78
U c h i n c h i b o ‘ l i m
RUHIY KASALLIKLARNING ASOSIY SHAKLLARI
RUHIY KASALLIKLARNING ASOSIY SHAKLLARI,
ULARNING SUD PSIXIATRIYASIGA OID BAHOSI
Shizofreniya
«Shizofreniya» yunoncha so‘z bo‘lib, «ruhiyatning bo‘linishi»
degan ma’noni bildiradi va bu holat ruhiy faoliyat birligining
yo‘qotilishida namoyon bo‘ladi. Kasallikning rivojlanishida
irsiy
moyillik, moddalar almashuvining (asosan oqsil almashuvining)
buzilishi oqibatida rivojlanadigan asab hujayralarining ojizligi muhim
o‘rin tutadi. Biroq shizofreniyaning sabablari shu paytgacha ma’lum
emas.
Sud psixiatriyasi amaliyotida aqli noraso deb topilgan tekshiri-
luvchilarning deyarli yarmini shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar
tashkil qiladi. Ushbu holat uning sud psixiatriyasida katta ahamiyatga
egaligidan dalolat beradi.
Kasallik ko‘pincha 15-25
yoshda boshlanadi, bu esa dastlab
uning «ilk aqli ojizlik» deb atalishiga sabab bo‘lgan. Biroq u 15
yoshdan kichik bolalarda (bolalar va o‘smirlar shizofreniyasi) yoki
katta yoshdagi va qari shaxslarda (kechki, keksalik shizofreniyasi)
ham yuzaga kelishi mumkin.
Shizofreniya klinik ko‘rinishlarining xilma-xilligi bilan ajralib
turadi. Shizofreniyaning uchta asosiy kechish shakli ajratiladi:
uzluksiz, kechadigan vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadigan (rekur-
rent) va xurujsimon rivojlanuvchi shakllari ajratiladi.
Uzluksiz kechadigan shizofreniya.
Rivojlanish darajasiga ko‘ra
og‘ir, o‘rtacha rivojlanuvchi, sust kechuvchi shakllari farqlanadi.
Og‘ir turli shizofreniya
ko‘pincha o‘smirlik davrida boshlanadi
va kuchayib boruvchi shaxsiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.
Atrofdagi narsa-hodisalarga qiziqish, o‘smirlarga xos bilishga
intiluvchanlik yo‘qoladi. Paydo bo‘layotgan lanjlik
va loqaydlik
79
maktabda darslarni o‘zlashtirishning keskin pasayishiga olib keladi.
Past darajadagi ruhiy mahsuldorlikni kuchli shug‘ullanish bilan
to‘ldirishga intilish natija bermaydi. Yaqinlar bilan munosabatda,
chuqurlashib borayotgan loqaydlik bilan bir qatorda, jizzakilik, xush
ko‘rmaslik, qo‘pollik, hatto, o‘rinsiz g‘azab paydo bo‘ladi. Ko‘pincha
bemorlar ota-onasi haqida eng ashaddiy dushman sifatida gapiradilar.
Kasallik boshlanganidan keyin 1-4 yil o‘tgach, gallyutsinator,
vasvasa
bilan kechadigan, affektiv va katatonik buzilishlar
boshlanadi. Kasallik kuchayib boradi va kam o‘zgaradigan oxirgi
holat boshlanadi. U hissiy befahmlik va qoldiq ijobiy simptomlarda
namoyon bo‘ladi. Og‘ir kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan
bemorlar hozircha juda ko‘p hollarda ruhiy kasalxonalarning
doimiy
mijozlari hisoblanadilar.
Og‘ir kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar sodir
etadigan g‘ayriqonuniy harakatlar asosan kasallikning boshlang‘ich
bosqichida va kamroq hollarda haqiqiy psixotik buzilishlar – vasvasa
g‘oyalari, gallyutsinatsiya kabilar paydo bo‘la boshlagan davrda sodir
etiladi. Boshlang‘ich bosqich ko‘p jihatdan g‘ayriqonuniy
harakatlarning xususiyatini belgilab beradi: ko‘pincha bular
«bezorilik» harakatlari yoki mayllarning buzilishi bilan bog‘liq
harakatlar – alkogol va turli narkotik vositalarni iste’mol qilish,
o‘g‘irlik, jinsiy ekssesslar, daydilik kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: