12-MAVZU: AGRAR MUNOSABATLAR:IJARA HAQI VA RENTA
REJA:
1.Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari.
2.Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi. Er bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu mnosabatlarning ob’ekti er bo’lsa, uning sub’ekti er egalari, erda xo’jalik yurituvchilar, nihoyat, erga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar o’ta ko’hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati erni ishlashdan boshlangan.
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Erning tovarga aylanishi erga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo’lishi erning tadbirkorlik ob’ekti bo’lishi, erning garovga qo’yilishi nihoyat er uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog’liq. Agrar munosabatlarning ob’ekti bo’lmish er maxsus resurs bo’lganidan uning xususida ham o’zigagina xos bo’lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Er ham har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Erdan tashqarida ishlab chiqarishning bo’lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirgani yo’q. Erda qishloq xo’jaligi yuritiladi, sanoat qurilish korxonalari joylashadi, er ustidan va ostidan yo’llar o’tadi, er qa’riga qazilma boyliklar joylashgan, erda o’rmon xo’jaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko’taradi. Shu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma’lum darajada er bilan bog’langan deb aytamiz.
-qishloq xo’jaligi uchun er asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o’taydi, ma’lumki, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo’lsa ya’ni inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy biologik jarayon bo’lib, mahsulot etishtirish tabiiy omillarga masalan, o’simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o’zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq.
-qishloq xo’jaligi insonning tabiatiga bo’lgan munosabati bilan kishilarning o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs er bo’lib, u hech bir tengi yo’q, tanho o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo er eng cheklangan resurs, mehnat bilan yaratib bo’lmaydi. Ko’pgina resurslar bir-birining o’rnini bosa oladi. Masalan: mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. Erning o’rnini hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o’ta noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, er boshqa resurslarga qo’shimcha sifatida amal qilmaydi.
Masalan: sanoatda stanoklarga qo’shimcha resurs sifatida komp’yuter va uning programmalari qo’llaniladi. Erning boshqa resurs bilan almashtirib bo’lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat ko’p bo’ladi. Shu sababli erga talab muttasil oshib boradi. Bu talab er bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishning kengayishi va erning unumdorligiga qarab o’zgaradi.
Er cheklangan, uni ishlab chiqarib bo’lmaydi, ammo foydalanadigan erlarga investitiya sarflab ko’paytirish mumkin. Masalan: qo’riq erlarni sug’orish va botqoq hamda zax erlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bo’lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz erlar hisobidan qishloq xo’jaligiga yaroqli erlarni ko’paytirish mumkin. Er resursi cheklanganligidan erning taklifi noelastik, ya’ni o’zgarmaydigan bo’ladi. Bu bilan er boshqa resursdan jiddiy farqlanadi. Ma’lumki agar talab oshsa, bunga javoban taklif ham ko’payadi, lekin er bu qoidadan istisno etiladi. chunki er tabiat mevasi bo’lganidan uni mehnat bilan ko’paytirib bo’lmaydi. Er hammabop resurs unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizib qurilish qilish mumkin. Undan har xil maqsadda va har xil yo’l bilan foydalanish mumkin. Er tabiat mahsul bo’lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, er uchastkalari turli tabiiy iqlim mintaqalarida joylashgan, tuproqning tarkibi har xil bo’ladi. Shu sababdan erlarning tabiiy hosildorligi keskin farqlanadi. O’ta yaxshi, o’rtacha. yomon va nihoyat o’ta yomon erlar mavjud. qishloq xo’jaligida erning sifati mehnat unumdorligining muhim omili hisoblanadi. Bu sohadagi unumdorlik, binobarin, ishlab chiqarish samaradorligi, tuproqning tarkibi. erning iqlim sharoiti va nihoyat, er uchastkalardagi geografiy joylashuviga bog’liq. Er qa’ridagi qazilma boyliklar zahirasi, ularning geologik sharoiti, sifati ham bir-biridan farqlanadi. Er tanqisligi resurslarning boshqa sohalaridan qishloq xo’jaligiga yoki undirma sanoatga o’ti-shini cheklaydi, qo’shimcha resurslarning kirib kelishiga halaqit be-radi. Er unumdorlik quvvatining tabiiy sharoitga bog’liqligi qish-loq xo’jaligidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini chegaralab qo’yadi.
Nazariyada tuproq unumdorligining pasayishi qonuni degan qonun olg’a suriladi. Unga binoan erdagi hosildorlikning o’sish me’yori mavjud, hosildorlik cheksiz o’sa olmaydi. Agar hosildorlik o’sish me’yori cheklanmaganda edi, sarfni oshirib borgan holda, olingan hosilga er yuzidagi aholini boqish mumkin bo’lar edi.Ammso bunday imkon yo’q. Gap shundaki, erni 100 marta haydash, keragidan o’n marta ko’p o’g’it berish yoki 5 marta ko’p urug’ ekish bilan hosildorlik o’sib qolmaydi.
Aytilgan resurslar ma’lum me’yorda sarflansa, hosil ma’lum me’yorda ortishi mumkin. Er hosildorligini o’stirish imkoni cheklanganligi sababi yangi erlar ochiladi, ekin maydoni kengaytiralida. Hosildorlikni oshira borish doirasida erning sifati yaxshilanadi, ya’ni erning tabiiy kuchiga kuch qo’shiladi.
Erga 2 xil monopoliya mavjud bo’ladi. Birinchidan, er qadr-qiymati baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi. џ’ni egasi yo’q er bo’lmaydi. Er cheklangan miqdorda bo’lganidan uni mulk sifatida ko’paytirib ham bo’lmaydi. Bunday hodisa erga mablag’ sarflashni uning egasiga bog’liq qilib qo’yadi. Er egasining mulkdor sifatida manfaati bor. џya’ni u o’z eridan naf ko’rish kerak. Shu sababli er ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan foydalanish haqini to’lash zarur. Ikkinchidan, er xo’jalik yuritish ob’ekti sifatida egallab olinadi, ya’ni turli xil xo’jaliklar tashkil topadi, yaroqli er bo’sh turmaydi. Xullas yaroqli erlar doim band bo’ladi. Er resursi sifatida egalari qo’lida bo’lar ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo’jaliklari o’rtasida munosabat er xususida ham bo’ladi. Er mulk bo’lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib bo’lmaydi, undan foydalanish uchun uni egasiga haq to’lash kerak. Er o’z egasining mulki bo’lib. qolgani holda vaqtinchalik boshqa mulk sohibi, xususan tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin.
O’zbeksiton iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirish bozor munosabatlariga o’tishning asosiy hal qiluvchi bo’g’inidir. O’zbekistonda aholining 65% qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotni 1G’4 qismi valyuta tushumining 55%idan ko’prog’ini qishloq xo’jaligi beradi. qishloq xo’jaligi respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g’alla, go’sht va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
D.Rikardo er rentasini tahlil qilib katta yutuqlarga erishdi. U renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslab tekshirdi. Rentaning manbai, mulkiy munosabatlar sharo-itida erga qilinadigan mehnatdir deb hisoblaydi. Erning resurs cheklanganligi, unumdorligi, va joylashuvi turlicha bo’lgan erlarni ishlanishi tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymati yomon er uchastkalaridagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday erlar sohibkorga o’rtacha foyda beradi va renta bermaydi. Nisabatan yaxshi erlarda foyda o’rtacha normadan yuqori bo’ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida er egasi tomonidan olinadi. Rikardo bu bilan differential renta hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. D.Rikardo xususiy mulkchilik sharoitida yomon erlar ma’lum miqdorda renta keltirish mumkinligini inkor etdi, ya’ni absolyut er rentasi mavjudligini ko’rmaydi.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu erda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqiladi.
Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor er rentasiga qaratiladi. Er rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tilib, mavzu so’ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |