9-Mavzu: Xojalik yuritish shakllari. Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va ularning ozgarishi.
(2 soat maruza)
Reja:
Xojalik yuritish shakllari.
Ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarning moxiyati va umumiy belgilari.
Ijtimoiy - iqtisodiy tizim turlari va ularni farklantiruvchi mezonlar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarning xususiyatlari.
Aralash iqtisodiyot va uning kup ukladli iqtisodiyot ekanligi.
Tayanch soz va iboralar:
Oila xojaligi, dehqon xojaligi, fermer xojaligi, Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, monotizm, politizm, aralash iqtisodiyot, formatsiya, ishlab chiqarish omillarining birikishi, ishlab chiqarish usuli, iqtisodiy munosabatlar.
Xojalik yuritish shakllari quyidagilardan iborat:
1. Yakka tartibda xojalik yuritish;
2. Uy-oila xojaligi;
3. Dehqon xojaligi;
4. Fermer xojaligi;
5. Qoshma korxona.
Yakka tartibda xojalik yuritish yuridik shaxsni tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritilishi.
Yakka tartibda xojalik yuritishda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan hodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida oziga tegishli bolgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yol qoyadigan ozga ashyoviy huquq tufayli oziga tegishli bolgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalan/0gan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin ortasidagi ozga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bolmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Xojalik yuritish shakllarining keyingi yirik bolinmasi oila xojaligidir. Bu bozor iqtisodiyotida ikki yoqlama xususiyatga ega. Bir tomondan, oila xojaligi ishlab chiqarish resurslari egalari bolsa, ikkinchi tomondan, sarf-xarajatlarni amalga oshiruvchilardan iborat boladi, yani ular ham taklif, ham talab shakllanishida ishtirok etadilar. Uy xojaligining daromad oluvchi sifatida qatnashuvida mulkdan (capital, ish kuchi, yer, ssuda, ishlab chiqarish vositalaridan) foydalanish harakati va shaxsiy taqsimotdagi qatnashuvini farqlay bilish kerak. Foydalanish harakati ishlab chiqarish jarayonida daromad olish bilan bogliq boladi. Masalan, ish haqi ishlab chiqaruvchilarga bevosita bajarilgan ish uchun berilsa, renta va protsent resurslardan foydalanish uchun tolanadi.Foyda esa xojalik egalariga qoladi. Shaxsiy taqsimotni olsak, foydalanish harakatidagi taqsimotga qaram bolib, ayrim uy xojaliklari ortasida jami daromad taqsimlanishi usuliga bogliqdir.
Uy xojaligini sarf-xarajat nuqtai nazardan oladigan bolsak, bunda ularni oz daromadlarining taqsimlovchisi sifatida koramiz. Daromadlarning bir qismi esa istemol va jamgarmaga aylantiriladi. Shaxsiy istemol qismi yana ishlab chiqarishga tushadi, chunki ishlab chiqaruvchilardan tovarlar, xizmatlar sotib olinadi. Jamgarma qismi esa banklarga qoyiladi, sugurtaga, aktsiya va obligatsiyalarga aylantiriladi. Jamgarmaning uy xojaligi daromadidagi alohida qismi bozor ishtirokchilari tomonidan uy-joy sotib-olish, uzoq muddat foydalaniladigan asboblar va jihozlar uchun sarf etilib, uy xojaligining kelajak daromadlari himoyalanadi.
Dehqon xojaligi oilaviy mayday Tovar xojaligi bolib, oila azolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshligiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xojaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xojaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xojaligi azolarining istagiga kora yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xojaligi oz faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Fermer xojaligi oziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda Tovar qishloq xojaligi ishlab chiqarishi bilan shugullanuvchi fermer xojaligi azolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xojalik yurituvchi subektdir.
Fermer xojaligi azolari jumlasiga fermer xojaligini birgalikda yuritayotgan, bu xojalikdagi ish ozining asosiy mehnat faoliyati joyi bolgan fermer xojaligining raxbari, uning turmush ortogI, bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olingan bolalari, ota-onalari, boshqa qarindoshlari hamda mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa shaxslar kiradi.
Fermer xojaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xojaligi azosi hisoblanmaydi.
Malumki, biz jamiyat ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini "ijtimoiy taraqqiyot" deb yuritamiz. Ijtimoiy taraqqiyot uz rivojlanish davrida quyi bosqichdan yuqori bosqichga otishi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi oz taraqqiyoti davrida tort bosqichni bosib otdi:
1. Tabiiy-texnologik bosqich - ibtidoiy ishlab chiqarish usuli paydo bolishi va rivojlanishdan iborat bolib, bunda asosiy mexnat vositasi kishilar qismi xisoblanadi, faqatgina ular eng oddiy tabiat qismlarini qayta ishlash yoli bilan ulardan tirikchilik uchun foydalanganlar. Mexnat qurollari kaltak, tayoq, tosh, suyak va boshqalar bolgan.
2. Texnika taraqqiyoti bosqichi - bu olovdan foydalanib, mexnat qurollarini metaldan (mis, bronza, temir) tayyorlab, ulardan keyinchalik keng kolamda foydalanilganligini bildiradi. Natijada bu jamiyatni rivojlanishiga olib keldi va ibtidoiy jamiyat oz-ozini quldorlik jamiyatiga, u esa oz navbatida feodal jamiyatiga boshatib berdi.
3. Fan-texnika taraqqiyoti bosqichi - feodalizm davrida rivojlanib, kapitalizm davrida ozining yuqori pogonasiga kotarildi. Bu davr oz uchiga XVIII oxiri va XIX asr boshlarini qamrab oladi, ilmiy kashfiyotlar asosida kapitalizmning moddiy-texnika bazasi xisoblangan yirik mashinalashgan ishlab chiqarish bosqichi maydoniga keldi.
4. Fan-texnika revolyutsiyasi bosqichi - bu asosan XX asrning 50 yillariga mansub bolib, bu davrda fan soxasida ulkan kashfiyotlar qilindi. Bu davrda fan jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi.
Demak, mana shu bosqichlarda turli ijtimoiy - iqtisodiy tizimlar paydo boldi va ular malum davr yashaganidan song oz orinlarini ozlaridan kuchliroq rivojlangan boshqa tizimga boshatib beradilar. Xar bir tizim malum davrda amal qiladi, oz imkoniyatlarini tugallagach, uning orniga yangi tizim keladi.
Tizim - bu jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, ozaro bir-birini taqozo etuvchi va tasir otkazuvchi unsurlarining yigindisidir.
Tizim deganda, unda amal qiluvchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning ular ortasida qiladigan ishlab chiqarish munosabatlari tushunamiz. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimining moddiy tomonini ifodalaydi. Tizimda nomoddiy munosabatlarni xam koramiz, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega boladi. Ammo ularning xar birida iqtisodiyot muxri bor. Xar bir tizimining oz iqtisodiyotiga mos tushadigan oz dunyo qarashi mavjud boladi, bu dunyo qarashlar turli g’oyalar majmuasidan kelib chiqadi. Mashxur ingliz iqtisodchisi D.M.Keyns aytganidek "Dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g’oyasi" boshqarib turadi. Masalan, bozor tizimiga mos g’oya - bu erkinlik va demokratiya goyasidir. Totalitar iqtisodiyot tizimida tobelik va itoatkorlik goyasi birlamchi boladi. Goyalar yaratuvchanlikdan va buzg’unchilikdan iborat boladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimga iqtisodiy faoliyat natijasi bolgan YaMM xam kiradi. U oz ichki tuzilishiga ega bolib, ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari sifatida ozlashtiriladi. Bir tizimda natural maxsulot asosiy bolsa, ikkinchisida tovar maxsulot yetakshi orinda turadi.
Barcha tizimda bir-biridan tubdan farq qilishi bilan birga umumiy belgilarga ega. Tizimlar uchun umumiy belgi ularda muvozanatning mavjudligidir. Muvozanat tizimning turli tomonlari ortasidagi muvofiqlidir. Muvozanatning statik (bir xolatdagi ) va dinamik (ozgaruvchan) korinishdagi mavjud tizim normal rivojlanishi uchun statik va dinamik muvozanatlar ozaro bog’liqdagi bolishi zarur.
Turli tizimlarga baxo berilganida ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi mezon boladi.
Insoniyat taraqqiyoti bugungi kungacha turlicha tizimlarni boshdan kechirdi. Tizimlar turli nazariyalarda xar - xil mezon asosida tabaqalashtiriladi.
Marksizm nazariyasida mulkchilik va sinfiy mezonlar asos qilinib, tizimlar formatsiya deb qaraladi. Makrsizm talimotiga kora besh formatsiya mavjud:
Ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va nixoyat kommunizm. Kommunizm eng songgi tizim deb qaraladi.
XX asrning 60 yillarida AQSH olimi U. Rostou "Rivojlanish bosqichlari" nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga kora jamiyat ikki tipga bulinadi:
1. Ananaviy jamiyat.
2. Industrial jamiyat.
SHunga monand ravishda iqtisodiy rivojlanishinng 6 bosqichi bir-biridan ajratiladi:
1. Ananaviy jamiyat,
2. Otkinchi jamiyat,
3. Industrial jamiyatga otish,
4. Industrial jamiyat,
5. Ommaviy istemol jamiyati,
6. Yangi turmush sifati bor jamiyat.
Ammo jaxonning kopchilik olimlari iqtisodiy tizimlarni tarixan tort turga bolib organadilar.
1. Ananaviy yoki natural iqtisodiy tizim.
2. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
3. Totalitar - rejali yoki buyruqbozlik mamuriy iqtisodiy tizim.
4. Aralash iqtisodiy tizim.
Mulkiy jixatdan qaraganda ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni ikki toifaga ajratish mumkin.
1. Monostrukturali ( bir tarkibli tizimlar). Bu tizimlarning asosiy belgisi bir mulk shaklining xukmron bolishidir. Bunday iqtisodiyot monotizm yoki monoiqtisodiyot deb aytiladi.
2. Turli tuman mulk shakllariga tayangan, ayrim mulk shaklining ustivorligi inkor etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar. Ularni politizm, ularga xos iqtisodni poliiqtisodiyot deyish mumkin.
Poliqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va ijtimoiyistik tizimlarni monoiqtisodiyotga asoslangan tizimlar deb aytish mumkin. Monoiqtisodiyotning klassik korinishiga misol tariqasida kapitalistik tizimni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |