Uyga vazifa:
1. Darslikda berilgan test topshiriqlarini mustaqil bajarish.
7-DARS. §8. Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda elementlar Davriy sistemasidagi IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berish. Ularning xossalarini yadro zaryadi va atom tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ilmiy asosda tushuntirib berish.
IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berishda elementlar Davriy qonun va Davriy jadvali, atom tuzilishi nuqtai-nazaridan yondoshish kerak.
Dars Davriy jadval va quyidagi 1-jadval asosida tashkil etiladi:
1-jadval
Element
|
Kimyoviy belgisi va Ar
|
Тartib nomeri va yadro zaryadi
|
Nisbiy elektromanfiy ligi
|
Atom radiusi, nm
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
Uglerod
|
C
|
12,01
|
6 (6)
|
2,5
|
0,077
|
(He)2s22p2
|
Kremniy
|
Si
|
28,05
|
14 (14)
|
1,8
|
0,134
|
(Ne)3s23p2
|
Germaniy
|
Ge
|
72,59
|
32 (32)
|
1,8
|
0,139
|
(Ar)3d104s24p2
|
Qalay
|
Sn
|
118,6
|
50 (50)
|
1,8
|
0,158
|
(Kr)4d105s25p2
|
Qo‘rg‘oshin
|
Pb
|
207,2
|
82 (82)
|
1,9
|
0,175
|
(Xe)4f145d106s26p2
|
Quyidagi savollar asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlar beriladi:
Uglerod guruhiga qaysi elementlar kiradi?
Uglerod guruhi elementlarining
tashqi elektron pog‘onasidagi elektronlar
valentligi
oksidlanish darajasi
yuqori oksidlari
vodorodli birikmalari
yadro zaryadiga bog‘liq ravishda elektromanfiyligi o‘zgarishi
Yuqori oksidlari xossalaridagi o‘zgarishlari
Uglerod guruhiga C, Si, Ge, Sn, Pb elementlari kiradi
Uglerod guruhi elementlari p-elementlar oilasiga kiradi
Valentligi II va IV ga teng
Oksidlanish darajasi -4, 0, +2, +4
Yuqori oksidlari RO2 umumiy formulaga ega
Vodorodli birikmalari RH4 umumiy formulaga ega
Uyga vazifa:
Darslikdagi §8 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
8-DARS. §9. Uglerodning davriy sistemadagi o`rni, atom tuzilishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglerodning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, biologik ahamiyati haqida nazariy bilimlar berish.
Darsni rejasi:
Uglerodning:
Davriy sistemadagi o‘rni
Atom tuzilishi
Тabiatda uchrashi
Allotropiyasi
Uglerod va uning birikmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi
Darsni tashkil qilishda o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yahshi natija beradi. Chunki o‘quvchilar 8-sinfda, davriy qonun, Davriy jadval, atom tuzilishi haqida bilimlarga ega.
O‘qituvchi darsning har bir bosqichida, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun savol yoki topshiriqlar beradi. O‘quvchilar esa berilgan savol va topshiriqlarga 8-sinf kimyo darsligidan yoki qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaradilar.
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar tekshirib olinishi va yakuniy hulosani o‘qituvchi berishi kerak.
Dars reja asosida shu tarzda davom etadi.
Uglerod-tirik tabiatning asosi
Uglerod tabiatda ko‘mir va karbonat minerallari shaklida uchraydi
Olmos va grafit-uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlaridir.
Karbin va fulleren-uglerodning sun’iy allotropik shakl o‘zgarishidir.
Uglerodning O‘zbekistondagi zahiralari va amaliy ahamiyatini tushuntirishda quyidagi sitatadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: «...O‘zbekiston katta ko‘mir zahiralariga ega. Uning geologik zahiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zahirasi-2 milliard tonna.
Ular orasida Angren ko‘mir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda ko‘mir zahiralari ilg‘or hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150-250 metr chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarini ochiq usulda, yer osti usulida va yer ostida gazga aylantirish usulida qazib olinmoqda. Bunda chiqitsiz texnologiyadan foydalanilmoqda...» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 236-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |