Vitaminlar. Jadal muskul faoliyatida turli vitaminlarga bo’lgan talab ortib boradi. Bu tushunarli, chunki vitaminlar kofermentlar tarkibiga kiradi; vitaminlar 100 dan ortiq fermentlar tarkibidagi modda almashinuvida qatnashadi.
Mashg’ulot va musobaqalar jarayonida askorbin kislota, tiamin, riboflavin, nikotinamid, tokoferolga bo’lgan ehtiyoj ortadi. Lekin sportchilarning ovqatlanishida vitaminlarning miqdorini energiya sarfini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi. Masalan, har bir 100 kkalga S vitaminsidan 35 mg, B – 0,8 mg, V – 08 mg, V5 – 70 mg, E – 5 mg. talab etiladi. Bilib qo’yish lozimki, haddan ziyod vitaminlar sportchi organizmidagi metabolin jarayonlarga salbiy ta`sir ko’rsatishi mumkin.
Vitaminlar turli-tuman dopinglar kabi rag’batlantiruvchilar hisoblanmaydi, bu ovqatlanishning tabiiy omilidir.
Shu bilan birga, ular yuqori biologik faolikka ega bo’lib, jadal muskul yuklamasidan keyingi dam olish davrida ish qobiliyatini oshirish, toliqish bilan kurash, tiklanish jarayonlarini tezlashtirish uchun zarurdir.
Sportchilar ovqatlanishida suv va tuz almashinuvini boshqarib turish uchun mineral moddalar zaruriy tarkibiy qismlar hisoblanadi. Ayniqsa, ko’p miqdorda ter ajraladigan sport turlarida ularga bo’lgan talab ortadi. Birinchi navbatda bu sport o’yinlariga tegishlidir. Sportning bu turlari bilan shug’ullanganda ayniqsa kaliy va natriyga bo’lgan ehtiyoj ortadi, bunda ularning sutkalik rasiondagi miqdori 20% dan ko’proqqa ortishi mumkin.
Ayol-sportchilar organizmida temirga bo’lgan yuqori ehtiyojga diqqatni qaratish lozim bo’lib, bunda uning metabolizmda qatnashuvi etarlicha keng va turli-tumandir, uning etishmasligi esa, kamqonlikning turli shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. Sutkalik ratsionning har bir 1000 kkalsiga 7-8 mg temir iste`mol qilinishi kerak. Lekin ovqatlanishning temir bo’yicha mosligi iste`mol qilingan temirning so’rilgan miqdori bilan aniqlanadi. Taomda barcha temir ikki: gem va gem bo’lmagan shaklda beriladi. Temirning gem shakli organizmda juda yaxshi so’riladi, gem bo’lmagan shaklda so’rilish esa, ancha qiyin kechadi. Yog’, fosfor, fitin (dukkakli va g’alla maxsulotlarida), tanning (choyda) ko’p miqdorda bo’lishi gem bo’lmagan temirning so’rilishini ancha to’xtatib quyadi. Aksincha, ovqatda go’sht oqsili, baliq, tovuq va boshqa organik kislotalar (limon, qahrabo), S – vitaminining bo’lishi gem bo’lmagan temirning so’rilishini ancha engillashtiradi.
Sportchilarning ovqatlanishida hayvon va o’simliklardan kelib chiqqan mahsulotlarning to’g’ri o’zaro nisbati katta ahamiyatga ega. Hayvonlardan kelib chiqqan nordon tavsifdagi, o’simlik ovqati esa, ishqor tavsifidagi moddalarga boydir. Sportchi ratsionini o’simlik mahsulotlari bilan boyitish organizmning zahiradagi ishqorliligining ko’payishiga va chidamlilikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ovqatning sutkalik kaloriyasidagi 15-20% lik hissa yangi sabzavot va mevalarga to’g’ri kelishi zarur.
Sport mashqlarini bajarishda umumiy energiya ehtiyoji sport turi va yuklanma davomiyligiga mos ravishda oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |