O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Savol va topshiriqlar 
1. Asosiy psixopatologik simptomlar va sindromlar haqida tushunchalar bering?
2. Maniakal va depressiv sindromlarning tasnifi va shakllari?
3. Kandinskiyning ruhiy avtomatizm sindromi nima?
4. Katatonik sindrom qaysi kasalliklarda uchraydi?
5. Amnestik (Korsakov) sindrom IIO faoliyatidagi ahamiyati nimadan iborat? 
6. Astenik sindromning asosiy belgilari nimadan iborat? 
7. Hayot davomida ortirilgan esipastlik belgilari nima? 
8. Ong buzilish sindromining o‘ziga xos tomonlari nimadan iborat? 
9. Qaysi ruhiy kasalliklarda paranoidal va gallyutsinator sindromlar uchraydi? 


78
U c h i n c h i b o ‘ l i m
RUHIY KASALLIKLARNING ASOSIY SHAKLLARI 
RUHIY KASALLIKLARNING ASOSIY SHAKLLARI,
ULARNING SUD PSIXIATRIYASIGA OID BAHOSI 
Shizofreniya 
«Shizofreniya» yunoncha so‘z bo‘lib, «ruhiyatning bo‘linishi» 
degan ma’noni bildiradi va bu holat ruhiy faoliyat birligining 
yo‘qotilishida namoyon bo‘ladi. Kasallikning rivojlanishida irsiy 
moyillik, moddalar almashuvining (asosan oqsil almashuvining) 
buzilishi oqibatida rivojlanadigan asab hujayralarining ojizligi muhim 
o‘rin tutadi. Biroq shizofreniyaning sabablari shu paytgacha ma’lum 
emas. 
Sud psixiatriyasi amaliyotida aqli noraso deb topilgan tekshiri-
luvchilarning deyarli yarmini shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar 
tashkil qiladi. Ushbu holat uning sud psixiatriyasida katta ahamiyatga 
egaligidan dalolat beradi. 
Kasallik ko‘pincha 15-25 yoshda boshlanadi, bu esa dastlab 
uning «ilk aqli ojizlik» deb atalishiga sabab bo‘lgan. Biroq u 15 
yoshdan kichik bolalarda (bolalar va o‘smirlar shizofreniyasi) yoki 
katta yoshdagi va qari shaxslarda (kechki, keksalik shizofreniyasi) 
ham yuzaga kelishi mumkin.
Shizofreniya klinik ko‘rinishlarining xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi. Shizofreniyaning uchta asosiy kechish shakli ajratiladi: 
uzluksiz, kechadigan vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadigan (rekur-
rent) va xurujsimon rivojlanuvchi shakllari ajratiladi. 
Uzluksiz kechadigan shizofreniya.
Rivojlanish darajasiga ko‘ra 
og‘ir, o‘rtacha rivojlanuvchi, sust kechuvchi shakllari farqlanadi.
Og‘ir turli shizofreniya 
ko‘pincha o‘smirlik davrida boshlanadi 
va kuchayib boruvchi shaxsiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. 
Atrofdagi narsa-hodisalarga qiziqish, o‘smirlarga xos bilishga 
intiluvchanlik yo‘qoladi. Paydo bo‘layotgan lanjlik va loqaydlik 


79
maktabda darslarni o‘zlashtirishning keskin pasayishiga olib keladi. 
Past darajadagi ruhiy mahsuldorlikni kuchli shug‘ullanish bilan 
to‘ldirishga intilish natija bermaydi. Yaqinlar bilan munosabatda, 
chuqurlashib borayotgan loqaydlik bilan bir qatorda, jizzakilik, xush 
ko‘rmaslik, qo‘pollik, hatto, o‘rinsiz g‘azab paydo bo‘ladi. Ko‘pincha 
bemorlar ota-onasi haqida eng ashaddiy dushman sifatida gapiradilar. 
Kasallik boshlanganidan keyin 1-4 yil o‘tgach, gallyutsinator, 
vasvasa bilan kechadigan, affektiv va katatonik buzilishlar 
boshlanadi. Kasallik kuchayib boradi va kam o‘zgaradigan oxirgi 
holat boshlanadi. U hissiy befahmlik va qoldiq ijobiy simptomlarda 
namoyon bo‘ladi. Og‘ir kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan 
bemorlar hozircha juda ko‘p hollarda ruhiy kasalxonalarning doimiy 
mijozlari hisoblanadilar.
Og‘ir kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar sodir 
etadigan g‘ayriqonuniy harakatlar asosan kasallikning boshlang‘ich 
bosqichida va kamroq hollarda haqiqiy psixotik buzilishlar – vasvasa 
g‘oyalari, gallyutsinatsiya kabilar paydo bo‘la boshlagan davrda sodir 
etiladi. Boshlang‘ich bosqich ko‘p jihatdan g‘ayriqonuniy 
harakatlarning xususiyatini belgilab beradi: ko‘pincha bular 
«bezorilik» harakatlari yoki mayllarning buzilishi bilan bog‘liq 
harakatlar – alkogol va turli narkotik vositalarni iste’mol qilish, 
o‘g‘irlik, jinsiy ekssesslar, daydilik kabilardir. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish