Atomlarning umumiy elektron jufti yordamida hosil qilgan bog‘i kovalent bog‘ deb nomlanadi:
Elektromanfiyliklari qiymati bir xil bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘ qutbsiz kovalent bog‘ deb ataladi (umumiy elektron jufti qo‘shni yadrolar orasida simmetrik joylashadi);
Elektromanfiyliklari qiymati turlicha bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘ qutbli kovalent bog‘ deb ataladi (umumiy elektron jufti yadrolardan biri tomonga siljigan holda bo‘ladi);
Atomlar elektron biriktirishi yoki yo‘qotishidan hosil bo‘lgan zarralar ionlar deb ataladi
Ionlardan hosil bo‘lgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi
Ionlar orasidagi bog‘ ion bog‘ deb ataladi
Elektronlar berish jarayoni oksidlanish deb yuritiladi
Elektronlar qabul qilish jarayoni qaytarilish deb yuritiladi
Elektromanfiyligi katta bo‘lgan elementlar bilan vodorod atomi orasida vujudga keladigan ikkinchi darajali kimyoviy bog‘lanish vodorod bog‘lanish deyiladi
Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog‘ metall bog‘ deb yuritiladi
Uyga vazifa:
8-sinf darsligidan III bobni takrorlash.
Darslikdagi §4 ni o‘qish.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlarini yechish.
3-DARS. §5. Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga birikmalardagi elementlarning valentligi va oksidlanish darajalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:
Valentlik
Oksidlanish darajasi
O‘quvchilar 7-sinfda valentlik tushunchasi bilan tanishgan. Bu tushuncha atom-molekulyar ta’limot asosida tushuntirilgan bo‘lib, 8-sinfda ham, 9-sinfda ham yoki butun kimyo kursini o‘rganish davomida saqlanib qoladi.
Davriy qonunning asosiy tushunchalari va Davriy qonun asosida kelib chiqadigan hulosalar, atom tuzilish haqidagi bilimlar asosida o‘quvchilar 8-sinfda oksidlanish darajasi tushunchasini ham o‘zlashtirib olgan.
O‘quvchilar “valentlik”, “oksidlanish darajasi” deb atalgan tushunchalarni va bu ikki tushunchani bir-biridan farqini anglay oladimi? Kimyo fanini nazariy asoslarini o‘rganishda har ikki tushunchadan ijodiy foydalana oladimi?
Dars yuqoridagi ikki savolni oydinlashtirib olish uchun turli hildagi pedagogik tehnologiya metodlaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
Darsning boshida sinf doskasiga yozilgan quyidagi ikki variantda yozilgan topshiriqlarni mustaqil ishlash bilan boshlanadi. Doskada ikki o‘quvchi ishlaydi, qolgan o‘quvchilar daftarlarida ishlaydi.
1-variant: Quyidagi moddalar tarkibidagi elementlarni valentligini aniqlang: CO2, NH3, NH4Cl, KHSO4, HNO3, H2O, H3O.
2-variant: Quyidagi moddalar tarkibidagi elementlarni oksidlanish darajalarini aniqlang: CO, NH3, NH4Co, HNO3, KHSO4, H2O, H3O.
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishni natijalari asosida, o‘qituvchi tomonidan hulosalanadi va yangi mavzu tushuntirilishi davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |