Iqtisodiyotning umumlashma korsatkichlari. Ishlab chiqarish jarayonida juda ham xilma-xil mahsulotlar yaratiladi, turli-tuman xizmatlar korsatiladi, manaviy nehmatlar vujudga keltiriladi. Ular malum iqtisodiy korsatkichlar yordamida hisoblab boriladi,baholanadi. Bu ish iqtisodiyotning holatini aniqlash,nehmatlarni togri taqsimlash, ayirboshlash va maqsadli istemol qilish uchun bajariladi. Iqtisodiyotning holati, jamiyatning boyligi, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi butun bir iqtisodiy korsatkichlar tizimi orqali olchanadi: ularning bahzilari umumiy xarakterga, bahzilari xususiy xarakterga egadir.Butun ijtimoiy ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi, yaratilgan nehmatlar yigindisi jami ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy ishlab chiqarish sohasida band bolgan barcha hodimlarning mehnat maxsulidir. U buyuk shaklida ishlab chiqarish vositalaridan va istemol buyumlaridan iborat boladi. Bozor munosabatlari hukm sorgan sharoitda jami ijtimoiy mahsulot yana qiymat shaklida ham hisoblanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning qiymat (pul) korinishi orqali mamlakat iqtisodiyotida ruy bergan miqdor ozgarishlari (iqtisodiy osish yoki iqtisodiy inqiroz) bilib boriladi.
Jami ijtimoiy mahsulotning pul ifodasi malum muddatlarga katgiy baholanadi, mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi. Iqtisodiyotning umumlashma korsatkichlaridan yana biri yalpi milliy mahsulotdir, u mamlakatdagi butun iqtisodiy faoliyatning tuda ifodasi hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot jami ijtimoiy mahsulotdan shu bilan farq qiladiki, u nafaqat moddiy ishlab chiqarishning bir yillik natijasi, shu bilan birga noishlab chiqarish sohasining, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidir. YAlpi milliy mahsulot mamlakatdagi barcha korxonalar (ularning qaysi idoraga buysunishidan, qanday mulk shakliga mansubligidan kathiy nazar), tashkilotlar, idoralar, kooperativlar, uyushmalar, firmalar, kontsernlar, korporatsiya yoki kompaniyalarning yillik faoliyat ifodasidir. SHuning uchun yalpi milliy mahsulotni yaratishda xususiy, oila yakka mehnat bilan shugullanuvchi barcha ishlab chiqaruvchilar, xizmat korsatuvchilar, boshqaruvchi va ilmiy-texnik hodimlar ham ishtirok etadi.
Yalpi milliy mahsulot tarkibida xizmatlar ham muhim, salmoqli orin tutadi. SHuning uchun yalpi milliy mahsulotni kopaytirishda mamlakat xalq xojaligining barcha tarmoqlarini safarbar qilish, har bir kishi faoliyatini yaxshilash katta ahamiyat kasb etadi.
Yalpi milliy mahsulotning bir qismi sof mahsulotdir.
Sof mahsulot jamiyatda malum bir davrda butunlay yangidan yaratilgan mahsulotdir, u sarf qilingan jonli mehnatning moddiylashgan ifodasidir. U yangidan yaratilgan mahsulot deb ham ataladi.Sof madsulot ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini korsatuvchi muhim kategoriyadir.Sof mahsulot iqtisodiy hayotda sof daromad korinishida namoyon boladi. Sof daromad korxona yoki firmalarning pul shaklidagi umumiy korinishidir. Biroq ular miqdor jihatdan farq qiladi; sof mahsulot malum miqdorga (agar milliy valyuta barqarorligi taminlanib turilgan bolsa) sof daromaddan kamroqdir. Sof daromad kategoriyasi orqali korxonalar iqtisodiy faoliyatiga baho berilishi mumkin. Zero, bu faoliyat samaradorligi boshqa korsatkichlarda ham ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |