Pay qishloqda mulkdor bolishning yangi shakli.
Mamlakatimizda aholining kopchilik qismi qishloqlarda yashaydi va qishloq xojaligi bilan shugullanadi. Bu tarmoqning iqtisodiyotimizda tutgan orni beqiyosdir. Buni quyidagi raqamlar yaqqol isbotlaydi. Mehnatga layoqatli aholining 46 foizi qishloq xojaligi ishlab chiqarishida band. Bu soha mamlakat yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismini beradi, uning mahsuloti aholi ehtiyojlariga ketadigan istemol buyumlari manbaining 90 foizini taminlaydi. Sanoatimizning mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat, toqimachilik kabi eng muhim tarmoqlarining taqdiri ham qishloq xojaligi bilan bogliq. Shunday ekan,qishloq xojaligi sohasida band bolgan mehnat-chini mulkdor qilish, ular daromadining xojalik erishgan pirovard natijaga bevosita sherik bolishiga komaklashish eng dolzarb vazifadir. Bu vazifa Prezident tomonidan Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 fevraldagi Majlisidagi mahrozasida 1999 yilning ustuvor yonalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Dehqonni mulkdor qilishning eng adolatli va qulay, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga muvofiq, keluvchi shakli xojalik mulkidagi hissasini belgilab beruvchi «pay»dir, yani qimmatbaho qogozlarning alohida turidir.
Pay shunday qimmatbaho qogozki, u birinchidan, jamoa xojaligi fondi hamma-sini emas, balki bir qismini, bolinmas fond deb atalgan xojalikni rivojlantirishga yunaltiriladigan «qismining chegirilganidan qolganidir»; ikkinchidan, pay boshqa qimmatbaho qogozlar singari fond birjalarida sotilmaydi, qayta sotilmaydi, almash-tirilmaydi, boshqa shaxsga berilmaydi; uchinchidan, undan qanchalik kop daromad kelishi (dividend) boshqa aktsiya qogozlaridan tubdan farq qilib, mulk egasining mehnati, tashabbusi, tadbirkorligiga bogliqdir; turtinchidan, pay yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatining ifodasidir; beshinchidan, pay jamoa xojaligiga, uning ikisodiyotiga,fondlariga kanchalik hissa qoshganligiga muvofiq tarzda taqsimlanadi, guyo bepul berilayotgandek korinsada, xojalik azosining ilgarigi mehnatlari uchun berilgan mulkidir. Mulkiy munosabatlarning bunday echimi bizning Ozbekistonda birinchi marta tatbiq etilayotir. Bu yuqorida aytilgan orta mulkdorlar sinfini shakllanti-rishning goyat adolatli vositasi boldi. Ammo bundagi muammo dehqonni, qishloq kishisini, oddiy odamlarning bunday mulk bilan qanday muomala qilishi, payni mulk sifatida qanday tasarruf etishi,undan oilasi va jamiyat manfaatlari yolida samarali foydalanishi masalasidir. Iqtisodiy savodxonlik ana shu muammoning echimi uchun asosiy kalitdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |