36-mavzu. Adaptiv eshkak eshish
Imkoniyati cheklangan shaxslarni sportga jalb qilish, ularni jamiyatda muhim o’rinni egallashini psixikasiga mustahkam singdirish kuchli ijtimoiy himoyaga alohida ahamiyat beruvchi rivojlangan davlatlar, jumladan, O’zbekistonda ham dolzarb masala hisoblanadi. Oxirgi yillarda butun dunyoda, jumladan, O’zbekistonda ham Paralimpiya sport turlariga alohida e`tibor berilmoqda. Buning natijasini 2014 yilning oktyabr oyida Koreya Respublikasining Incheon shahrida o’tkazilgan Paraosiyo o’yinlari va 2016 yil Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o’tkazilgan Olimpiada va Paralimpiya o’yinlarida mamlakatimiz sportchilarining yutuqlarida ko’rish mumkin.
Adaptiv eshkak eshish tarixi. 1975 yilda Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya va AQSH da Adaptiv eshkak eshish bo’yicha dastur ishlab chiqila boshladi. Adaptiv eshkak eshish bo’yicha ko’rgazmali musobaqa 1993 yilda Gollandiyada o’tkazilgan Jahon CHempionati dasturiga kiritildi. Adaptiv eshkak eshishga bag’ishlangan so’ngi ko’rgazmali chiqishlar va to’rtta seminarlardan keyin FISA 2002 yilda Ispaniyaning Sevilьya shahrida o’tkazilgan Jahon CHempionati darajasida Adaptiv eshkak eshishga “Jahon CHempionati” maqomini berdi. Mazkur musobaqada 38 ta atlet juft eshkakli yakkalik qayiqlarida va boshqaruvchili qayiqlarda poygalarda ishtirok etishdi. Keyinchalik Italiyaning Milan shahrida o’tkazilgan Jahon CHempionatida mazkur sport turi bo’yicha to’rtta sinfdagi qayiqlarda musobaqalashish yo’lga qo’yildi. 2004 yilda Ispaniyaning Banelesida o’tkazilgan musobaqada katta yoshdagilar va yoshlar o’rtasidagi poygalarda 66 ta imkoniyati cheklangan atletlar ishtirok etdi. 2005 yilda o’nta mamlakatdan 42 ta sportchi Adaptiv eshkak eshish sport turini eshkak eshish bo’yicha Jahon CHempionatida alohida sport turi sifatida namoyon etishdi.
Adaptiv eshkak eshish toifalari. Adaptiv eshkak eshish Paralimpiya o’yinlarida eng yosh sport turi hisoblanadi. Eshkak eshish musobaqalari Paralimpiya dasturiga 2005 yilda kiritildi va 2008 yil Xitoy poytaxti Pekin shahrida o’tkazilgan Paralimpiya o’yinlarida musobaqalar o’tkazildi.
Adaptiv eshkak eshish – bu Qoidada (FISA tomonidan tasdiqlangan rasmiy musobaqa qoidasi) belgilangan mezonlarga mos keluvchi, imkoniyati cheklangan atletlar uchun mo’ljallangan sport turidir. “Adaptiv” atamasi sport turini sportchiga moslashtirish tushunchasini emas, balki jihozlarning sportchi uchun “moslashtirish” ni nazarda tutadi.
Xalqaro eshkak eshish federaцiyasi (FISA) – asosiy boshqaruvchi organ hisoblanadi. Musobaqalarda erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham ishtirok etadi.
Adaptiv eshkak eshish klassifikaцiyasi to’rtta qayiq sinfini o’z ichiga oladi: LTA4+, TA2X, AW1X va AM1X.
LTA4+ va TA2X aralash (erkaklar va ayollar) qayiqlar hisoblanadi. Poygalar to’rtta sinfdagi qayiqlarda ham 1000 metr masofada o’tkaziladi (2005 yil Jahon CHempionatidagi LTA4+ qayiqlari 2000 metr masofada o’tkazilganligiga qaramasdan)(44).
Do'stlaringiz bilan baham: |