O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida



Download 384,72 Kb.
bet4/18
Sana30.06.2022
Hajmi384,72 Kb.
#720612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Oldingi tahrirga qarang.
17. Hujjat tashkilot rahbar xodimlari tomonidan yoki amaldagi qonunchilikka yoki boshqa huquqiy hujjatlar (nizom yoki tashkilot ustavi)da belgilangan ularning vakolatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Imzo” rekviziti tarkibiga: hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzosining yoyilmasi (ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi) kiradi.
Hujjatlarni “uning o‘rniga” degan old ko‘makchi, shuningdek lavozimi nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalarni kollegial organning rahbari va kotibi tomonidan imzolash tavsiya etiladi.
Kollegial organlarda yakka boshchilik tartibida qabul qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq imzolar, agar hujjat mazmuni uchun bir nechta shaxslar (masalan, dalolatnomalar, moliya hujjatlari, bir nechta tashkilotlardan chiquvchi hujjatlar) javobgar bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi.
Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyorlagan shaxslar lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi vazifalari taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Masalan:
Komissiya raisi imzo V.V.Mahmudov
Komissiya a’zolari imzolar A.I.Akimov, R.S.Abdurahmonov
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanganda ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq bittasining ostida boshqalari navbat bilan joylashadi. Masalan:

Institut direktori

imzo

Z. A Hoshimov

Bosh buxgalter

imzo

V V. Sobirov

Hujjat lavozimlari teng bir nechta shaxslar tomonidan imzolanganda ularning imzolari bir qatorda joylashadi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari




O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining o‘rinbosari

imzo

F.Z.Komilov




imzo

T S.Tojiyev

18. Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va baholash usuli hisoblanadi.
Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo‘linmalar va mansabdor shaxslar bilan) uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masalalarga ularning vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo‘lgan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Hujjat loyihasini ichki kelishuv imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan rasmiylashtiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda imzolovchining lavozimi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzolarini (ismi, otasi ismining bosh harflari, familiyasi) kengaytirib yozish shart, masalan:
Yuridik bo‘lim boshlig‘i
imzo S.K Maxsumov
99.24.01.
Hujjat loyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimchalar alohida varaqda bayon qilinadi, bu to‘g‘rida loyihada tegishli belgi qo‘yiladi. Vizalar hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga, old tomoniga, imzo ostiga qo‘yiladi.
Vizalar hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga, old tomonga, imzo ostiga qo‘yiladi.
19. Tashqi kelishuv kelishish ustxati, kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kelishuv varag‘i yoki kollegial organ majlisida hujjat loyihasi muhokamasining bayonnomasini taqdim etish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Kelishish ustxati “Kelishilgan” so‘zidan, hujjat kelishib olinadigan shaxs lavozimining nomi (tashkilot nomi bilan birgalikda), shaxsiy imzosi, uning yoyilmasi va sanasidan iborat bo‘ladi. Masalan:

KELIShILGAN







O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i







imzo

A.S Sodiqov




99.14.01.




Agar kelishuv kollegial organ yoki xat vositasida amalga oshirilsa, u holda kelishuv ustxati quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:

KELIShILGAN

KELIShILGAN

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi majlisi

“O‘zdavbosharxiv”boshqarmasining

99.10.01. 3-son bayonnomasi

99.12.01 dagi
01-4/185-son xati

Kelishuv ustxatlari “Imzo” rekvizitlaridan pastga yoki kelishuvning alohida varag‘iga joylashtiriladi.
Kelishuv varag‘i hujjat mazmuni bir necha tashkilot manfaatlariga daxldor bo‘lgan hollarda tuziladi, bu haqda ustxat o‘rniga belgi qo‘yiladi.
20. Tasdiqlanishi kerak bo‘lgan hujjat imzolangan, tasdiqlangan vaqtdan boshlab yuridik kuchga kiradi.
Hujjatlar tashkilot rahbari tomonidan yoki tasdiqlanadigan hujjatlarda bayon etilgan masalalarni hal qilish vakolatiga kiradigan yuqori rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Agar hujjat aniq mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlansa, tasdiqlash ustxati “TASDIQLAYMAN” so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanasidan iborat bo‘ladi. Masalan:







TASDIQLAYMAN







institut direktori







imzo S.N.Rahimov







99.17.01.

Hujjat yuqori yoki begona tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanganda lavozim nomiga tashkilot nomi qo‘shiladi, masalan:







TASDIQLAYMAN







“O‘zgiproqishloqqurilish”







institut direktori







imzo S.N.Rahimov







99.17.01.

Agar hujjat qaror, buyruq, bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan bo‘lsa, u holda tasdiqlash ustxati “TASDIQLAYMAN” so‘zidan, sanasi va tartib raqami ko‘rsatilgan bosh kelishikdagi hujjat nomidan iborat bo‘ladi. Masalan:







TASDIQLAYMAN







institut direktori







99.20.01dagi 5-son buyrug‘i







yoki







TASDIQLAYMAN







Mehnat jamoasi yig‘ilishining







99.15.01dagi 3-son bayonnomasi

Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o‘ng burchagida bo‘ladi.
21. Pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi faktlarini qayd qiluvchi mansabdor shaxslarning huquqlarini tasdiqlovchi, shuningdek huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hujjatlarda javobgar shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Muhr bosilganda u hujjatni imzolovchi shaxsning lavozimi nomining bir qismini qoplab turishi kerak. Muhr saqlanadigan joy va uni saqlash uchun javobgar shaxs tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi.
22. Tashkilot faqat tashkilotning o‘zida tayyorlangan hujjatlardan nusxa berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notariatga qo‘llanmaydi).

Download 384,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish