Xissadorlik mulkchiligi eng demokratik (xalqchil) mulk shaklidir. Bozor iqtisodiyoti mulkchilik tizimida xissadorlik (aktsionerlik) mulkchiligini ham ilgari suradi. Bozor munosabatlari jamiyatning barcha qatlamlarini, fuqarolarini, sarmoyasi bor kishilarni oziga tortishi bilan xarakterlidir, barchani tovar-pul munosabatlariga jalb etishi bilan ahamiyatlidir, xissadorlik mulkchiligi esa xuddi ana shu maqsadni ruyobga chiqaradi. Bunda har bir fuqaro oz qolidagi bosh sarmoyalarni baholi qudrat ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish imkoniyatiga ega boladi va undan olinadigan foydaning taqsimlanishida dividend (daromad) olish tariqasida ishtirok etishi mumkin. Xissadorlik mulkchiligining talqchilligi yana shundaki, xissadorlar oz korxonasini boshqarishda qatnashib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish konikmalarini ham oladilar. Mulkchilikning bu shakli noishlab chiqarish tarmoqlaridagi kishilar uchun ishlab chiqarish bilan boglanish, iqtisodiy hayotda real qatnashish, iqtisodiy munosa-batlarning subekti bolib harakat qilish uchun qulay sharoitlar yaratib beradi.
Qimmatbaho qogozlar ham mulk. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yanada chuqurlashuvi kop jihatdan qimmatbaho qogozlar, ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi, odamlarni mulkdor bolishdagi orniga, iqtisodiyotning erkinlashuvi va demokratiyalashuvidagi ahamiyatining qanchalik tushunib olinishiga ham bogliq. bolib qolayotir. Bu haqda Prezidentimiz Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida (1995 yil) sozlagan nutqida shunday degan edi: «Biz kishilar ongiga qimmatbaho qogozlar ham aslida mulkka egalik shakli ekanini singdirishimiz kerak» (takid bizniki muallif). Buning uchun, avvalo, qimmatbaho qogozlarning mohiyati, ulardan foydalana olish uslublarini anglab olishga komaklashmoq darkor. Shuningdek, odamlar qimmatbaho qogozlar ham oilaning izchil daromad manbai ekanligini bilib olishlariga yordamlashmoq zarur. Qimmatbaho qogozlar nima? Malumki, muomalaga chiqarilgan naqd pullar har doim ham tovarlar bilan taminlanmaydi. Ayniqsa, otish davrida yoki iqtisodiyotning sekin rivojlanayotgan sharoitlarida bu nomutanosiblik takrorlanib turadi. Markaziy bank iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib tovar bilan taminlanmagan naqd pullarni chiqarishga (emissiyaga) majbur ham boladi. Boshqacha aytganda, pulning qadrsiz-lanishi kelib chiqadi. Bunday ogir vaziyatdan chikishning yoli qimmatbaho qogozlar chiqarish ekanligi jahon tajribasida allaqachon isbotlangan. Bunday sharoitda davlat haqiqatan ham tashkilotchilik korsatadi, yani oz qarz majburiyatlari belgisi bolmish obligatsiyalarni sotuvga chiqarib, naqd pullarni xazinaga tushirishga muvaffaq boladi. Dastlab, qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarsa, keyinchalik talab osgani sari tolash muddati uzoqroq bolgan qimmatbaho qogozlar chiqara boshlaydi. Demak, qimmatbaho qogozlar tovar ornini bosuvchi moliyaviy dastaklardir.
Qimmatbaho qogozlarni chiqaruvchi muassasalar emitentlar deb ataladi. Ular banklar, davlat va mahalliy hokimiyatlar, aktsionerlik jamiyatlari, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar bolishi mumkin. Qimmatbaho qogozlarni sotib oluvchilar yoki ularning egalari investorlar deb ataladi. Ular davlat, korxonalar, chet el investor-lari va aholining keng qatlamlari bolishi mumkin. Davlatning investor sifatida xarid qilishining sababi mamlakatdagi qimmatbaho qogozlar kursini (narxini) barqaror-lashtirish va pul kredit munosabatlarini boshqarib turishdan iboratdir. Korxonalar boshqa, ozlari iqtisodiy aloqada bolgan korxonalar mulkiga qisman ega bolishlari uchun ularning faoliyati ustidan nazorat qilib turish maqsadida qimmatbaho qogoz-larni sotib oladilar. Aholi esa oz pullarini qadrsizlanishidan himoya qilish va doimo daromad olib turish maqsadida harid qiladi. Qimmatbaho qogozlar maxsus bozorlarda fond birjalarida va ulardan tashqarida sotiladi. Qimmatbaho qogozlar bozori moliya bozorining alohida shakli va bozor infrastrukturasining bir butinidir.
Qimmatbaho qogozlarning qanday turlari mavjud, ulardan qaysilari Ozbekis-tonda hozircha koprok, tarqalgan? Qimmatbaho qogozlarga obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar, depozitlar, sertifikatlar va jamoa xojaliklarining maxsus qimmatbaho qogozi paylar kiradi. Davlat xazina majburiyatlarini, xazina veksellarini va obligatsiyalarni chiqaradi va shular yordamida byudjetni, davlat ahamiyatidagi loyixalarni moliyaviy taminlaydi, olingan qarzlarni qoplaydi hamda bahzi korxonalar-ni iqtisodiy jihatdan kuqollab-quvvatlaydi. Banklar aktsiya, obligatsiya, veksel, depozit va sertifikatlarni chiqaradi. Aktsionerlik jamyatlari esa aktsiya hamda obliga-tsiyalar chiqara oladi. Mamlakatimizda koproq tarqalgan qibaxo qogozlar aktsiya va vekseldir. Aktsiyalar yopiq ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlariniki boishi mumkin. Isloholarning ikkinchi bosqichida ochlik jamiyatlarini kengaytirishga ustuvorlik beriladi. Zero, ularning aktsiyalari ochiq usulda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan erkin sotib olinishi mumkin. Aktsiya egalari tegishli ravishda xissadorlik korxonasi foydasiga sheriklik asosida egalik qiladilar, foydaning bir qismini daromad tariqasida olib turadilar. 1995 yilning ikkinchi yarmidan boshlab muomalaga veksellar chiqarildi. Veksel tovar oldi-sotdi jarayoniga va mol-mulk yuzasidan amalga oshirila-digan bitimlarga xizmat qiladi. Vekselning xizmati shuki, u naqd pulsiz hisob-kitoblarda foydalaniladi hamda hisob-kitoblarni ancha tez amalga oshiradi, korxonalar-ning ozaro qarzlarini qisqartirishga olib keladi. 1995 yilning ozidayok, veksel yordamida korxonalarning ozaro qarzlari 52 mlrd. somga qisqarganini aytib otish orinlidir. Veksellar yordamida xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan boladigan hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, veksel ikkilamchi bozorda ham aylanish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda qimmatbaxo qogozlar bozori endi shakl-lanmoqda. Bu bozorda xalqni keng ishtirok ettirish dolzarb ishdir. Shu narsa haqiqatki, xususiy mulkdan, davlat korxonasidan boshqa daromad manbai bolishini bilmaydigan odamlarimiz qimmatbaho qogozlar orqali ham oila daromadlarini toldirib borish mumkinligini tushunib yetmaydilar. Yuqorida qayd qilingandek, xalqimizni daromad-ning goyat qulay manbai bolgan qimmatbaho qogozlardan bahramand bolishga orgatmoq kerak.
Ozbekistan Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda qimmatbaho qogozlar bozorini vujudga keltirish togrisidagi maxsus farmoni aynan ana shu maqsadlarni royobga chiqarishni kozda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |