2-Mavzu. Sinov natijalari asosida puxtalik kursatkichlarining miqdoriy ko’rsatkichlarini aniqlash.
Reja;
1 Sinov natijalari asosida puxtalik kursatkichlarining miqdoriy ko’rsatkichlarini aniqlash.
2. Puxtalikni hisoblash.
3. Yangi mashinaning tuzilish huxtaligini aniqlash
M ashinalarni puxtalikka sinash ularning haqiqiy puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o ‘tkaziladi. Tabiiyki, sinovga bosh to ‘plamdan tanlab olingan mashinalar qo‘yiladi. Saylanmani sinov natijalari bo‘yicha barcha to‘plamning puxtaligi haqida fikr yuritiladi. Mashinaning tugallangan tavsifi bo‘lib buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanish qonuni xizm at qiladi. Agar qonunning turi va parametrlari m a’lum bo‘lsa bizni qiziqtirgan har qanday puxtalik tavsifini aniqlash oson. Buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanish qonuni statistik aniqlash katta kuch va mablag1 talab qiladi.
Qator hollarda buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanish qonuni turi avvaldan m a’lum bo‘ladi. Bunday holda tajriba yo‘li bilan qonun parametrlarining qiymatlari topiladi, keyin esa puxtalikning kerakli tavsiflari, xususan, buzilmasdan ishlash ehtimoli taqsimot funksiyasi sifatida aniqlanadi, ya’ni:
bu yerda: P(t) - vaqt ichida buzilmasdan ishlash ehtimolining qiymati;
. - taqsimot parametrlarining qiymati
Buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanish qonuni turi va param etrlarini aniqlash
Sinovlar natijasida parametmi baholashning nuqtaviy va interval qiymatlarini olish mumkin. Ularni matematik kutilma kabi belgilaymiz, faqat ajralib turishi uchun ustiga chiziqcha qo‘yamiz, masalan, в . Interval bilan baholashda qanday oraliq (interval) baholanayotgan param etm ing matematik kutilmasini berilgana ishon- chli ehtimollik bilan qoplashi aniqlanadi. Bunday intervalning chegaralarini ishon- chli chegaralar deb ataladi. Bunday yozish mumkin:
bu yerda ; parametrning quyi va yuqori ishonchli chegaralari ning qiymati [ ] intervaldan tashqarida bo‘lish ehtimolini ahamiyatlilik darajasi deb ataladi:
K o‘pincha ishonchli ehtimollik qiymatini 0,90; 0,95; 0,99 ga yoki aham iyatlilik darajasini mos ravishda 0,10; 0,05; 0,01 ga teng deb qabul qilinadi. B a’zan amaliy maqsadlarda intervalning bitta chegarasini quyi yoki yuqori aniqlash yetarli bo‘ladi. Bunda
« , 1 , 2 ehtim olliklar o ‘zaro ushbu tenglama bilan bog‘langan:
= x+ 2
Avval taqsim ot qonuni turini aniqlashni ko‘rib chiqamiz. Mashinalar buzilishining eng keng tarqalgan taqsimlanish qonunlari quyidagilar hisoblanadi: eksponensial; kesilgan normal; logarifmik normal; Veybull; gamma; Reley; Puasson; VeybulGnedenko. Taqsimot qonuni turini aniqlashda tajribadan olingan tavsiflar
taqsimlanishini ushbu qonunlar bilan approksimatsiyalash tavsiya etiladi. Taqsim ot qonunini aniqlashda ushbu tartibga rioya qilish maqsadga muvofiq:
- tajriba (sinov) natijalarini tayyorlash;
- puxtalikning qandaydir miqdoriy tavsifi gistogrammasini qurish;
- ishlamay qolishlam ing m o‘ljallangan taqsimlanish qonunini ishlatish mumkinligini m a’lum moslik mezonlari (Kolmogorov, Pirson va boshqalar) dan foydalanib tekshirish. Tajriba natijalarini tayyorlash, hisobot hujjatlaridan dastlabki
natijalarni tanlab olish, variatsion qator tuzish va zarur hollarda ishlamay qolishlar elektron jadvalini to ‘ldirishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |