M = F(A)
Bu erda M mahsulot (tovar), A ~ ishlab chiqarish omillari.
Malumki, har qanday mahsulot, u juda ham elementar (oddiy) bolsa ham uni yaratish uchun bir emas,bir qancha ishlab chiqarish omillari ishlatiladi (istemol qilinadi). Agar biz biron-bir mahsulotni (tovarni) bir qancha omillardan foydalanib ishlab chiqarilishini faraz qilsak, u holda bu funktsional bogliqlikni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
M-R (A+B+V+G+D+E...)
Bu erda: M mahsulot (tovar)
A+B+V+G+D+E... ishlab chiqarish omillari.
Odamlarning kopayib borishi, buning ustiga ularning istemolining ham miqdor, ham sifat, ham mahsulot turlari (assortiment) boyicha ortib borishi tufayli tabiiy resurslar tobora kamayib bormoqda. Insoniyat tabiiy resurslarning etishmovchiligi havfi ostida qolmoqda. Bunday sharoitda fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqish omillarining sunhiy turlarini hamda ularning orinbosar turlarini iqtisodiyot jabhasiga tormoqda. Buning ustiga tejamli va chiqindisiz texnologiya kirib kelayotir. Natijada istemol nehmatlarining yangi turlari vujudga kelish bilan bir vaqtda ijtimoiy mahsulotlar miqdori (hajmi) ham ortib borayotir. Boshqacha aytganda, qoshimcha mahsulot ishlab chiqarish kopaymoqda. Qoshimcha mahsulot (ishlab chiqarish omillari tola qoplangandan qolgan mahsulot) esa ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, yangi texnologiya joriy etish, ish kuchi omili sifatini orttirish, yangi ishlab chiqarishni investitsiyalash imkoniyatini beradi. Qoshimcha mahsulot har qanday mamlakat yoki jamiyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining beqiyos omilidir. Ilm-fan, texnika-texnologiya rivojlanib borarkan (bu tabiiy jarayon) qoshimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari ham kengaya boradi.
Ishlab chiqarish natijalarining ortib borishi deganda mamlakat yalpi ichki mahsuloti, yalpi milliy mahsuloti, qoshimcha mahsuloti kabilarning, umuman moddiy va nafaqat nehmatlar va xizmatlarning miqdor (hajm) jihatdan muttasil kopayib borishigina tushinilmaydi. Albatta, miqdoriy osishning ahamiyati beqiyos. Biroq», nehmatlar miqdoran kop bolsa-yu, ularning istemol qiymati, foydaliligi, ehtiyojlarni qondira olish xususiyatlari past bolsa, ijtimoiy ishlab chiqarishdan konikish hosil qilmasliklari mumkin. Demak, ishlab chiqarishning shunchaki miqdoran ortishiga emas, uning samaradorligini ortishi (sifatining yaxshilanishi) muhimroqdir. Zero, samaradorlik korsatkichida ishlab chiqarishning pirovard natijasi tolaligicha namoyon boladi. Unda ishlab chiqarish omillaridan tejalishi, ham tejamli va ekologik sof texnologiya qollash ham, sifatli tovarlar yaratilishi ham oz ifodasini topadi. SHunday ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini ozida ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |