O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda



Download 1,82 Mb.
bet80/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
Bog'liq
in

Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), erga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); er uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida er faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Er ham qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda erning narxi nima bilan belgilanadi?
Ma’lumki, er inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar er va boshqa tabiat in’omlari narxini irratsional narxlar deb ataydilar. Er uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu er uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog’liq: 1) er uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda erning narxi o’sib boradi.
Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, er uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, erga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida erga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda er narxining o’sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish