Amnestik sindrom (Korsakov)
da ko‘proq hozir yuz berayotgan
voqea-hodisalarga nisbatan xotiraning buzilishi va yangi muvaqqat
aloqalarning hosil bo‘lish imkoniyatlari cheklanganligi xosdir. Xotira
nuqsonining o‘rnini yolg‘on xotiralar egallaydi. Bemorlarning diqqati
tez susayadi, ko‘rinib turgan lanjlik ko‘p hollarda muloyimlik bilan
birlashadi. Tafakkur samarasiz bo‘ladi, ayni vaqtda bemorlar
o‘zlarini nisbatan xotirjam tutadilar, suhbatlashadilar, biroq suhbat
mazmunini darhol unutadilar.
Harakatlar buzilishshlari bilan bog‘liq sindromlar
(katatonik
sindromlar) katatonik qo‘zg‘alish yoki harakatsizlik (katatonik
stupor) shaklida bo‘lishi mumkin.
Katatonik qo‘zg‘alish
harakatdagi faollik bilan ajralib turadi.
Bunda bemorlar ich kiyimlarini yechib tashlaydilar, emaklaydlar,
umbaloq oshadilar, aftini bujmaytiradilar, g‘ayritabiiy xatti-harakatlar
sodir etadilar, jirkanch bo‘ladilar, tumtaroq jumlalarni baqirib
ifodalaydilar. Bunday holat bir necha hafta va hatto oylar mobaynida
davom etishi mumkin.
72
Ruhiy buzilishning chuqurroq darajasi impulsiv qo‘zg‘alish,
avvalgi xatti-harakatga aloqasi bo‘lmagan harakatlarni to‘satdan sodir
etish tarzida namoyon bo‘ladi. Bemorlar atrofdagilarga tashlanadilar.
Noma’lum yo‘nalishda yugurib ketadilar, egnilaridagi kiyimlarini
yirtadilar. Ularning nutqi bir xil so‘z yoki iboralarni takrorlashdan
iborat bo‘ladi (verbegeratsiya); atrofdagilar aytgan so‘zlarni
takrorlaydilar (exolaliya). Og‘ir hollarida nutq batamom yo‘qolishi
mumkin.
Katatonik stupor
tormozlanganlik shaklida va mushaklar tarang-
lashgan holdagi harakatsizlikda, bemordan javob olib bo‘lmaslikda
(mutizmda) namoyon bo‘ladi. Bemorlar uzoq vaqt ayni bir noqulay
holatda bo‘ladilar hamda mushaklarning muayyan darajadagi
tarangligida qo‘l-oyoqlari yoki gavdalarining holatini saqlab qoladilar
– «mumsimon egiluvchanlik» (mumsimon egiluvchanlik ko‘rinishida
kechadigan stupor) ba’zan, aksincha, bemorlar uni ovqatlantirish,
kiyimlarini almashtirish, yuvintirish kabi urinishlarga jimgina
qarshilik ko‘rsatadilar (negativizmli stupor). Og‘ir holatlarida bemor-
lar ko‘zlari yumuq holda harakatsiz yotadilar, barcha mushaklari
tarang bo‘ladi (dong qotgan stupor).
Ong xiralashishi sindromiga
ruhiy faoliyatning o‘tkinchi, qisqa
muddatli (soatlar, kunlar, kam hollarda haftalar davom etadigan)
buzilishlari xos. Bunda atrofdagilarga nisbatan qisman yoki to‘liq
befarqlik; joy, vaqt va atrofdagi shaxslarni tanimaslikning turli
darajalari; tafakkurning buzilishi va to‘g‘ri fikrlashning mumkin
emasligi; yuz berayotgan voqealarni batamom yoki qisman unutish
yuz beradi.
Karaxtlik –
ruhiy faoliyatning kuchsizlanishi bilan kechadigan
ong xiralashuvi. Yengil darajalarda lanjlik va passivlik kuzatiladi,
harakatlar susaygan, nutq kambag‘allashgan bo‘ladi. Bemorlarning
diqqatni to‘plashlari, kerakli javobni berishlari yoki nimanidir
so‘rashlari qiyin bo‘ladi. Ular yuz berayotgan voqea hodisalarni
yaxshi tushunmaydilar. Kayfiyatda befarqlik, beparvolik kuzatiladi.
Yorqin ifodalangan gangishda bemorlar eng oddiy savollarni
qiyinchilik bilan tushunadilar: javoblar noaniq, sodda bo‘ladi yoki
butunlay bo‘lmaydi. Bemorlar go‘yoki mudroq holatda bo‘ladilar,
atrofdagi narsa-hodisalar ularning e’tiborini tortmaydi. Karaxtlik
73
kuchayib borgani sayin jismoniy ta’sirlar (igna sanchish kabilar)ga
reaksiyaning yo‘qligi(sopor) hamda chuqur patologik uyqu o‘rtasida
bahs yuzaga keladi. Keyinchalik nafas olish, yurak urishi va reflektor
faoliyatning buzilishi bilan kechadigan koma boshlanadi, bu esa
bemorning o‘limi bilan yakunlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |