O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda


Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi



Download 1,82 Mb.
bet72/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158
Bog'liq
in

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o’sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o’rtacha umumiy, o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
;
bu erda: AC – o’rtacha umumiy xarajatlar;
TS – yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
;
bu erda: AFC – o’rtacha doimiy xarajatlar;
TFC – doimiy xarajatlar summasi.
O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar o’zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
;
bu erda: AVC – o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar;
TVC – o’zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shuningdek, o’rtacha umumiy xarajatlarni o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarning yig’indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
AC q AFC Q AVC.

Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo’lib so’nggi qo’shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo so’nggi qo’shilgan xarajat deb, mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarga aytiladi:


;
bu erda: MS – so’nggi qo’shilgan xarajat;
∆TS – umumiy xarajatlarning o’zgarishi;
∆Q - mahsulot miqdorining o’zgarishi.
Qo’shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo’shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning qo’shilgan birligini ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlar o’rtacha qo’shilgan xarajatlar deyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun etarli bo’lishi mumkin.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish