Mulkchilik shakllari xilma-xil bo’lgani maqulmi yoki aksincha bo’lganimi?
Mavjud tarixiy taraqqiyot davrining mazmunini birinchi navbatda, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishning qanday shakllarda bolishi belgilaydi. Jamiyatning har tomonlama taraqqiy topishi, aholi farovonligining taminlanishi mulk shakllarining xilma-xil bolishini taqozo etadi, bunda mulk tizimida biron-bir mulk shaklining yakkahokimligiga yol qoyilmaganligi maquldir. Shu bilan birga xilma-xil mulk shakllari ortasida huquqiy-iqtisodiy tenglik vujudga keltirilishi kerak. Buning uchun esa davlatga qarashli mulkni uning tasarrufidan chiqarish, uning katta qismini boshqa mulk shakllariga aylantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim. Ana shu maqsadda Ozbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida qonun qabul qilindi. Bu qonunning amalga oshirilishi jarayonida turli mulk-chilik va aralash iqtisodiyot tarkib topishi kutilmoqda.
Iqtisodiyotimizda xususiy mulkchilikning paydo bolishi havfli emasmi?
Mamlakatimizda jahon hamjamiyatida amal qilayotgan bozor munosabatlariga kirib borilmoqda, uning iqtisodiy asoslari yaratilmoqda. Ana shunday iqtisodiy asoslardan biri mulkiy munosabatlarda xilma-xillikka erishishdir. Ozbekistonda mulkchilik qonuniga asosan turli mulkchilik qaror topmoqda. Respublikamiz mulk tizimida davlat mulki, korporativ mulk, jamoa mulkchiligi, xissadorlik (aktsionerlik) mulki, aralash mulk, qoshma mulk, xususiy mulk, shaxsiy mulk, oila va yakka tartibdagi mulk kabi mulk shakllari paydo bolmoqda. Hayot taqozo etgan, bozor iqtisodiyoti talab etadigan boshqa mulk shakllari ham vujudga kelishi mumkin. Malumki, bozor munosabatlari sharoitida yashayotgan barcha mamlakatlarda davlat mulki mulk tizimida taxminan 2530 foiz atrofida saqlanib qolayotir; ikkinchidan, hozir iqtisodiyotda shunday salohiyatdagi tarmoqlar, korxonalar borki, ayrim xususiy sohibkorlar, kompaniya va korporatsiyalar ularni tasarruf eta olmaydi, samarali boshqara olmaydi. Bular jumlasiga qazib olish sanoati, yoqilgi-energetika majmuasi, mashinasozlik, kimyo sanoati, temir yollar, aloqa vositalari kabilar kiradi; uchinchi-dan, iqtisodiyotning, mamlakat hayotining shunday tarmoqlari va yonalishlari borki, ular faqat davlat qolida bolgandagina iqtisodiy samara beradi, davlat mamlakat xalqining mushtarak manfaatlariga xizmat qila oladi, mamlakat havfsizligi va dahlsizligini taminlaydi. Bular jumlasiga yuqorida sanab otilgan tarmoqlarning ayrimlari bilan birga yana harbiy sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xojaligi, madaniyat, maorif, tibbiyot va boshqa majmualar kiradi. Bularning davlat ixtiyorida bolishi umummilliy manfaatlarga muvofiq keladi.
Xususiy mulkchilikning vujudga keltirilishi ham davlat va xalq manfaatlariga zarar yetkazmaydi. Gap shundaki, bir tomondan, xususiy mulkchilik bozor iqtisodiyoti-ga otishning eng dolzarb masalasidir, uning iqtisodiy asoslaridan biridir. Ikkinchi tomondan, respublikamiz sharoitida xususiy mulkchilik obekti qilib savdo, umumiy ovqatlanish, orta va mayda ishlab chiqarish, maishiy xizmat sohalari olinmoqda. Ayniqsa, mayda va orta ishlab chiqarish yonalishlari bozor talablariga tez moslashuv-chan bolishi bilan birga katta sarmoya talab qilmaydi, ularni xususiy soxibkorlar bemalol tasarruf etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |