Takrorlash uchun savollar:
1. Iqtisodiy osish nima?
2. Barqarorlashtirish siyosati nima?
3. Iqtisodiy osish qanday darajada amalga oshadi?
4. Iqtisodiy osishning omillari.
5. Milliy boylik nima?
6. Milliy boylikning tarkibi qanday unsurlardan tashkil topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov Ozbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yolida”. T., Ozbekiston, 1995 yil
I.A.Karimov “Ozbekiston bozor munosabatlariga otishning oziga xos yoli. T Ozbekiston, 1993 yil
I.A.Karimovning 2007 yil 12 fevraldagi Vazirlar mahkamasidagi maruzasi.
M.Ikromov, D.Ibragimova Tadbirkorlikka oid qonun xujjatlari 1,2,3,14 T-2002 y
O.Abdullayev. "Makro-mikro iqtisodoyot asoslari" T.Cho'lpon 2004 y
T. Ergasheva "Bozor iqtisodiyoti" T. O'qituvchi 2005 y
G. Nazarova "Jahon iqtisodiyoti' T.Ilm-Ziyo 2005 y
R.I.Asatov va bosh "Ishlab-chiqarish menejmenti" Turon iqbol 2006 y
D.Ro'ziyeva, S.Yuldasheva "Iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil etish" T.Ilm-ziyo 2006 y
U.I.Inoyatov va bosh Budjet va budjet tizimi T-Turon-Iqbol-2006 y
J.Bayev "Baho va bahoning shakllanishi" T.Ilm-ziyo 2006 y.
11-Mavzu: Iqtisodiy osish va milliy boylik.
(2 soat seminar)
Reja:
1. Iqtisodiy osish nima?
2. Ekstensiv iqtisodiy osish.
3. Intensiv iqtisodiy osish.
4. Ozbekiston iqtisodiyotining osish suratlari.
5. Milliy boylik nima?
6. Milliy boylik va uni qadrlash.
Tayanch soz va iboralar:
Barqarorlashtirish siyosati, iqtisodiy osish, intensiv, ekstensiv, mikroiqtisodiy osish, makroiqtisodiy osish, resurslar salohiyati, milliy boylik, moddiy zahira, milliy boylikni qadrlash.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi 2006 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida "Yangilanish va barqaror taraqqiyot yolidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish - asosiy vazifa-mizdir" mavzuidagi ma'ruzasida Prezident I. A. Karimov iqtisodiyotimizdagi ijobiy siljishlar, tarkibiy ozgarishlar haqida gururlanib gapirib iqtisodiy osish borasidagi yutuqdarimizni bayon etdi.
2006 yilda:
iqtisodiy osishning barqaror suratlari taminlandi yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, istemol tovarlari 20,6 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, pulli xizmatlar 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga kopaydi. Oltin-valuta zaxiralari 1,6 baravardan ziyod osdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 6,8 foizgacha pasaydi;
investitsiya muhiti yaxshilandi, xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etish kolamlari osib, hajmi 25,4 foizga kopaydi. Investitsiyalar umumiy hajmining 68,3 foizi ishlab chiqarish sektoriga jalb etildi, texnologiya parkini yangilashga va yangi asbob-uskunalar sotib olishga jami investitsiyalarning qariyb 50 foizi yonaltirildi;
qishloq xojaligida chuqur ozgarishlar roy bermoqda. 2006 yilda 666 ta shirkat xojaligini qayta tashkil etish hisobiga 74 mingdan ortiq fermer xojaliklari tashkil etildi, ularning yarmidan koprogi meva-sabzavotchilik yonalishidadir. Qishloqda mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari joriy etildi, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil qilindi;
tashqi iqtisodiy faoliyat kolamlari osdi, tovar mahsulotlar eksporti hajmi 31,5 foizga kopaydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi qariyb 2 milliard AQSH dollarini tashkil qildi;
aholi turmush darajasining va ish bilan band etishning izchil osishi taminlandi. Ishlayotganlarning real ish haqi 36 foizga, aholining real daromadlari esa ortacha 22 foizga kopaydi. 2006 yilda 570 mingdan ortiq ish orinlari, shu jumladan kasanachilikni yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash hisobiga 60 mingdan ortiq ish orinlari tashkil etildi;
talim, kadrlar tayyorlash, sogliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi maqsadli umummilliy dasturlarni amalga oshirishga katta etibor qaratildi. 2006 yilda 8 ming oquvchi orniga ega bolgan 6 ta akademik litsey va 70 ming orinli 124 ta kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi, 61 ta yangi maktab qurildi, 385 ta maktab mukammal rekonstruksiya qilindi va 530 ta maktab tamirlandi.
Shu bilan birga, aholini ish bilan band etish muammosi keskinligicha qolmoqda, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash jarayoni yetarli suratlarda bormayapti, asbob-uskunalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Qishloq xojaligi xomashyosini, eng avvalo, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dehqon va fermer xojaliklarini nasldor chorva mollari va ozuqalar, shuningdek zooveterinariya xizmati bilan taminlash muammolari sustkashlik bilan hal etilmoqda.
Fond bozorida va qimmatli qogozlar bozorida ishlarning ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda, aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ boshqarish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjud.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potensiali toliq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan, uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi osib borayotgan talablarga javob bermaydi. Davlat nazorat organlarining korxonalar xojalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda. Xizmatlar korsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Uy-joy va kommunal xojaligini boshqarish va ularga xizmat korsatish tizimi yanada isloh qilishni talab qiladi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik;
2. Nomoddiy boylik;
3. Tabiiy boylik;
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishning mahsulotlarini joriy istemol qilishdan ortiq yani jamgarish oqibatida vujudga keladi va osib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yigindisi sifatida tasavvur qilish notogri bolur edi. CHunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib va qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari). SHu sababli ishlab chiqarish vositalarining ornini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamgarilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning osishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan qismi qiymat shakliga ega bolib, tarkibiy tuzilishi boyicha quyidagilarni oz ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega boladi, hamda ozining texnikaviy darajasi boyicha yalpi milliy mahsulotning osish imkoniyatini belgilab beradi;
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga davlatning uy-joy fondi ijtimoiy madaniy xarakterdagi obektlar kiradi;
- aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat, bolib asosiy kapitalning tahminan 1/4 qismini tashkil qiladi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni tasiri ostida bolib, potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Buncha muomila bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda roy berishi mumkin bolgan va oldindan bilib bolmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi;
- Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sugurta va mudofa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xojalikda jamgarilgan mol-mulk. Buncha uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.
Milliy boylikni asrab avaylash, undan oqilona foydalanish muqaddas burch xisoblanadi. Milliy boylikni kopaytirish esa kelajak avlod va mustaqil yurtimizni istiqbolini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |