin o‘zgarish vaziyati yuzaga kelsa, Ahdlashuvchi Tomonlar tahdidni bartaraf qilish choralarini .kelishib olish va ishlab chiqish maqsadida bir-birlari bilan kechiktirmasdan maslahatlashuvlar o‘tkazadilar.
6-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikni, barqarorlikni va xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida birgalikdagi harakat qilishini
Ahdlashuvchi Tomonlar Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida Bitim qoidalariga muvofiq ikki mamlakatning tegishli organlari o‘rtasida birgalikdagi harakatni hamda hamkorlikni mustahkamlaydilar, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida terrorizmning barcha ko‘rinishlariga, jumladan “Sharqiy Turkiston”, “O‘zbekiston islom harakati” va “Xizb ut-tahrir” terroristik kuchlariga qarshi birgalikda kurash bo‘yicha amaliy choralarni qo‘llashni davom ettiradilar.
7-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiradilar. Ushbu hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmaydi
Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchilik va sud hokimiyatlari organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ikkala davlatning boshqa organlari o‘rtasida aloqalarning rivojlanishiga katta ahamiyat qaratadilar, shuningdek tegishli sohalarda yaqin hamkorlikni amalga oshiradilar.
8-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar turli darajalarda, jumladan oliy va yuqori darajalarda ikki tomonlama munosabatlar masalalari, o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi muhim hamda dolzarb xalqaro muammolar bo‘yicha muntazam uchrashuvlar mexanizmidan foydalanib va uni takomillashtirib, muntazam fikr almashinuvini olib borgan va pozitsiyalarni kelishilgan holda, hamkorlikning teng huquqli ishonchli sherikchilik munosabatlarini mustahkamlaydilar.
9-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga qat’iy rioya qilish, kuch bilan ta’sir etishning har qanday harakatlariga yoki har qanday bahona bilan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qarshi chiqib, xalqaro tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot hamda hamkorlikni ta’minlash uchun faol sa’y-harakatlarni qaratish niyatidadirlar.
10-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining milliy qonun hujjatlari va ular ishtirok etgan xalqaro shartnomalariga muvofiq, tenglik va o‘zaro manfaat asosida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, yoqilg‘i- energetika, tog‘-kon, ishlab chiqarish, infratuzilmaviy qurilish, moliya, qishloq xo‘jaligi, axborot-texnikaviy va qiziqish uyg‘otuvchi boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantiradilar hamda faollashtiradilar, ikki mamlakatning mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorligini rag‘batlantiradilar va buning uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar.
11-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar transport va kommunikatsiya hamkorligining rivojlanishiga ustuvor ahamiyat beradilar hamda ular ishtirok etgan tegishli shartnomalarga ko‘ra o‘z davlatlari hududlarida yo‘lovchi va yuklarning barcha turlarini avtomobil, temir yo‘l, havo, truboprovod va boshqa transport turlarida erkin tranzit o‘tkazish hamda tashishlari uchun qulay shart-sharoitlarni o‘zaro taqdim etadilar, shuningdek tegishli tuzilmalar o‘rtasida qayd etilgan sohalarda faol hamkorlikni rag‘batlantiradilar.
12-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar transport va kommunikatsiya hamkorligining rivojlanishiga ustuvor ahamiyat beradilar hamda ular ishtirok etgan tegishli shartnomalarga ko‘ra o‘z davlatlari hududlarida yo‘lovchi va yuklarning barcha turlarini avtomobil, temir yo‘l, havo, truboprovod va boshqa transport turlarida erkin tranzit o‘tkazish hamda tashishlari uchun qulay shart-sharoitlarni o‘zaro taqdim etadilar, shuningdek tegishli tuzilmalar o‘rtasida qayd etilgan sohalarda faol hamkorlikni rag‘batlantiradilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining xalqaro majburiyatlari, shuningdek ularning har birida amaldagi qonun va qoidalarga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomonning yuridik va jismoniy shaxslarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonuniy huquq va manfaatlarini kafolatlovchi samarali choralarni qo‘llaydilar, shuningdek bir-birlariga fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha shu maqsadlarda tuzilgan ikki tomonlama bitimlarga muvofiq zarur huquqiy yordam beradilar.
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tegishli qonunlar asosida bir Ahdlashuvchi Tomon yuridik yoki jismoniy shaxslarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hamkorlik va xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammo hamda nizolarini ko‘rib chiqadilar va hal qiladilar.
13-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining xalqaro majburiyatlari va har birlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini amalga oshirishga ko‘maklashish ishida hamkorlik qiladilar, shuningdek o‘z xalqlarining eng yuqori darajada farovonlikka erishishga qaratilgan bir-birlarining sa’y-harakatlarini hurmat qiladilar.
14-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, turizm, sport sohasida almashuv va hamkorlikning rivojlanishi, shuningdek tegishli organlar o‘rtasida aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga har tomonlama ko‘maklashadilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida hamjihatlik va do‘stlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida do‘stona hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radilar.
15-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni rag‘batlantirishga tayyordirlar.
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘ta xavfli zaharli va zararli moddalar, o‘simliksimon karantinli zararli organizmlar hamda hayvonlarning og‘ir yuqumli kasalliklarining tarqalishini bartaraf etish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga tayyordirlar. Ahdlashuvchi Tomonlarning fitosanitar nazorat va karantin sohasidagi vakolatli organlari o‘zaro ilmiy, texnik va maslahatli yordam ko‘rsatadilar.
16-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotida, uning Xavfsizlik Kengashida va BMTning ixtisoslashgan muassasalarida, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkilotida, ular ishtirok etgan boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlikni mustahkamlaydilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro moliyaviy muassasalar, iqtisodiy tashkilotlar va forumlarning nizom hujjatlari qoidalariga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon ularga a’zo (ishtirokchi) bo‘lsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ularning biriga kirishga bo‘lgan intilishida ko‘maklashadi.
17-modda.
Ushbu Shartnomaning qoidalarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizo va kelishmovchiliklarni Ahdlashuvchi Tom onlar do‘stona muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
18-modda.
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi va hech qaysi bir uchinchi tomonga qarshi qaratilmagan.
19-modda.
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish maqsadida o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi muayyan sohalarda ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar yoki boshqa hujjatlarni tuzishga faol ko‘maklashadilar
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaga tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan to‘ldirish va o‘zgartishlar kiritishlari mumkin.
To‘ldirish va o‘zgartishlarni ikkala Ahdlashuvchi Tomon ratifikatsiya qilishi lozim, ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi
20-modda.
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Shartnoma yigirma yil davomida amal qiladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan birontasi Shartnomaning tegishli amal qilish muddati tugashidan kamida bir yil ilgari uning amal qilishini to‘xtatish niyati to‘g‘risida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, ushbu Shartnomaning amal qilishi o‘z-o‘zidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Pekin shahrida 2005-yil 25-mayda ikki nusxada, har biri o‘zbek, xitoy va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)

Download 29,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish