Ma’ruza № Alkanlar



Download 42,92 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi42,92 Kb.
#893828
Bog'liq
Ma’ruza № Alkanlar


Ma’ruza № 2. Alkanlar
Alkanlarning gomologik qatori, gomologik qator farqi. Izomerlanishi, nomlanishi-tasodifiy, ratsional, IYUPAK nomenklaturasi
Yeng oddiy organik birikmalar uglevodorodlardir. Molekulasidagi uglerod atomlari o‘zaro oddiy bog‘ bilan bog‘langan, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan to‘yingan uglevodorodlar alkanlar deyiladi. Alkanlarning dastlabki vakili CH4 metandir, undan keyin S2N6 etan, С3Н8 propan, С4Н10 butan, С5Н12 pentan, С6Н14 geksan, С7Н16 geptan, С8Н18 oktan va hakozo umumiy formulasi CnH2n+2 N2nQ2 va bir-biridan CH2 guruhga farq qiluvchi qatorni alkanlarning gomologik qatori deyiladi. Metan vodorodlarini alkil radikallariga almashtirishdan boshqa alkanlarni hosil qilish mumkin. Alkanlar tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjirli bo‘ladi. Izomeriya hodisasi butandan boshlanadi:

Alkanlarni nomlash. Organik birikmalar uch xil nomenklatura bo‘yicha nomlanadi: tasodifiy (empirik), ratsional va IYUPAK bo‘yicha.
Tasodifiy nomlash: bu nomlash moddaning ochilish tarixi yoki uning olish manba’i bilan bog‘liqdir. M-n. CH4 -metan botqoq gazi, НСOOН-chumoli kislota, CH3CHOНСOOН-sut kislota va h.k.
Rasional nomlash: barcha alkanlar gomologik qatorning dastlabki vakili metanning bitta yoki bir necha vodorodini boshqa radikallarga almashingan hosilasi deb qaraladi:

Bu nomlash murakkab bo‘lmagan alkanlarni nomlash uchun qulaydir.
IYUPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash
Alkanlarni IYUPAK bo‘yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabul qilingan:
1.Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga bog‘langan alkil radikali o‘rinbosar sifatida qaraladi;
2.Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo‘lgan tomonidan boshlanadi;
3.Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida o‘rinbosarlar joylashgan bo‘lsa, nomlanganda nomer har bir o‘rinbosarga qo‘yiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil o‘rinbosarlarning soni di-, tri-, tetra- va h.k. grek sonlari bilan ko‘rsatiladi.
4.Alkan molekulasida turli o‘rinbosarlar bo‘lib, ular uglerod atomlarining soni va tarmoqlanish darajasi bilan farq qilsa, alkanni nomlashda o‘rinbosarlar alfavit bo‘yicha nomlanadi.

5-Izopropil-2,5-dimetil-4-etilnonan
5.Alkanning tarmoqlangan uzun zanjiri nomerlanadi, nomerlash uglevodorod asosiy zanjiri bilan bog‘langan uglerod atomidan boshlanadi. O‘rinbosar nomi qavs ichida yoziladi:

2-Metil-5-(1,2-dimetilpropil)nonan

5-(1-metilpropil)dekan, 5-ikkilamchi-butil-2-metil dekan
Uglerod atomlari birlamchi (-), ikkilamchi (q), uchlamchi () va to‘rtlamchi ( ) bo‘ladi. Bitta uglerod bilan bog‘langan uglerod atomiga birlamchi, ikkita bilan bog‘langaniga ikkilamchi, uchta bilan bog‘langan bo‘lsa uchlamchi va to‘rtta bilan bog‘langan bo‘lsa to‘rtlamchi uglerod atomi deyiladi. M-n:



Alkan molekulasidan bitta vodorod tortib olinsa alkil radikali hosil bo‘ladi:

Alkil radikalining nomi alkanning -an qo‘shimchasini -il almashtirib hosil qilinadi. CH3-metil, CH3CH2-etil, CH3CH2CH2-propil, (CH3)2CH-izopropil, С4Н9-butil, CH3CH(CH3)CH2-izobutil, CH3CH2(CH3)CH-ikkilamchi butil, (CH3)3S-uchlamchi butil radikallari.
Tarmoqlangan alkil guruhini nomlash uchun zanjir nomerlanadi:



Nazorat savollari:

  1. Quyidagi uglevodorodlarni qaysi biri alkanlar: C5Н12, С7Н14, С8Н18, С10Н22, С22Н44, С8Н6

  2. 8, 10, 13 uglerod atomi tutgan alkanlarni formulalarini yozing.

  3. Butan, pentan, geksan izomerlarining tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

  4. Geptan izomerlarini yozing va nomlang. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi uglerod atomlarini belgilang.

  5. Tarkibi С8Н18 bo‘lgan alkanni uzun zanjirida 6 ta uglerod atomi tutgan izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va IYUPAK bo‘yicha nomlang.

Adabiyot:

  1. O.YA.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Viysshaya shkola». 1990. С. 83-89.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. С. 60-75.

  3. Dj.Roberts, M.Kaserio Osnoviy organicheskoy ximii. Chast 1. M.: «Mir», 1978. S. 79-91.

  4. A.Terney Sovremennaya organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. С. 89-93.

Download 42,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish