Buzilmasdan ishlash ehtimolligini bevosita baholash
Agar sinovlarda sinalayotgan obyektlar ish hajmini (yoki vaqtini) muntazam qayd etish imko- niyati bo‘lmasa va faqat buzilishlar soni qayd etilsa, buzilmasdan ishlash (yoki buzilish) ehtimolligini baholash mustaqil sinovlarda bevosita takroriylik (chastota) yordamida ushbu formula bo‘yicha bajariladi.
bu yerda: p va о - mos ravishda buzilmasdan ishlash ehtimolligi
va ishlamay qolish ehtimolligi; n - sinalayotgan mashinalar soni; r- qayd etilgan ishlamay qolishlar soni.
Puxtalikni hisoblash. Eskiz loyihasini tuzishda tuzilishning puxtaligini taxminan hisoblash amalga oshiriladi. Bunda bo‘lg‘usi konstruksiyaning kinematik sxemasi tuziladi. Birinchi yaqinlashishda asta-sekin ishlamay qolishlar ehtimoli 1 ga teng qilib olinadi: Pa = 1.
Taxminan hisoblash 2 variantda amalga oshirilishi mumkin:
1. Ob’yektning berilgan P(t) kattaligi bo‘yicha alohida elementlarining ko‘rsatkichi aniqlanadi.
2. Alohida elementlar uchun berilgan p(t) kattalikka ko‘ra butun konstruksiyaning buzilmasdan ishlash ehtimoli P(t) aniqlanadi. Agar olingan natija puxtalikning belgilangan me’yoriga to‘g‘ri kelmasa, u holda tizimdagi alohida elementlarning puxtaligini oshirish uchun boshqa imkoniyatlarni qidirib topish kerak.
Mashinasozlik mahsulotlari puxtaligini hisoblashning umumiy izchilligi ularni loyihalash jarayoni ketma-ketligi bilan mos tushadi. Bunda avval mashinaning puxtaligi, so‘ngra alohida yig‘ma birliklar va nihoyat detallarning puxtaligi hisoblanadi. Radioelektronika tizimlari puxtaligini hisoblash va loyihalash esa bunga teskari tartibda bajariladi; avval elementlar, so‘ngra yig‘ma birliklar va umuman tizim hisoblanadi.
Tuzilishning puxtaligini taxminan hisoblashda (eskiz loyihasini tayyorlash bosqichida) quyidagi masala paydo bo‘lishi mumkin. Mavjud namunaning buzilmasdan ishlash ehtimoli Rnam va mazkur namuna tarkibiga kiruvchi elementlarning buzilmasdan ishlash ehtimoli Pi ma’lum. Shunga o‘xshash yangi modelning buzilmasdan ishlash ehtimoliga nisbatan yangi talablar qo‘yiladi. Modeldagi alohida elementlarning buzilmasdan ishlashiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni qanday taqsimlash kerak?
Masalaning taqribiy yechimi. Barcha elementlarning buzilmasdan ishlash ehtimolini teng deb olsak, ushbuga ega bo‘lamiz:
Texnik loyihani tuzishda mashinaning ishlash tartibotlari va sharoitini hisobga olgan holda uning puxtaligi aniq hisoblab chiqiladi. Yeyilish tufayli ishlamay qolishlar hozirgacha hisobga olinmagan edi. Ishlash sharoitini hisobga olish ishlamay qolishlar jadalligini hamisha 1 dan katta bo‘lgan zaxira koeffitsienti ga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
,
bu yerda: li- ishlamay qolishlar jadalligi; Kl- zaxira koeffitsienti; lj0 - l ni hisoblab topilgan eng kichik qiymatlari. Odatda Kl ning qiymatlari 1 < Kl< 1000 atrofida bo‘ladi. Masalan, samolyot uchun Kl = 120...150.