O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet129/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

35-mavzu. Sportda doping.


Sportda ta`qiqlangan farmakologik vositalar va boshqa substansiyalar. Hozirgi zamonda sport muvaffaqiyatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyati muntazam oshib bormoqda, bu o’z o’rnida g’olib va sovrindor sportchini mashhur qilish bilan birga uning mamlakati obro’sini oshiradi. Ammo, Olimpiada o’yinlari, Jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro turnirlarda sport natijalari va raqobatning oshib borishi albatta sportchi organizmi yuqori hajm va shiddatli trenirovka va musobaqa yuklamalarini yengishiga olib keladi. Keltirilgan barcha omillar sportda va sportga bog’liq sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar va sportchilarni nafaqat sport saralashi va iqtidorlarni tayyorlash, sport turi texnikasi va taktikasini mukammal egallash, moddiy-texnik bazani yaxshilash va tashkiliy vazifalarni hal qilish bilan shug’ullanishga, balki sport musobaqalarida har qanday yo’l bilan ko’p hollarda nojo’ya usullardan foydalanib har qanday holatda ham g’oliblikka erishish yo’llarini topishga undamoqda.
Shunday yo’llardan biri sportda tabiiy bo’lmagan uslublar yordamida me`yoridan ortiq, ko’p hollarda sport etikasiga zid va sportchi sog’lig’iga salbiy ta`sir ko’rsatuvchi har xil dori vositalaridan keng foydalanish hisoblanadi. Bu vositalar bir tomondan sportchi ish qobiliyatini qo’llab quvvatlasa, ikkinchi tomondan sportchi organizmida ro’y beradigan tabiiy fiziologik va psixologik jarayonlarni buzadi. Ushbu modda va uslublar doping deb tasniflanadi va ularni sportda qo’llash ta`qiqlangan.
Sportda dopingning tarqalish tarixi. “Doping” so’zini dastlab janubiy afrika qabilalari diniy marosimlar paytida ichimlikni belgilash uchun qo’llaganlar. Sportda bu tushuncha 1865 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Sportda dastlab “doping” atamasi Amsterdam shahrida o’tkazilgan suzish bo’yicha musobaqa paytida stimulyatorlardan foydalangan sportchilarga nisbatan qo’llanilgan. Lekin, XIX asrning birinchi yarmida Angliyada o’tkazilgan ot sporti musobaqalarida otlarga berilgan narkotik vositalar “doping” deb nomlangani haqida ma`lumotlar bor.
Stimullovchi preparatlar sportchilarga g’alaba qozonishga yordam beribgina qolmay ko’p hollarda ularning salomatligiga salbiy ta`sir ko’rsatgan va ayrim hollarda fojiaga olib kelgan. 1886 yilda Parij-Bordo marshruti bo’yicha o’tkazilgan velosport musobaqalari paytida doping iste`mol qilganligi tufayli angliyalik Linton ismli sportchi hayotdan ko’z yumdi. Bu hodisa sportda doping sababli o’lim holati kuzatilgan dastlabki hodisa sifatida qayd qilindi.
Dopingga qarshi faol kurashni dastlab Xalqaro yengil atletika federatsiyasi boshladi. Federatsiya 1928 yilda stimulyatorlarni qo’llashni taqiqlab qo’ydi. Boshqa Xalqaro federatsiyalar bu kurashni davom ettirishdi. Lekin bu sezilarli natijalarni bermadi, chunki doping qo’llanilishini nazorat qiluvchi tizim yo’q edi.
Har xil stimullovchi preparatlar XX asr boshlaridagi Olimpiada o’yinlarida keng qo’llanila boshladi hamda keyinchalik bunday holatlar 1950-1960 va keyingi yillarda tez-tez uchraydigan bo’ldi. 1952 yildagi qishki Olimpiada o’yinlarida konkida ucuvchilar fenaminni iste`mol qilganligi sababli tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiluvchi holat qayd qilindi. Shunga o’xshash holat Melburndagi XVI Olimpiada o’yinlarida (1956 y) velosportchilarda ham qayd qilindi. 1960 yilda Rimda o’tkazilgan XVII Olimpiada o’yinlarida velosport musobaqalari paytida daniyalik Kurt Yensen fenaminni iste`mol qilishi natijasida halok bo’lgandan keyingina Xalqaro olimpiya qo’mitasi dopingga qarshi kurashishni boshladi. Sportchilar doping iste`mol qilganligini tekshiruvchi dastlabki probalar 1964 yilda Tokioda o’tkazilgan XVIII Olimpiada o’yinlarida olindi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish