O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda


Erdan foydalanish huquqi– bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi



Download 1,82 Mb.
bet77/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
in

Erdan foydalanish huquqi– bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Erdan foydalanuvchi er egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida erga egalik qilish va erdan foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham to’rt omil – er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda er muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, erni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
Agrar munosabatlarni o’rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o’ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go’yo kapital foyda yoki foiz, er esa renta yaratadi, degan ko’pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg’on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to’g’ri tushunishda renta munosabatlarini o’rganish muhim rol o’ynaydi.

Renta munosabatlari
Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Er rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – erga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi.
Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – erning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas.
Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi erlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish