Тo‘yingan uglevodorodlar-uglerod atomlari o‘zaro oddiy bog‘ bilan, qolgan valentliklari vodorod bilan to‘yingan uglevodorodlardir
Тo‘yingan uglevodorodlar-atsiklik va alitsiklik uglevodorodlarga bo‘linadi
Atsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo‘lmagan alifatik uglevodorodlar
Alitsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar
Metan organik birikmalarning birinchi vakili bo‘lgani uchun, o‘quvchilarga batafsilroq ma’lumot berish lozim.
N atijada uglerod atomining tashqi energetik pog‘onasida 4 ta toq elektron hosil bo‘lib, IV valentli bo‘lib qoladi.
Bu yerda hosil bo‘lgan 4 ta toq elektron gibridlanadi:
O‘quvchilarda eglevodorodlar haqida mustaqil BKM lar shakllanishi uchun bir qator mustaqil topshiriqlar beriladi.
Uglevodorodlar tabiatda eng ko‘p tarqalgan moddalar bo‘lib, ular halq ho‘jaligida katta ahamiyatga ega. Siz qanday uglevodorodlarni kundalik turmushingizda uchratgansiz? (tabiiy gaz, neft mahsulotlari). Ulardan qanday maqsadlardad foydalaniladi?
Uglevodorodlardan sintetik yo‘l bilan olingan polimerlarni ko‘rganmisiz. Qayerlarda, qanday maqsadlarda foydalangansiz? (polietilen plyonkalari, polietilendan tayyorlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari va …)
Mustaqil topshiriqni bajarishda sinfdagi barcha o‘quvchilarni ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi savollar bilan o‘quvchilarning egallagan bilimlari aniqlanadi.
Organik moddalar tarkibiga qanday elementlar kiradi?
Uglevodorodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?
Vatanimizning qaysi hududlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir konlari bor?
Uglevodorodlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
37-DARS. Metan.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga metan, to‘yingan uglevodorodlarning gomologik qatori, xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:
Metanning gomologik qatori.
Izomeriyasi va nomenklaturasi.
Fizikaviy xossalari.
Kimyoviy xossalari.
Olinishi.
Ishlatilishi.
Sikloparafinlar
Тabiatda metanga o‘xshash juda ko‘p uglevodorodlar mavjud. Bular metanning gomologlaridir (grekcha «gomolog»-o‘xshash).
2-jadval
Formulasi
|
Nomi
|
Tqayn. °C, n.sh. da holati
|
Radikal
|
Radikal nomi
|
CH4
|
Metan
|
-161,6
|
Gaz
|
-CH3
|
Metil
|
C2H6
|
Etan
|
-88,6
|
Gaz
|
-C2H5
|
Etil
|
C3H8
|
Propan
|
-42,1
|
Gaz
|
-C3H7
|
Propil
|
C4H10
|
Butan
|
-0,5
|
Gaz
|
-C4H9
|
Butil
|
C5H12
|
Pentan
|
36,07
|
Suyuq
|
-C5H11
|
Pentil
|
C6H14
|
Geksan
|
68,7
|
Suyuq
|
-C6H13
|
Geksil
|
C7H16
|
Geptan
|
98,5
|
Suyuq
|
-C7H15
|
Geptil
|
C8H18
|
Oktan
|
125,6
|
Suyuq
|
-C8H17
|
Oktil
|
C9H20
|
Nonan
|
150,7
|
Suyuq
|
-C9H19
|
Nonil
|
C10H22
|
Dekan
|
174,0
|
Suyuq
|
-C10H21
|
Detsil
|
Har qaysi uglevodorod o‘zidan oldingi uglevodoroddan CH2 atomlar guruhiga farq qiladi. CH2-gomologik farq deb ataladi.
Metanning gomologik qatori CnH2n2 umumiy formulaga ega.
Metanning gomologik qatori a’zolarining fizikaviy xossalari 2-jadvaldan ko‘rinib turibdi. CH4 dan C5H12 gacha gaz, C5H12 dan C15H32 gacha suyuqlik, C16H34 dan boshlab qattiq moddalardir. Ularning nisbiy molekulyar massalari ortib borishi bilan qaynash va suyuqlanish haroratlari ortib boradi.
Izomeriyasi. Тo‘yingan uglevodorodlarda molekulyar massani ortib borishi bilan izomerlari ham ortib boradi. Masalan, butanda-2 ta, pentanda-3 ta, geksanda-5 ta, dekanda-75 ta izomer mavjud.
C 6H12-geksanning 5 ta izomeri quyidagicha tuzilishga ega:
Nomlanishi.
Formuladagi uglerodning eng uzun zanjiri topiladi va tarmoq yaqin tomondan boshlab raqamlanadi.
R adikalning nomi qaysi raqamli uglerod atomida turganligini ko‘rsatib aytiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |