- Aholi uyida jamgarilgan mol-mulk;
- Moddiy zahiralar va sugurta zahiralari;
- Aylanma fondlarning moddiy buyumlashgan qismi;
- Ishlab chiqarish fondlari;
- Noishlab chiqarish fondlari;
- Tabiiy boyliklar.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida avlodlar tomonidan yaratilgan va jamgarilgan moddiy, nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat inomlaridan iboratdir. Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat boladi. SHunday ekan milliy boylik keng manoda oz ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan sanat asarlari intelektual solohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat olchovlarida hisoblab chiqish bir qator obektiv sabablariga kora juda qiyin, jumladan uning tabiat inomlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanadi va qiymat olchovlariga ega emas. SHu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor manodagi tushunchasidagi foydalaniladi. Tor manoda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bolgan barcha moddiy boyliklardan ibolrat boladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon boladi. U kishilarning koplab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik;
2. Nomoddiy boylik;
3. Tabiiy boylik;
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishning mahsulotlarini joriy istemol qilishdan ortiq yani jamgarish oqibatida vujudga keladi va osib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yigindisi sifatida tasavvur qilish notogri bolur edi. CHunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib va qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari). SHu sababli ishlab chiqarish vositalarining ornini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamgarilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning osishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan qismi qiymat shakliga ega bolib, tarkibiy tuzilishi boyicha quyidagilarni oz ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega boladi, hamda ozining texnikaviy darajasi boyicha yalpi milliy mahsulotning osish imkoniyatini belgilab beradi;
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga davlatning uy-joy fondi ijtimoiy madaniy xarakterdagi obektlar kiradi;
- aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat, bolib asosiy kapitalning tahminan 1/4 qismini tashkil qiladi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni tasiri ostida bolib, potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Buncha muomila bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda roy berishi mumkin bolgan va oldindan bilib bolmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi;
- Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sugurta va mudofa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xojalikda jamgarilgan mol-mulk. Buncha uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmogi ozgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti, sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik ozgarishlar roy beradi. Sanoat kapitali tez kopayadi va yangilanadi, noishlab chiqarish kapitali tarkibida ilmiy, oquv, sogliqni saqlash muassasalarining mulki tobora koproq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari osib boradi.
Moddiy buyumlashgan boylik osishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib korsatish mumkin:
- mehnat unumdorligining osishi;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
- milliy daromadda jamgarish normasining ortishi;
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning manosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning istemol qilingan qismining qoplanishi va uning kopayishi roy beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning osish surati va mioyosi milliy milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bogliq boladi.
Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farolansada, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning moddiy shartsharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyatiga bogliq emas, u tabiat qonunlari asosida roy beradi. Foydali qazilma boyliklar ormonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi.
Tabiat inomlari ozlarining dastlabki korinishida tabiiy boylik bolib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning manosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining tasiri oqibatida aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish saholarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bogliq bolmagan alohida turdagi istemol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyati qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini taminlash va oshirib borish uchun zarur boladi. Bunday boyliklarga talim, sogliqni saqlash, fan madaniyat, sport sohalarida, vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va sanatning rivojlanish darajasi, jamiyat azolarining toplagan ilmiy bilimlari va intelektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sogliqni saqlash, talim va sportning rivojlanish darajasi oz ifodasini topadi.
Moddiy buyumlashgan boylikning osishi jamiyat moddiy qimmatliklari kopayishning asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraokiyoti yuqori suratlar bilan rivojlansa madaniyat, sanat, fan kabi nomoddiy sohalar ham osib va takomillashib boradi.
SHunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bolib, oz tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.
Milliy boylikni asrab avaylash, undan oqilona foydalanish muqaddas burch xisoblanadi. Milliy boylikni kopaytirish esa kelajak avlod va mustaqil yurtimizni istiqbolini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |