Menejmentlik va marketing kabilar ham malum manoda ishlab chiqarishning omili sifatida maydonga chikmokda. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga otish davrida mamlakatimizda bu ilmlarni egallashga katta ehtibor berilmoqda, iqtisod fanining muhim boginlari sifatida va bozor iqtisodiyoti tizimida alohida kasb fan tariqasida shakllantirilmoqda.Mulkdorlar sinfi shakllanganligi sharoitida ishlab chiqarish subhektlarining ana shu bilimlarni egallashi obhektiv zaruratga aylanishi darkor.
Bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik omilining ahamiyati.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti unsurlaridan biri bolib biznesning alohida shakli. Bozor iqtisodiyotiga otish odatdagi faoliyatni kuchaytirish, ozidagi imkoniyat, mol-mulk, sarmoya va intellektual salohiyatni tula-toqis ishga solish orqali yaxshi daromad olish,yaxshi yashash uchun harakat demakdir. Keng manoda biznes turli yollar va vositalar bilan, mamlakatda amal qilayotgan qonun va tadbirlar doirasida bir ish turi bilan shugullanib pul topish, daromadlarni orttirishdir. Biroq, tadbirkorlik har qanday yol bilan pul topish emas, balki boylikni, pulni yaratuvchilik faoliyati orqali, ishlab chiqarish, xizmat korsatish, ijodkorlik ishi bilan shugullanish orqali topishdir. Tadbirkorlikka tijorat va iqtisodiy faoliyat qilishda vositachilik «dallollik» (brokerlik, dilerlik, kreditorlik) faoliyatlari ham kiradi. Zero, tijoratchi zaxmat chekib ozoq yurtlardan tovar olib keladi, mahalliy bozorlarni tuyintirishga xizmat qiladi. U bu faoliyati uchun malum sarmoya avanslaydi va foyda topish maqsadida yugurib oladi. Tijoratchilar keltirilgan tovarlar harajatlari ustiga ortacha foyda qoyib sotish orqali tijoratchilik daromadi oladi, tijorat fojeaini ozlashtiradi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov uqtiradiki, orta va kichik tadbirkorlik (ishlab chiqarish) iqtisodiy tanglikdan olib chiqishning, yuksak rivojla-nishga chiqib olishning asosiy iqtisodiy vositasi taraqqiyot lokomotividir'.
Xosh ishlab chiqarishning bu omili subhektlari kimlar bolishi mumkin? Bular yakka va birlashib faoliyat qiluvchilardir. Demak, tadbirkorlarning bu sinfini shakllantirish uchun subhektlar mamlakatimizda etarlidir.
Tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarishning eng ommaviy omili bola oladimi? Bu savolga ijobiy javob berish mumkin. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti talabni tolaroq qondirishni taqozo etadi. SHunday ekan, jamiyatimizning har bir ongli fuqarosi oz istemolini tolaroq qondirishga tadbirkorlik qilishi kerak. Iqtisodiyot ilmida buni istemolchilik tadbirkorligi deb ataladi. Istemolchi (xaridor) oz daromadini shunday taqsimlashi kerakki, oqibatida uning eng zarur talablari qondirilsin. Agar har bir tadbirkorni ham istemolchi ekaninin etirof etsak, aytish mumkinki, respublikamiz bunday omilni ishga solish orqali ozining buyuk kelajagini yaratishiga shubha qolmaydi.
Tadbirkorlik yaratuvchilik bolib, biznesni rivojlantirishga qaratilgan alohida faoliyat turidir. Bu faoliyat «Ozbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati togrisida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunda korsatiladiki, «Tadbirkorlik mulkchilik subhektlarining fonda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat korsatishdir».
Ishlab chiqarishning bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida shakli bolgan Tadbirkorlik malum shartlarga asoslanadi. «Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi» darsligida quyidagi shartlar sanab otiladi:
1) Mulk egasi bolish yoki ishlab chiqarishning biron-bir omiliga ega bolish;
2) iqtisodiy faoliyatda erkin bolish, hamkorlar bilan teng huquqlarga asoslanish; 3) Mashuliyatni oz zimmasiga olish; tavakkalchilik qilish, kerak bolsa, hatto xatarli ishga qol urish,
4) Foyda olishga intilish;
5) Tijorat sirini saqlash;
6) Raqobatda faol bolish;
7) Tadbirkorlik ishi obro ehtibor qozonish, boshqalar ishonchini qozonish,kabilar.
Hozirgi zamon tadbirkorlari uchun eng muhim xislat doimo yangilikka intilish, birinchilardan bolish,barcha resurslardan oqilona foydalanish, ozi va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan toldirishdir.
Tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning eng zarur va zamonaviy omili ekanligidan kelib chiqib Prezident I. A. Karimov mamlakatimizda tadbirkorlar sinfini, xususan orta tadbirkorlar sinfini shakllantirish vazifasini qoydi.
Ishlab chiqarish natijasining ishlab chiqarish omilidan foydalanishga bogliqligi. Biz yuqorida ishlab chiqarish omillarning kopligi va ularning ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida yana ham kopayib borayotgani xususida soz yuritdik. Albatta, hamma omillar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotda gavdalanadi,ularning har biri oz ulushi yoki orniga ega boladi. Agar biz bir omil biron-bir mahsulot ishlab chiqarishga ishlatiladi deb faraz qilsak, bogliqdikni kuyidagicha tahriflashimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |