- Ishlovchilar soni;
- Texnika taraqqiyoti;
- Resurslar salohiyati;
- Investitsiya xajmi;
- Ishlovchilarning soni va kasb mahorati;
- Tadbirkorlik qobiliyati;
- Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish.
Iqtisodiy osish mamlakat va millat taqdiri bilan bogliq, iqtisodiy siyosat va inson faoliyati markazida turishi lozim bolgan masaladir. Iqtisodiy osish tufayli jamiyatda chuqur sifat va miqdor ozgarishlar yuz beradi, moddiy va nafaqat nematlarni ishlab chiqarish hajmi oldingi bazaviy davrga nisbatan kopayib boradi, jamiyat hayotining barcha sohalarida rivojlanishga erishiladi. Iqtisodiy osish ustida gapirilar ekan, uning ikki jihatini takidlab otish lozim. Birinchi tomoni iqtisodiy osish kolami, u jamiyat miqyosida qancha miqdor mahsulot va xizmatlar yaratilganligini ifodalaydi. Osish kolami qiymat korsatkichlarida pulda (dollar, som va h.k.) talqin etiladi, shuningdek u miqdoriy korsatkichlarda (tonna tonna/km, metr, kub-metr, litr va h.k.) ham ifodalanadi. Iqtisodiy osishning ikkinchi tomoni osish suratlaridir. Osish surati iqtisodiy osishning nisbiy jihatini ifodalaydi, yani osish tezligini korsatadi. Iqtisodiy osish oldingi davrlarga nisbtan (1, 2, 3, 5, 10 yil va h.k.) olinadi. SHuni qayd etish kerakki, iqisodiyoti rivojlangan, barqaror taqqiyot yoliga tushib olgan mamlakatlarda osish suratlari nisbatan past bolishi, aksincha, iqtisodiyoti qoloq, mamlakatlarda bu korsatkich yuqoripoq bolishi mumkin. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda osish suratlari YaMM hajmiga nisbatan 1,52,6 foiz atrofida bolsa, rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston kabi mamlakatlarda osish suratlari 812 foiz atrofida bolishi kuzatiladi. Biroq, osishning sifat korsatkichi rivojlangan mamlakatlarda salmoqli boladi, yani osish suratining har bir foizida salmoqli osish kolami kuzatiladi. Osishning sifat jihati ham uning miqdoriy jihatidan kam ahamiyatli emas. Zero, mahsulot va xizmatlar sifatining osganligi qoshimcha mahsulot olinganligini ifodalaydi. Masalan, korxona yiliga 200 ming dona traktor ishlab chiqarar edi. Kelgusi davrda uning miqdori ozgarmay kelsa-da, lekin traktorning ish unumdorligi 5 foizga oshgan bolsa, bu korxonada osish yuz berganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy osishning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatidan kelib chiqib, Ozbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kundanoq, bu masalaga jiddiy etibor qaratildi, iqtisodiy osishni ta’minlashga oid qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada 19962000 yillarda otgan 19911992 yillarga qaraganda, iqtisodiyotimizda jiddiy osish suratlari kuzatildi. Bu goyat quvonarli holdir.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi 2006 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida "Yangilanish va barqaror taraqqiyot yolidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish - asosiy vazifa-mizdir" mavzuidagi ma'ruzasida Prezident I. A. Karimov iqtisodiyotimizdagi ijobiy siljishlar, tarkibiy ozgarishlar haqida gururlanib gapirib iqtisodiy osish borasidagi yutuqdarimizni bayon etdi. 2006 yilda:
iqtisodiy osishning barqaror suratlari taminlandi yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, istemol tovarlari 20,6 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, pulli xizmatlar 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga kopaydi. Oltin-valuta zaxiralari 1,6 baravardan ziyod osdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 6,8 foizgacha pasaydi;
investitsiya muhiti yaxshilandi, xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etish kolamlari osib, hajmi 25,4 foizga kopaydi. Investitsiyalar umumiy hajmining 68,3 foizi ishlab chiqarish sektoriga jalb etildi, texnologiya parkini yangilashga va yangi asbob-uskunalar sotib olishga jami investitsiyalarning qariyb 50 foizi yonaltirildi;
qishloq xojaligida chuqur ozgarishlar roy bermoqda. 2006 yilda 666 ta shirkat xojaligini qayta tashkil etish hisobiga 74 mingdan ortiq fermer xojaliklari tashkil etildi, ularning yarmidan koprogi meva-sabzavotchilik yonalishidadir. Qishloqda mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari joriy etildi, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil qilindi;
tashqi iqtisodiy faoliyat kolamlari osdi, tovar mahsulotlar eksporti hajmi 31,5 foizga kopaydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi qariyb 2 milliard AQSH dollarini tashkil qildi;
aholi turmush darajasining va ish bilan band etishning izchil osishi taminlandi. Ishlayotganlarning real ish haqi 36 foizga, aholining real daromadlari esa ortacha 22 foizga kopaydi. 2006 yilda 570 mingdan ortiq ish orinlari, shu jumladan kasanachilikni yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash hisobiga 60 mingdan ortiq ish orinlari tashkil etildi;
talim, kadrlar tayyorlash, sogliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi maqsadli umummilliy dasturlarni amalga oshirishga katta etibor qaratildi. 2006 yilda 8 ming oquvchi orniga ega bolgan 6 ta akademik litsey va 70 ming orinli 124 ta kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi, 61 ta yangi maktab qurildi, 385 ta maktab mukammal rekonstruksiya qilindi va 530 ta maktab tamirlandi.
Shu bilan birga, aholini ish bilan band etish muammosi keskinligicha qolmoqda, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash jarayoni yetarli suratlarda bormayapti, asbob-uskunalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Qishloq xojaligi xomashyosini, eng avvalo, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dehqon va fermer xojaliklarini nasldor chorva mollari va ozuqalar, shuningdek zooveterinariya xizmati bilan taminlash muammolari sustkashlik bilan hal etilmoqda.
Fond bozorida va qimmatli qogozlar bozorida ishlarning ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda, aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ boshqarish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjud.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potensiali toliq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan, uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi osib borayotgan talablarga javob bermaydi. Davlat nazorat organlarining korxonalar xojalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda. Xizmatlar korsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Uy-joy va kommunal xojaligini boshqarish va ularga xizmat korsatish tizimi yanada isloh qilishni talab qiladi.
Banklarning kapitallashuv darajasi past, bank xizmatlari bozorida raqobat mavjud emas, banklar oz kapitali bilan investitsiya jarayonlarida sust qatnashmoqda.
Milliy boylik - asrlar osha avlodlar tomonidan yaratilgan moddiy va madaniy nematlar, tabiat inomlari, manaviy bilimlar, malaka va mahoratlar majmuidir.
Milliy boylikning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |