Mustaqil yechish uchun masalalar.
Alyuminniy xlorid ,kaliy karbonat, natriy xlorid tuzlarining gidrolizlanish reaktsiyasini molekulyar , ionli ko’rinishda yozing.Eritmani muxiti qanday bo’ladi.
Alyuminiy sulfat tuzining oxirigacha gidrolizlanishi uchun nima halaqit qiladi. Sababini reaktsiya tenglamalarida yozib tushuntiring.
Alyuminiy sulfat tuzi eritmasiga quyidagi tuzlarning eritmalari qo’shiladi. Qaysi xolda alyuminiy gidroksid cho’kmasi tushadi. 1-Na2S ; 2- CuCl2 ; 3- KNO3 sodir bo’lgan jarayonning reaksiya tenglamalarini yozib tushuntiring
Tuzlarning gidrolizlanishi natijasida eritmaning muhiti qanday bo’lishligi nimalarga bog’liq.
Temir (III)- xlorid tuzini gidrolizlanishini qanday omillar kuchaytiradi?
Ca3P2, Al2S3 va CaC2 larni gidrolizlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Litiy korbanat, temir(III)- sulfat tuzlari gidrolizlanganda eritma muxiti qanday bo’ladi?
Anionlar va kationlar hisobiga gidrolizga uchraydigan tuzlarga beshtadan misollar keltiring.
Uyga vazifa:
8-sinf kimyo darsligidan elektrolitik dissotsialanish mavzusini takrorlash.
Darslikdagi §6 savol va topshiriqlarini bajarish.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlarini yechish.
5-DARS. §7. Metallmaslarga umumiy xarakteristika
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga metallmaslar va ularning xossalari haqida umumiy tushunchalar berish.
O‘quvchilar 7-8 sinflarda vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, azot, fosfor kabi metallmaslar bilan tanishganlar hamda ularning elementlar Davriy sistemasidagi o‘rinlari haqida ma’lumotga ega. Shuning uchun o‘quvchilarga metallmaslarning umumiy xossalarini ifodalovchi xususiyatlari haqida kengaytirilgan ma’lumotlarni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan quyidagi savollarga javob berish bilan darsni tashkil qilish ham mumkin:
Quyidagi elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossasi qanday o‘zgaradi?
Si, B, H, P, C, S, J, N, Cl, O, F
Nima uchun ftor eng kuchli elektromanfiy element hisoblanadi?
Sizga tanish metallmaslarning agregat holatiga qarab guruhlarga ajrating.
Ftor atomi faqat I valentlik yoki –1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Boshqa galogenlar, masalan, xlor –1, 0, 1, 3, 5, 7 oksidlanish darajalarini ham namoyon qilishi sababini atom tuzilishi asosida tushuntiring.
Metallmaslarning metallarga ta’sirini ifodalovchi reaksiya tenglamalarini yozing. Hosil bo‘lgan birikmalar qanday kimyoviy bog‘ asosida birikadilar?
Metallmaslarning vodorodli birikmalari hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing.
Kislorod bilan hosil qilgan kislotali oksidlarning qanday kimyoviy xossalarini bilasiz?
Inert elementlarning kimyoviy reaksiyalarga kirisha olmasligini qanday izohlash mumkin?
Shu savollar asosida olingan fikrlarga qo‘shimcha tarzda o‘qituvchi mavzuni bayon qiladi.
Uyga vazifa:
8-sinf darsligidan metallmaslarga tegishli mavzuni takrorlash
Darslikdan §7 ni o‘qib, savol va topshiriqlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |