O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV



Download 384,72 Kb.
bet2/18
Sana30.06.2022
Hajmi384,72 Kb.
#720612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 29-mart,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
29-martdagi 140-son qaroriga
2-Ilova
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha
NAMUNAVIY YO‘RIQNOMA
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Namunaviy yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida* hujjatlarni tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini, ular bilan ishlash tartibini belgilaydi.
* Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari” so‘zlari o‘rniga “tashkilot” so‘zi qo‘llaniladi.
2. Ish yuritishning ahvoli uchun javobgarlik ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariyaga, kotibga; shaxsan — mazkur tarkibiy bo‘linmaning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tarkibiy bo‘linmada hujjatlar bilan ishlash kotibga yoki ushbu ish uchun tayinlangan boshqa shaxsga yuklanadi.
Ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya tarkibiy bo‘linmalarda va tasarrufdagi tashkilotlarda hujjatlar bilan ishlashning tashkiliy va uslubiy rahbarligini amalga oshiradilar.
3. Yangi qabul qilingan xodimlar tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan apparat tuzilmasi bilan, belgilangan ish tartibi va tashkilotda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi kerak.
II. BOShQARUV FAOLIYATINI HUJJATLAShTIRISh
4. Boshqaruv hujjatlarining tarkibi: tashkilotlarning vakolatlari va funksiyalari bilan; boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv harakatlari doirasi bilan; masalalarni (yakka boshchilik yoki kollegial holda) hal qilish tartibi bilan; ustavlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan bir yoki turli darajadagi boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning hajmi va xususiyati bilan belgilanadi.
5. Tashkilotlar hujjatlarining qo‘llanilayotgan shakllari sonini qisqartirish maqsadida tashkilotlarning funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan hujjatlarning tarmoq tabellarini ishlab chiqadilar. Tabelga an’anaviy hujjatlar ham, hisoblash texnika vositalari bilan yaratiladigan hujjatlar ham kiritiladi. Tabel tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar) hamda lavozim yo‘riqnomalari asosida tuziladi. Tabelni tuzishda, shuningdek hujjatlar nomenklaturasi, saqlash muddati ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati doimiy va vaqtincha muddatlarda saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatlaridan foydalanilishi mumkin.
Tabel uni tuzish uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Tabelni yuritish, unga o‘zgartirishlar kiritish ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya, kotib tomonidan amalga oshiriladi. Tabelda ko‘rsatilmagan hujjatlarni tuzish taqiqlanadi.

Download 384,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish