O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Isterik sindrom 
hissiy beqarorlikda namoyon bo‘ladi va bir-birini 
tez almashtiruvchi boshqa jadal his-tuyg‘ular – g‘azablanish, 
quvonch, xush ko‘rmaslik, yoqtirishda namoyon bo‘ladi. Nutq obrazli 
bo‘ladi, real voqealar bo‘rttirib ko‘rsatiladi, unda haqiqiy voqelikning 
o‘rnini istaklar egallaydi. Mimika va harakatlar ifodali, ekspressiv 
(hayajonli), ba’zan sahna ko‘rinishini oladi. O‘zgalar va o‘z ta’siriga 


68
beriluvchanlik kuchli bo‘ladi. Isterik tutqanoqning rivojlanishi odatda 
ruhiy shikastlanish yoki kuchli hayajon bilan bog‘liq. Tutqanoq 
manzarasi har safar turlicha rivojlanadi. Bir narsa – tutqanoqni tashkil 
qiluvchi simptomlarning xilma-xilligi – doimiy qoladi. Bemorlar 
asta-sekin, go‘yoki sirg‘alib yiqiladilar. Hech bir ketma-ketliksiz 
yuzaga keladigan mushak tortishishlari ko‘pincha bemorning 
yiqilishidan oldin boshlanadi. Betartib va ifodali xususiyatga ega 
bo‘ladi: bemor yerda yotib sirpanadi, o‘zini o‘ziga xos holatda tutadi, 
o‘ziga shikast yetkazadi, sochlarini yuladi, terisini yumdalaydi. Tilini 
tishlash hollari bo‘lmaydi. Tutqanoqning davom etish vaqti har xil: 
bir necha daqiqadan bir necha soatgacha. Tutqanoqdan keyin bemor 
tezda o‘ziga keladi.
Miyaga o‘rnashib qolgan buzilishlar sindromi 
fikr, tasavvur, 
harakat va his-tuyg‘ularning uzluksiz takrorlanishida namoyon 
bo‘ladi. Ular bosh miya qobig‘ining «ajralgan og‘riqli nuqtalarida» 
yuzaga keladigan asab jarayonlarining patologik inertligi (sustligi) 
hodisalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasallik kuchayganida ularning 
bosimi his qilinadi. Barcha bemorlar bunday holatni o‘z kechinmalari 
va istak-mayllari sifatida qabul qiladilar, lekin ularni ixtiyorsiz 
zo‘raki holda sezadilar. 
Ayrim bemorlarda qandaydir simptom ko‘rinishidagi barqaror 
xayoldan ketmaydigan buzilishlar (masalan, tinimsiz hisoblash) 
ustunlik qiladi, boshqalarida – xavotirli tushkun kayfiyat bilan 
doimiy ravishda qo‘shilib keladigan har xil miyadan ketmaydigan 
holatlar kuzatiladi. Ular ushbu noxushliklarning oldini oluvchi 
afsunlar, marosimlar xususiyatiga ega bo‘lish mumkin. Masalan, 
bemorlar uydan muayyan tarzda chiqadilar, ostonadan doimo ayni bir 
oyoqni qo‘yib xatlaydilar, tezda uylardagi derazalarni hisoblab 
chiqadilar, muayyan qoidalarga rioya etgan holda yechinib-
kiyinadilar, har bir ishni xayolda bir qancha so‘zlarni takrorlagandan 
keyin boshlaydilar. Bu harakatlarni bajarmaslik qo‘rqish, chorasizlik, 
tug‘ilayotgan xavf hissini yuzaga keltiradi. Xayoldan ketmaydigan 
qo‘rquvlar (fobiyalar) maydonni kesib o‘tishdan (yoki umuman 
hamrohsiz ko‘chaga chiqishdan), tor joylardan, o‘tkir narsalardan 
qo‘rqishda namoyon bo‘ladi. Zaharlanish, ifloslanishdan patologik 
qo‘rqish eshik tutqichlari, narsalar, begona odamlarga tegilgan har 


69
safar deyarli uzluksiz ravishda qo‘l yuvishga olib keladi. Miyadan 
ketmaydigan holatlar nevrozlar, shizofreniya, ensefalitlar va 
boshqalarda kuzatiladi.
Emotsional (affektiv) sindromlar
ko‘p uchrashiga ko‘ra faqat 
asteniyadan keyin turadigan eng umumiy ruhiy buzilishlardir. 
Ularning asosini boshqa barcha kechinmalarga muayyan tus beruvchi 
his-tuyg‘ular majmui bo‘lmish kayfiyat buzilishlari tashkil qiladi.
Maniakal sindromlar 
ruhiy va harakatga oid qo‘zg‘alishda 
namoyon bo‘ladi. Ular odatda aql susayishining klinik jihatdan 
seziladigan belgilarisiz kechadi. Bunda patologik ko‘tarinki ruh, 
quvnoqlik kuzatiladi, fikr davomiyligi qisqargan holda g‘oyalarning 
sakrashigacha boradi. Faoliyat ko‘rsatishga katta ehtiyoj yuzaga 
keladi, bemor doim harakatda bo‘ladi, ko‘p gapiradi, atrofdagilarga 
murojaat etadi, nutqlar so‘zlaydi, raqs tushadi, qo‘shiqlar aytadi, 
bezanadi, shilqimlik qiladi. O‘ziga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan 
qaramaslik, ortiqcha baho berish paydo bo‘ladi. Simptomlari 
kuchayganda shodlik va nekbinlik (optimizm) kayfiyati, yangi 
taassurotlarga ehtiyoj, jismoniy qulaylik va kuchga to‘lish hissi 
yuzaga keladi. Bemorlar sergap, hozirjavob bo‘lib qoladilar. Diqqat 
kuchaygan, ammo beqaror va oson chalg‘iydigan bo‘ladi. Oshig‘ich 
harakat tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, boshlangan ish oxiriga 
yetkazilmaydi. Biroq kuchli qo‘zg‘alish paytida ular jizzaki va 
g‘azabnok bo‘lishlari mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish