O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Eyforiya sindromida 
kayfiyat ko‘tarinki bo‘ladi, bu avvalo 
mamnunlik, beg‘amlik va xotirjamlikda namoyon bo‘ladi. Passivlik 
ustunlik qiladi. Nutqiy qo‘zg‘alish bo‘lmaydi yoki sust bo‘ladi. 
Fikrlash, o‘ziga va atrofdagilarga tanqidiy munosabat sezilarli va 
hatto keskin darajada pasaygan bo‘ladi. Ko‘p hollarda tuban mayllar 
chegaradan chiqib ketadi va bu hol ochofatlik, ichkilikbozlik va turli 
jinsiy ekssesslarga olib keladi.
Depressiv sindromlar 
ruhiy siqilish holatida namoyon bo‘ladi. 
Bemor g‘amgin, ruhi tushgan, harakatlari susaygan, nutqi 
sekinlashgan bo‘ladi. Uni boshidan kechirgan hayotining befoydaligi 
haqidagi fikrlar tashvishlantiradi, o‘zini turli gunoh va xatolarda 
ayblashga moyillik kuzatiladi. O‘zini o‘ldirish haqidagi fikrlar tez-tez 
bildiriladi va bunga urinishlar bo‘ladi. Depressiv sindrom maniakal-


70
depressiv psixoz, qarilikdan avvalgi psixoz, reaktiv holatlar, 
shizofreniya kabilarda kuzatiladi. Tushkun kayfiyat chuqurlashganida 
bemorlar siqilishdan shikoyat qiladilar. Bu kasallikka ko‘krak 
sohasida, kamroq qorin sohasida og‘ir hislar paydo bo‘lishi xosdir. 
Ular ko‘krak sohasidagi siqilish, ezilish, og‘irlik hissi, chuqur nafas 
olishning imkoni yo‘qligi sifatida tavsiflanadi. Bunday buzilishlar 
kuchayganida «siquvchi g‘am» haqida gapiriladi (yurak ezilib, 
parchalanmoqda). 
Ba’zi bemorlar his qilinayotgan tuyg‘ularni jismoniy og‘riqqa 
qarshi qo‘yib, ruhiy og‘riq deydilar, bu iztiroblik holatidir. Ayni 
vaqtda yorqin ifodalangan hollarida barcha his-tuyg‘ularning 
yo‘qolishi bilan kechadigan ichki bo‘shliq – ruhiy anesteziyadek 
azobli hissiyotgacha boradigan qayg‘uli loqaydlik hissi (apatiya) 
yuzaga keladi. Bu esa melanxolik depersonalizatsiyaning namoyon 
bo‘lish shakllaridandir. Bunda atrofdagi narsalarning o‘zgarganligi 
hissi paydo bo‘lishi mumkin. Ular go‘yo jozibasiz, qotib qolgan, 
uzoqlashgandek tuyuladi va go‘yoki «parda ortidan» qabul qilinadi. 
Ko‘p hollarda vaqt sekin o‘tayotgani, to‘xtab qolgandek ko‘rinishi 
xususida shikoyat qilinadi. Bu melanxolik derealizatsiyadir. 
Depressiv bemorlarga xos bo‘lgan o‘z qadrini tushirib yuborish o‘zini 
yerga urish, ayblash bilan almashinishi mumkin. Keksa bemorlarda 
xonavayron bo‘lganlik va qashshoqlashganlik singari vasvasa 
g‘oyalari ko‘p uchraydi. Boshqa hollarda bedavo kasallik mavjudligi 
haqida tasavvur yuzaga kelishi mumkin (ipopxondrik vasvasa bilan 
kechadigan depressiya). Bemor yuragi, o‘pkalari, buyraklari, 
oshqozon-ichak tizimi buzilgani yoki qurishi tufayli ishlamay qolgani 
haqida shikoyat qilganida nigilistik vasvasa bilan kechadigan 
ipoxondrik depressiya haqida so‘z yuritiladi.
Gallyutsinator-paranoid sindromga 
paranoyyal sindrom va 
gallyutsinoz kiritiladi.
Paranoyyal sindrom 
aql tiniqligida yuzaga keladi va mavjud 
bo‘ladi. Unga ta’qib etish, rashk kabi har-xil mazmunli birlamchi 
vasvasa xosdir. Vasvasani bayon etishga dalillarning ko‘pligi bilan 
bog‘liq bo‘lgan batafsillik, ya’ni vasvasa tafsiloti xosdir.
Gallyutsinoz 
– uzluksiz gallyutsinatsiyalarning bo‘lishi holati. 
Bunda ayrim gallyutsinatsiyalar ustunlik qiladi, kamroq hollarda 


71
ularning qo‘shilib kelishi uchraydi. Ayni vaqtda boshqa psixo-
patologik buzilishlar, avvalo, vasvasa ikkinchi o‘ringa o‘tadi yoki 
mavjud bo‘lmaydi. Gallyutsinoz bemorlarning aqli tiniqligida va 
o‘zini yaxshi anglaydigan holatida kuzatiladi.
Psixik avtomatizm (Kandinskiy-Klerambo) sindromi 
bemorning 
o‘z ruhiy faolligini yo‘qotganlik hissida namoyon bo‘ladi. Bu esa 
vasvasa g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan soxta 
gallyutsinatsiyalar bilan birga keladi. Bemorlar o‘z fikrlari, his-
tuyg‘ulari, harakatlarini begonalashdek, kimningdir zo‘ravonligi 
ta’sirida ro‘y berayotgandek qabul qiladilar. Ularda fikrlar parallel 
bo‘ladi: o‘z fikrlari bilan bir qatorda zo‘rlab «kiritilgan», «bajaril-
gan» fikrlar yuzaga keladi. Bemorlarga fikrlarning takrorlanishi, izoh 
berilishi eshitiladi, ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan hislarni 
sezadilar, harakatlari zo‘ravonlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik 
bemorlar o‘zlarining irodasi, fikrlarini kimdir apparatlar, gipnoz, 
nurlar, elektr toki kabilar yordamida boshqarayapti deb hisoblaydilar. 
Psixik avtomatizm sindromi shizofreniyada, kamroq surunkali 
alkogolizm, epileptik psixozda kuzatiladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish